просмотров
Vazari xabari
Leonado da Vinchi hayotdan ko‘z yumganidan 31 yil o‘tganidan keyin, 1950-yilda u to‘g‘risida yozgan ko‘plab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi bo‘lgan. Uning gaplariga ko‘ra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.
“Leonardo da Vinchi Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida to‘rt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda, Fransuz qirolida.
Bu surat tasviriy san’at qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini ko‘rishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy san’at yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham ko‘zlarda ustalikning ulug‘vor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin bo‘lgan, odatda tirik insonda bo‘ladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizg‘ish yoritilish va tuklar o‘z aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar o‘sishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.
O‘zining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday ko‘rinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq og‘iz, o‘z ko‘rinishining badanga oidligi bilan bo‘yoq emas haqiqiy andomga o‘xshaydi. Bo‘yinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham ko‘rish mumkin. Va,albatta, shuni aytish mumkinki, bu asar shunday yaratilganki istalgan va eng o‘ziga ishongan rassomni ham, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar hayajonga soladi.
Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada o‘ynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir bo‘lgan va Mona Lizaning ko‘nglini olib, odatda tasviriy san’at chizilgan portrerlarda yaqqol ko‘rsatib beruvchi ma’yuslikni haydagan. Leonardoning bua sarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir bir ilohiyotni ko‘rib turgandek tuyuladi. Portretning o‘zi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning o‘zi ham o‘zgacha bo‘la olmas edi.”
Ehtimol, Vazari masxarabozlar to‘g‘risidagi voqeani mutolaa qiluvchilarning ko‘nglini olish uchun qo‘shib qo‘ygandir. Vazarining matni suratda hozir bo‘magan qoshlarning aniq tafsilotlarini o‘z ichiga oladi. Bu noaniqlik faqatgina muallif suratni xotirasi bo‘yicha ta’riflansagina yoki boshqalarning gaplariga ko‘ra yozgan taqdirdagina vujudga kelishi mumkin. Aleksey Djivelegovning yozishicha, Vazarining “portret ustida ishlash to‘rt yil davom etgani” to‘g‘risidagi gaplari aniq bo‘rttirilgan: Leonardo Tsezar Bordjdan qaytganidan keyin shuncha payt Florensiyada bo‘lmagan, agar u portretni Tsezarning oldiga ketishidan avval chizishni boshlaganida, Vazari surat besh yil chizilgan deyishi mumkin edi”. Shu bilan birga olim portretning yakunlanmagani to‘g‘risidagi xatolik ko‘rsatmasi to‘g‘risida ham yozadi -“portret, albatta juda uzoq vaqt chizilgan va, Vazari nima desa ham, u yakuniga yetgan. Vazari Leonardoning biografiyasida uni birorta yirik ishni yakuniga yetkaza olmaydigan rassom sifatida ta’riflab bergan. Asar nafaqat yakunlangan, balki Leonardoning eng sayqal berilgan asarlaridan biridir”
Shunisi qiziqki, o‘z ta’riflashida Vazari Leonardoning model bilan suratning o‘rtasidagi o‘xshashlikni emas, balki jismoniy fenomenini yetkazib bera olish iste’dodidan g‘oyat zavqlanadi. Tuyulishicha durodonaning aynan shu noyob fazilati rassom atelyesiga tashrif buyuruvchilarda chuqur hissiyotlar qoldirganva Vazariga deyarli ellik yil o‘tgandan keyin yetib kelgan.
Leonardo ushbu suratni o‘zi bilan birga olib Italiyadan Fransiyaga 1516- yilda ketganiga qaramay surat san’atsevarlar orasida juda mashhur bo‘lgan. Italiyan manbalarga ko‘ra u o‘sha paytdan beri fransiya qiroli Fransisk I kolleksiyasida bo‘lgan, biroq u qachon, kim tomonidan sotib olingani haligacha noma’lum. Leonardo suratni buyurtmachiga qaytarib bermagan.
XIX asr surati Leonardo da Vinchining o‘lim to‘shagi oldidagi qirol Fransiskning qayg‘usini tasvirlagan. Suratda Mona Liza portreti o‘lim to‘shagining oldidagi stolda turibdi.
