просмотров
Turon yo'lbarsi
Yo‘lbars - yo‘l-yo‘l chiziqli yirik mushukni kim ham bilmaydi? Tasavvurimiz darhol Hindistonning changalzorlarini yoki Uzoq Sharq taygasini ko‘z oldimizga keltiradi.
Aslida bu hayvonning areali juda katta: sharqiy Sibir janubidan Malay arxipelagining orollariga qadar. Turli joylardan bo‘lgan yo‘lbarslar bir-biridan kuchli farq qiladi. Turli geografik hududlarda yo‘lbarsning ko‘ndalang yo‘l-yo‘l tusi o‘zgaruvchan va bu kenja turni ajratish uchun asos deb hisoblanadi. Ular Bengal, Xitoy, Sumatra, Amur, Yava, Bali, Turon yo‘lbarslari kenja turlariga ajratiladi. Shu kenja turlarning ichidan Turon yo'lbarsini oxirgi marta tiriklayin yarim asr avval ko'rishgan.
1977- yilda Sovet Ittifoqida hamma bolmasa ham aksariyat kishilar sevib tashrif buyuradigan savdo do’konlarining bir turi – kitob do’konlarida bolalar uchun Qoraqalpoq ovchisi A. Shamuratovning so'zlaridan yozilgan hikoyalar - “Yo’lbarslar bilan uchrashuvlarim” kitobi chiqqan edi. Ushbu kitobdagi voqealar Hindiston, Hindixitoy yoki Malay arxipelagida emas – O’zbekiston hududida sodir bolgan, chunki o'sha paytlarda Turon yo'lbarsi hali bor edi.
Bugungi kunda tabiatda yo‘lbarslar juda oz qolgan, bu esa yaqin vaqtlarga qadar yo‘lbars insonning ashaddiy dushmani sifatida tanilgan va u bilan butun tarix davomida qat’iy kurash olib borilganligiga qaramay, ularning ehtiyot qilib, himoyaga olish zarurligidan darak berib kelgandi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech.
Turon yo'lbarsi. 1899- yil. Berlin hayvonot bog'i. Surat muallifi noma'lum.
Turon yo‘lbarsi
Turon yo‘lbarsi - (kavkazorti yo‘lbarsi, kaspiy yo‘lbarsi) (lotincha nomi - Panthera tigris virgata) yo‘lbarslarning qirilib ketgan kenja turi. O‘rta Osiyoda, shimoliy Eronda va Kavkazda yashagan.
Tashqi belgilari
Bu kenja turdagi yo‘lbarslar junining yorqin-olov rang tusi va badanidagi chiziqlarining uzunligi bilan ajralib turgan - yo‘l-yo‘l chiziqlari uzunroq va jigarrang tusga ega bo‘lgan. Bu kenja turning juni qishda qalinroq va yumshokroq bo‘lib qolgan, bundan tashqari qishda ho‘rpaygan chekka soqllari paydo bo‘lgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishlaricha Turon yo‘lbarsi ancha katta, tahminan Amur kenja turiga yaqin, biroq bengal kenja turidan kichikroq edi. Turon yo‘lbarsining 240 kilogrammga teng bo‘lgan yirik o‘lchamlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumot mavjud. Lekin, bu kenja turning o‘ta yashirin h‘ayot tarzi tufayti, bundan yirikroq nus'halari ham bo‘lgan, degan tahminlar ham bor. Bu yirtqichning istiqomat qilish joylari to‘qayzorlar, daryo bo‘ylaridagi kamishzorlar bo‘lgan. Ushbu kenja tur yo‘lbarslar uchun yemish asosan jayronlar, sayg‘oqlar, qulonlar, bug‘ular va to‘ng‘izlar. Ko‘chmanchi to‘ng‘izlar ortida Turon yo‘lbarsi Shimoliy Qozog‘iston va Oltoygacha yetib borganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham bor. Turon yo‘lbarsi tarqalish doimiy arealining shimolidagi chegarasi Qozog‘istondagi Balxash ko‘li edi O‘tmishda Kavkazda ham uchraganligi to‘g‘risida tahminlar mavjud, ammo uni ko‘rishgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.
Yo'lbarslarning tarqalish xaritasi 1900-yil va 1990- yil
O‘rta Osiyoda bu kenja tur “yo‘lbars” deyilgan, shuning uchun ham uning nomlanishi bir tomondan “yo‘l-yo‘l bars” so‘z iborasidan olingan deb tahmin qilinishiga qaramay, ushbu so‘znining etimologiyasi -yirtqichning fe’l-atvoriy xususiyatlariga bog‘liq deb xulosa qilingan, chunki u dastlabki istiqomat joyidan yuzlab va hatto minglab kilometr masofalarga safarlar qilishga qodir bo‘lgan.
XX-asrning o‘ttizinchi yillarida yo‘lbarslar Amudaryo bo‘yida, Tojikistonning Afg‘oniston chegarasidgi “Yo‘lbars jar” qo'riqxonasida uchrab turar edi. Sovet O‘rta Osiyo hududida yo‘lbarslarning paydo bo‘lishi o‘tgan asr qirqinchi yillarining oxiri - elliginchi yillarning boshlarida ro‘yxatga olingan. Sovet Ittifoqi hududida, aniqrog‘i Turkmanistonning Eron bilan chegaradosh bo‘lgan Kopetdag tog‘ tizimida 1954-yilning 10- yanvar kuni paydo bo‘lgan yo‘lbars Eronning shimoliy qismidan kirib kelgan.
