просмотров
Xitoyda yillab bo’shab yotgan haddan tashqariyirik infratuzilmaviy loyihalar – shaharlar, savdo majmualari va aeroport-sharpalar ko’p. Xitoy hukumati bu obyektlarni kelajak uchun “to’kislik” maqsadida qurilgan, ertami-kechmi ularni odamlar, xizmatchilar, yo’lovchilar yoki icharachilar to’ldiradi, deb doimiy ravishda e’lon qilib kelmoqda.
Bir vaqtning o’zida hukumat sun’iy ravishda iqtisodiyotni “tezlatmoqda” – bunday infratuzilmaviy loyihalar (shular jumlasiga qatnovi juda kam bo’lgan avtomobil yo’llarini, misyoki alyuminiy va shu kabi boshqalar bilan bo’g’zigacha to’ldirib tashlangan omborxonalarni ham kiritsa bo’ladi) ichki yalpi maxsulot o’sishining ko’rsatkichiga foizidan 1-1,5 punktini qo’shib boradi.
Ichki Mongoliya provintsiyasidagi Ordos shahrini 2003 yilda qurishni boshladilar. Bu joyda mongollar aholining atigi 17 foizini tashkil etishiga qaramay shaharni aynan mongol uslubida qurishga qaror qilingan (shaharning nomlanishi ham shu tufaylipaydo bo’lgan, “O’rda” so’zidan olingan).
Natijada 2010 yilda 355 kvadrat kilometrga teng maydonda 1 million kishiga mo’ljallangan shahar qurib bitkazilgan. Darvoqe, undagi aholi zichligi masalan, Moskvaga nisbatan 4 barobar pastroq). Biroq 2013 yilning oxiriga kelib Ordos shahri atigi2 foizga istiqomat qiluvchilar bilan to’lgan — unda hamon 20 ming kishi yashab kelmoqda.
Сообщения из Facebook