просмотров
Tahlil
Makrosyomka suratda juda ko’p miqdordagi yoriqlar paydo bo’lganini ko’rsatib berdi
Texnika
Djivelegov ta’kidlashicha Mona Lizaning yaratilish paytiga kelib Leonardo da Vinchining mahorati “shunday yetuklik fazasiga kirgan ediki, kompozision va boshqa turdagi barcha rasmiy vazifalar oldiga qo‘yilib, bajarib bo‘lingan va Leonardoga faqat oxirgi rassomlik texnikasining eng qiyin vazifalari ular bilan shug‘ullanishga arzigudek bo‘lib tuyula boshlagan edi. U Mona Liza qiyofasida uning talablarini qondira oladigan modelni topa olganida u rassomlik texnikasining eng yuksak va qiyin vazifalarini amalga oshirishga urinib ko‘rishga qaror qilgan edi. U avval ishlab chiqilgan va sinab ko‘rilgan amallari yordamida, ayniqsa o‘zining mashhur "sfumato" yordamida o‘zi avval bajarganidan ko‘prog‘ini qilmoqchi bo‘ldi: tirik insonning yuzini yaratish va ushbu yuzning chizgi va chehrasini shunday tasvirlash kerak ediki, ular yordamida insonning ichki dunyosi to‘laligicha ochib berilishi kerak edi. Boris Vipper o‘ziga shunday savolni beradi: “Shu ulug‘sifatlik, Mona Liza siymosidagi shu o‘lmas ong uchquni qaynday vositalar yordamida yaratilgan edi? - va shu savolga javob bo'luvchi vositalarni ikkita asosiy qismga bo‘ldi. Birinchisi - bu Leonardoning ajoyib sfumatosi. Leonardoning doimiy so‘zlari “modelirovka - rassomlikning ruhi” degan gaplari bejiz aytilmagan. Aynan sfumato Djokondaning nam nigohini, shamolday yengil tabassumini, qo‘llarining mislsiz yumshoqligini yaratadi” Sfumato - bu yuz va shaklni qamrab oluvchi, chizgilar va soyalarning yumshatuvchi, bazo‘r tutib olinishi mumkin bo‘lgan tutun. Leonardo bu maqsadda nurlik manbai va tanalar oralig‘ida “tumanning bir turini” taratishni tavsiya qilgan.
Rotenbergning yozishicha “Leonardo o‘z ongiga umumiylashtirishning shu darajasini olib kira olgan ediki, bu uni umuman renessansga oid inson siymosi sifatida ko‘rish imkonini beradi. Bu umumiylashtirishning yuqori chorasi suratning tasviriy unsurlarida, uning alohida sabablarida- yengil, shaffof xarir Mona Lizaning boshi va yelkalarini qamrab olib, aniqlik bilan chizilgan soch tutamlari va ko‘ylakning mayda qat-qatlarini bitta umumiy yumshoq chizgiga birlashtirishida aks ettiriladi. U yuzning hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmas nozik yumshoqligida (yuzda o‘sha davrning modasiga binoan qoshlar terib tashlangan) va go‘zal avaylangan qo‘llarda seziladi.
Pradodan Mona Lizaning ertaki nushasi portret siymosi qora neytral fonga joylashtirilganida qanchalar ko’p narsalarni ko’paytirishini yaqqol ko’rsatib turibdi
Manzara
Alpatovning qo‘shimchasiga ko‘ra “yuz va shaklni qurshab, yumshoq erib borayotgan tutun ichra, Leonardo inson mimikasining cheksiz o‘zgaruvchanligini sezdira olgan. Djokondaning ko‘zlari diqqat bilan va sokin tarzda tomoshabinga qarab turishiga qaramay, ko‘z chuqurlarining qoraytirilgani tufayli ular ma’yuslik bilan tirishgan deb o‘ylash mumkin; uning lablari qisilgan, ammo ularning qirralaridagi arang ko‘zga tashalanuvchi soyalar lablar bir daqiqa ochilib,tabassum qiladi va gapiradi, deb ishontira oladi. Diqqat bilan tikilib turgan nigoh hamda lablardagi yarimtabassum o‘rtasidagi keskinlik uning hayajonlari to‘g‘risida tushuncha beradi. Leonardo uning ustida bir necha yil mehnat qilgan, suratda bir dona ham keskin bo‘yoq, bir dona ham o‘tkir chizgi qolmasligiga harakat qilgan. Suratdagi barcha narsalarning qirralari yaqqol ko‘rinsa-da, ularning hammasi yarim soyalardan yarim yorug‘likka nozik o‘tishlarda aks ettirilgan.
San’atshunoslar rassom shaxsning portret tavsifnomasini peyzaj bilan bog‘lagan uzviylikni ta’kidlaydilar. Bu uzviylik o‘ziga xos kayfiyatga ega va u portretning jozibadorligiga yanada jozibadorlik qo‘shdi.
Viper peyzajni suratni ulug‘vorligi yaratuvchi ikkinchi vosita, deb hisoblaydi:“Ikkinchi vosita - bu shakl bilan fon o‘rtasidagi munosabat. Fantastik, qoyali,go‘yo dengiz suvi orqali ko‘rilgan peyzaj Mona Lizaning portretida uning shakliga ko‘ra boshqa reallikga ega. Mona Lizada - hayotning voqeligi, peyzajda esa - tush kabi reallik. Shu kontrastga ko‘ra Mona Liza mislsiz yaqin va sezilarli, peyzajni esa undagi orzularining nur taratish kabi qabul qilamiz.
2012- yilda Pradodan "Mona Liza"ning nusxasi tozalangan edi va kechgi yozuvlar ostida peyzaj foni kelib chiqqan - suratdan taasurot darhol o'zgardi
Сообщения из Facebook