просмотров
Olimlarning fikriga ko'ra, hozirgi kunda dunyoda bir milliardga yaqin odam ortiqcha vaznga ega va ularning taxminan 30% semirib ketgan. Semirib ketgan odamlarning so'rovnomalari qiziqarli statistikani keltirib chiqaradi - umr ko'rish davomiyligining har bir soniyasini ularning ko’pchiligi normal vaznga almashtirishga rozi.
Ofislarda ishlaydigan, jismoniy emas, balki og'ir aqliy faoliyat ko'rsatadigan zamonaviy turmush tarzi ortiqcha vazn paydo bo'lishining asosiy omilidir. Haqiqat shuki, aqliy vazifalar ishtaxani ochib yuboradi - intensiv ish paytida miya glyukozani talab qiladi va natijada odam ko'proq ovqatlanadi.
Olimlar dietani sevuvchilarga hech qanday yaxshilik olib kelmasliklariga ishontirishdan allaqachon charchagan. Organizm parhezni stress deb qabul qiladi va navbatdagi "ovqatlanish ta’tili" paytida yog'ni ikki barobar kuch bilan yig’ishni boshlaydi. Bundan tashqari, sog'liqdagi asosiy muammolar ortiqcha vazn tufayli emas, balki uning doimiy ravishda ko'tarilib turishidan kelib chiqadi. Agar siz parhezga tutishga qaror qilsangiz, keyinchalik ham unga rioya qilishingiz kerakligiga tayyor bo'ling.
Yaponiya va Xitoy ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilar ichida eng kam ko’rsatkichda. Birinchidan, ularning ovqatlanish madaniyati, masalan, amerikaliklar yoki meksikaliklar kabi tezpishar mahsulotlar va yuqori kaloriyali ovqatlardan foydalanishga yo'l qo'ymaydi. Ikkinchidan, ular juda qattiq ishlash ritmiga egalar.
Yana bir qiziq fakt shundaki, dunyo bo'ylab odamlarning o'rtacha og'irligi muttasil o'sib borishi sababli aviakompaniyalar parvoz paytida ko'proq yoqilg'ini sarfqila boshladilar. Juda og'ir vaznli odamlar parvoz paytida bir qator muammolarga duch kelishadi - ba'zilari oddiygina ucha olmaydi, chunki o’rindiqqa sig'maydi, ba'zilari esa ikkita chipta sotib olishga majbur.
Darhaqiqat, semirib ketgan odamlarda siz o'ylagandan ko'ra ko'proq muammolar mavjud. Masalan, ular har doim ham yaxshi kiyimlarni topa olmaydilar. Internet-do'konlarning paydo bo'lishi bilan katta hajmdagi kiyim-kechaklarning assortimenti ancha kengaydi va ortiqcha vaznli odamlarning hayoti bir muncha osonlashdi, ammo umuman olganda muammo hali hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
Ortiqcha vazn har doim ham yomon narsa emas. Jahon ortiqcha vaznga ega faol, ijobiy va sog'lom turmush tarzini olib boradigan, har kuni quvonadigan ko'plab misollarni biladi, shunday ekan, ortiqcha vaznga egamisiz, hech ham tushkunlikka tushmang, harakatda davom eting.
Сообщения из Facebook