Amur yo‘lbarsiga filogenetik bog‘liqligi
Amur yo'lbarsi
21-asrning boshida AQSh saraton Milliy instituti, Oksford universiteti va Iyerusalim Yahudiy universitetining tadqiqotchilari butun Yevropa va Osiyo muzeylarida saqlanib kelayotgan 23ta turon yo‘lbarsi qoldiqlaridan to‘qima na’munalarini yig‘ishga uringan edi. Olimlar tomonidan besh mitoxondral genlarning bitta segmenti aniqlangan. Natijada turon yo‘lbarsining mitoxondral DNKsi boshqa kenja turlardan farqi juda pastligi kuzatilgan.Kenja turning filogenetik aloqasi baholangan paytda Turon yo‘lbarsi bilan Amur yo‘lbarsining ajoyib o‘xshashligi kuzatiladi. Bu ikkala kenja turning tarixiy jihatdan uzoq bo‘lmagan umumiy fazilatlari bo‘lganligidan darak beradi. Filogeografik tahlil asosida shu tahmin qilinganki, Turon va Amur yo‘lbarsining ajdodi chamasi 10000 yilgacha bo‘lgan davr vaqtlar oldin Ipak Yo‘lining sharqiy Xitoydagi Gansu hududi orqali O‘rta Osiyoni istilo qilgan, keyinchalik esa Sibirni kesib o‘tib hozirgi Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Amur yo‘lbarsining populyasiyasini tashkil qilgan. Tarixiy jihatdan bir bulgan arealning ikkiga bo‘linib ketishi va Turon yo‘lbarsi bilan Amur yo‘lbarsiga arealiga ajralib ketishiga yakunlovchi sabab inson faoliyati bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, tadqiqotlarning mualliflari shuni ko‘rsatadilarki, ikkala kenja tur pirovardida bitta kenja turdeb tan olinishi kerak. Shu bilan bir vaqtda ularning ta’kidlashicha, DNKasosida kenja turlarni diagnostika qilinishi imkoniga nisbatan ziddiyatlar mavjud ekan. Yadroviy DNK tahlilining natijalari bu masalaning hal etilishiga katta yordam bergan bo‘lar edi. Boshqacha qilib aytganda, agar yo‘lbarsning ikkala kenja turlarida farq topilmaganida, kenja turlarni bitta kenja turga birlashtirilishi mumkin bo‘lar edi. Biroq turon yo‘lbarsi qirilib ketgani va atigi ber necha shikast yetmagan na’munalar muzey kolleksiyalarida saqlanib kelayotgani uchun, ikkala kenja turlarning birlamchi morfologik baholarini qayta ko‘rib chiqishning endi ilojisi yo‘q.
O‘rta Osiyoda mahalliy aholi yo‘lbarslar havf tug‘dirmasligiga ishonchi komil edi, chunki yo‘lbarslar doim o‘zini inson bilan uchrashib qolishdan olib qochibyurgan. O‘rta Osiyoda yo‘lbarslar populyasiyasining keskin kamayib ketishi Chor Rossiyasi tomonidan bu yerga qo‘shinlarning jo‘natilgani va rusiyzabon kishilar ko‘chib kelishidan keyin kuchaygan. Masalan 1883-yilning 27- fevral kuni Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarining shtab boshlig‘i mahalliy aholining iltimosiga binoan Toshkent bilan Chinoz o‘rtasida paydo bo‘lib qolgan yo‘lbarslarga qurshov uyushtirish buyrug‘ini bergan. Bu buyruqni bajarish uchun doimiy harbiy qismlardan, aniqrog‘i 12-chi Turkiston batalonidan foydalanilgan.
Ammo bu ko‘p jihatdan faqat qo‘shimcha ta’sir bo‘lgan, chunki qayirdagi yerlarni ommaviy tarzda inson tomonidan o‘zlashtirilishi yo‘lbarslarni asosiy yemish manbaidan, ya’ni to‘qayzorlarda istiqomat qiluvchi to‘ng‘iz, bug‘ulardan mahrum qilib borar edi.
Afsona va rivoyatlar
Turon yo‘lbarsining o‘ziga xos mahorat bilan yashirinish, birdan paydo bo‘lib qolish va darrov yo‘qolish qobiliyati unga ilohiy mavjduot, afsungar shon-shuhratini yaratgan edi. Bunday afsonalarning biri sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan tanilgan Aleksandr Makedonskiy bilan bog‘liq. Afsonada aytilishicha u O‘rta Osiyoni istilo qilgani va Sirdaryo bo‘yida Aleksandriya Esxata (hozirgi Xo‘jand) shahrini quriganidan keyin Sirdaryo ortidagi kam aholili joyga yurish qilib, hozirgi Toshkent shahri atroflarida nayza bilan yo‘lbarslarni ovlagan ekan.
Ma’lumki, islomda tirik jonzotni tasvirga tushirish taqiqlangan, shuning uchun ham bu islom tarqalgan mamlakatlarning san’at tarixi an’anaviy san’at dan farq qilibturadi. Biroq islomning pushti bo‘lgan so‘fiylikda aynan yo‘lbarslar uchun o‘ziga xos istisno qilingan. Shuning uchun ham yo‘lbars siymosini gilamlarda va matolarda, shu bilan birga masjidlarning old yuzasi tomonlarida uchratish mumkin. Masalan, Samarqand shahrining Registon maydonidagi Sherdor madrasasida.
Turon yo‘lbarsini oxirgi marta 1957- yilda Amudaryo o‘zanida ko‘rishgan. Oradan 13- yil o‘tib 1970- yilda Turon yo‘lbarsi qirilib ketgan deya tan olingan.
Сообщения из Facebook