просмотров
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarni yangicha turdagi firibgarlikdar ogohlantirdi. Odamlarga soʻnggi paytlarda "Qamchiq dovonida qolib ketdim" mazmunidagi sms-xabarlar kelmoqda.
Idora firibgar xabari matni namunasini keltirgan: “Assalomu alaykum. Men onamni janozalariga borayotganimda yoʻlda mashinam buzilib, Qamchiq dovonida qolib ketdim. Menga sizning yordamingiz kerak. Telefonimga ozroq pul tashlab yuboring”.
Xabarda yozilishicha, firibgarlar odatda 25 ming soʻm, baʼzida esa kattaroq mablagʻ soʻrashgan.
“Yaʼni, muammo pulda emas. Yordam qoʻlini choʻzgan insonlar keyinchalik bilishlaricha, ulardan yordam soʻragan odam umuman notanish kimsa boʻlgan. Oddiyroq qilib izohlaganda, bu fuqarolarni aldash yoʻllaridan biridir”, - deyiladi IIBB xabarida.
Xabarda bu kabi holatlarda notanish kishiga yordam berish yoki bermaslikni kishining hal qilishi, ammo aldanib qolmaslik uchun baribir ehtiyotkor boʻlish zarurligi qoʻshimcha qilingan.
Сообщения из Facebook