просмотров
Leonardo da Vinchi izdoshining asari – avliyo xotin surati. Balki, uning timsolida Izabella Aragonskaya, Milan Gertsoginyasi, Mona Liza roliga nomzod ayollarning biri aks ettirilgandir.
Ayol shaxsi to‘g‘risida Vazari ma’lumot berganligiga qaramay uning to‘g‘risida uzoq vaqt noaniqlik saqlanib kelib, bir necha tahminiy fikrlar aytilgan:
Katerina Sforsa, Milan Gersogi Galeasso Sforsaning noqonuniy qizi
Izabella Aragonskaya, Milan Gersoginyasi
Chechiliya Gallerani (rassomning “Oqsuvsarli ayol” deb nomlangan boshqa portretidagi model)
Konstantsa d’Avalos. Uning ham “Quvnoq”, ya’ni italyancha La Gioconda deb aytiladigan laqabi bo‘lgan. Venturi 1925-yilda tahmin qilishicha, “Djokonda” - gersoginya Konstansa d’Avalos, Federigo del Balsoning bevasi. Leonardo da Vinchi uning portretini tilga olgan holda Eneo Irpino kichik poemasida ta’riflagan. Konstansa Djuliano Medichining jazmani bo‘lgan.
Leonardo da Vinchining yoqimtoy shogirdi Salai portreti
Pachifika Brandano (Pacifica Brandano) - Djuliano Medichining boshqa jazmani, kardinal Ippolito Medichining onasi (Roberto Zapperining tahmininga ko‘ra, onasining vafot etganligidan darak topib ko‘rish istagida ekanligini aytgan, keyinchalik qonuniylashtirib olgan nikohsiz o‘g‘li uchun Pachifikaning portreti Djuliano Medichi tomonidan buyurtma berilgan. San’atshunosning fikriga ko‘ra, shu bilan birga buyurtmachi Leonardoga to‘liq harakat erkinligini qoldirgan).
Izabela Galanda (Izabela Galanda)
Oddiy ideal ayol
Ayol kiyimidagi yigit (masalan, Leonardoning yoqimtoyi Salai)
Leonardo da Vinchining avtoportreti
Rassom onasi Katerinaning (1427-1495) retrospektiv portreti. (Freyd tomonidan taklif etilgan, keyinchalik Serge Bramly, Rina de' Firenze, Roni Kempler va boshqalar.
Ayrim tahminlarga ko'ra Mona Liza - Leonardo da Vinchining avtoportreti
Сообщения из Facebook