Balki, rassom haqiqatdan ham suratni Florensiyada yakunlamasdan, 1516- yilda ketayotgan paytida o‘zi bilan birga olib ketgan va oxirgi chizgini mo‘yqalam bilan guvohlarsiz bajargandir. Agar shunday bo‘lsa u suratni 1519-yilda, o‘z vafotidan oldin tugatgan. (Fransiyada u Klo-Lyusda, Ambuaz qirollik qasriga yaqin joyda yashagan).
1617- yilda kardinal Luidji d’Aragon Leonardoning fransuz ustaxonasiga tashrif buyurgan. Bu tashrining tafsiloti kardinalning kotibi Antonio de Beatis tomonidan yozib qoldirilgan: “1517- yilning 19- oktyabrida monsinyor va u bilan birga o‘zim Ambuazning uzoqlashgan qismlarining birida zamonimizning eng ajoyib rassomi - yoshi yetmishdan oshgan, soqollari oqargan Florensiyalik janob Leonardo da Vinchining oldiga tashrif buyurdik. U zoti oliyalarga uchta suratni ko‘rsatdi: bittasi Muxtasham Lorensoning akasi Djuliano Medichining buyurtmasiga ko‘ra chizilgan florensiyalik ayol surati, ikkinchisi - avliyo Ioann cho‘qintiruvchining yoshlik paytidagi surati va uchinchisi - Avliyo Anna bilan Bibi Mar’yam hamda chaqaloq Iso Masiho surati. Ularning hammasi oliy darajada go‘zal. O‘sha paytda o‘ng qo‘li falaj holatda bo‘lgani uchun ustaning o‘zidan boshqa yangi ishlar kutib bo‘lmas edi.” Bir qism tadqiqotchilarning fikricha “florensiyalik ayol” deb atalgan surat to‘g‘risida yozilganida aynan “Mona Liza” nazarda tutilgan.
Ammo, bu birorta guvohlik yoki nus'ha qolmagan boshqa portet bo‘lishi ham, buning natijasida esa Djuliano Medichi “Mona Liza”ga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi ham mumkin.
Modelnianiqlash muammosi
Geydelberg universitetidan tadqiqotchi olimlar foliant hoshiyalaridagi belgilarni o‘rganib chiqib uning egasi Florensiyalik amaldor, rassom Agostino Vespuchchining shaxsiy tanishi bo‘lganligini aniqladi. Kitob hoshiyalaridagi yozuvlarda u Leonardoni mashhur qadimiy Yunon rassomi Appeles bilan taqqosladi va ta’kidlaydiki “hozir da Vinchi uch surat ustida ishlamoqda, ularning biri - Liza Gerardinining portreti”
1511-yilda tug‘ilgan Vazari Djokondani o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olish imkoni bo‘lmagan va Leonardo birinchi biografiyasining noma’lum muallifi bergan axborotga tayanishga majbur bo‘lgan. Aynan u rassomga uchinchi xotinining portretini buyurtma qilgan florensiyalik shoyi savdogari to‘g‘risida yozadi. O‘sha anonim zamondoshning so‘zlariga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilar “Mona Liza” aynan Florensiyada yaratilganiga shubhalangan, chunki yaratilishning o‘ta nozik texnikasi surat yaratilishining ancha kechroq davrga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatishi mumkin. O‘sha davrda Leonardo da Vinchi shu qadar “Angiaridagi jang” asari ustida mashg‘ul bo‘lganki, hatto Mantuan markizasi Izabella d’Estening burtmasiga ham rad javobini berishga majbur bo‘lgan, degan asos ham keltirilgan.
Franchesko del Djokondo, taniqli fransuz savdogari, 1495-yilda o‘ttiz besh yoshida uchinchi marta Gerardini zodagonlar oilasidan bo‘lgan yosh neapollik ayolga uylangan. Ayolning Ismi Liza Gerardini, to‘liq ismi - Liza di Antonio Maria di Noldo Gerardini (1479-yil 15 iyun —1542-yil 15-iyul yoki tahminan 1551-yil)
Сообщения из Facebook