просмотров
AQSHdagi Kanzas universitetining olimi Devid Bernxem (David Burnham) ning aytishicha "Dinozavr tishlarining tuzilishi va joylashishi darak berishicha bu tiranozavr. Biroq, bunga to’liq ishonch hosil qilish uchun biroz vaqt kerak.
Bu yirtqichlarning yosh zotlari juda kam uchraydi, shuning uchun ham bu sal boshqacha anatomik tuzilishga ega bo’lgan tiranozavrning yosh namunasimi yoki fanga hali noma’lum bo’lgan yangi turdagi dinozavrmi, darrov tushunib olish juda qiyin. Bahtimizga, bu muammoni yechishga yordam beruvchi boshqa qoldiqlar ham bor, deydi olim.
Keyingi yillarda tiranozavrlar va tetanurlar – mezazoy davrining bahaybat ikki oyoqli yirtqich kaltakesaklari qatoridan bo’lgan ularning yaqin zotdoshlari o’z “imidji”ning to’la alamshuvini boshdan kechirdilar. Bugungi kunda olimlar tiranozavrlarni “Yura davri bog’i” va shu kabi boshqa badiiy filmlarda ko’rsatilganday tangali va “tishli” reptiliy emas, tishlari kattagina lablar bilan to’silgan qanotli mavjudotlar bo’lgan deb hisoblay boshladilar.
Tiranozavrlarning boshqa ko’p jihatlari hozircha olimlar o’rtasida tortishuvlarning mavzusi bo’lib qolmoqda. Ular “mezozoy qirollari” bo’lganmi yoki o’laksaxo’rlarmi, ular qay darajada tez o’sgan va yangi tug’ilgan bolalarining ko’rinishlari qanday ko’rinishlarga ega bo’lgani hozircha bizga noma’lum.
Paleontologlarning bir qismi tiranozavrlarning bolalari katta nusxalariga o’hshamagan va umuman boshqa narsalar bilan oziqlangan deb hisoblashadi, biroq bu nazariyani tekshirib ko’rish hanuzgacha o’ta muammoli bo’lib kelmoqda.
Bernxem bilan uning hamkasblari tahminlarga ko’ra bo’r davridagi eng yirik yirtqichining yuz yillardan oldinroq dastlabki qoldiqlari topilgan joy – Montana shtatidagi mashhur Xell-Krik, ya’ni “jahannam bo’log’i” formatsiyasi hududida qazish ishlarini olib borayotib tiranozavrlarning sirini bilib olishga yaqinlashdilar.
Paleontologning ta’kidlashicha ikki yil avval uning jamoasi g’alati bir tosh qotgan qoldiqqa duch kelib qolgan. Bu qoldiqlar 1902 yilda Barnum Braun tomonidan topilgan qoldiqlarday mashhur bo’lib ketishi mumkin ekan.
Dastavval olimlar nima bilan duch kelib qolganlaridan xabari yo’q edi, chunki ularda faqatgina tepa jag’ va unda saqlanib qolgan asosiy va “zahiradagi” tishlari bo’lgan bo’lagi bor edi xolos. Oradan bir yil o’tgach, Bernxem va uning hamkasblari topilgan bo’lakni tog’ jinsidan chiqarib olib hamda boshqa suyaklarning siniqlarini yig’ib birlashtirganidan so’ng bu qoldiqlar deyarli yangi tug’ilgan tiranozavrga tegishli bo’lishi mumkin deb xulosa qildilar.
Olimlarning umid qilishlaricha bu qoldiqlarning kelgusidagi tadqiq qilinishi ularga tiranozavrlar bilan bog’liq bo’lgan paleontologiyadagi eng uzoq davom etib kelayotgan bahsni hal etilishiga yordam beradi. Bu “nanotiranlar” deb ataluvchilar dinozavrlarning alohida bir turimi yoki shunchaki yosh tiranozavrlarmi- shuni aniqlash masalasi uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelmoqda. Ularning qoldiqlari o’tgan asrning o’rtalarida topilgan va shundan beri olimlar bir to’htamga kela olmay, shu ikkala nazariyaning qay biri to’g’ri ekanligini hamon aniqlay olmaydilar.
Bernxemning so’zlariga qaraganda, uning jamoasi tomonidan topilgan qoldiqlar tiranozavrlar boshqa nusxalarining tanalari iziga nisbatan ancha yoshroq nusxasining tanasiga tegishli bo’lgan. Olimlar ularning topilmasidagi bu xususiyati “nanotiranlar”ning tosh qotgan qoldiqlarini Montanadan topilgan topilma bilan taqqoslab ko’rilganidan keyin ular haqiqatdan ham mavjud bo’lgan yoki bo’lmaganini aniqlashga albatta yordam beradi deb umid qilmoqdalar.
Сообщения из Facebook