просмотров
1. Ushbu daraxt ko'pincha o'z hayotidan mamnun bo'lmagan va vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirmoqchi bo'lgan insonlar tomonidan tanlanadi. "Biror joyda baxt mavjud, lekin men u yerda emasman, shuning uchun men u yerda bo'lishim kerak!" degan shior bilan yashashadi.
Ushbu daraxtni tanlagan odamlarning asosiy fazilatlari jasorat, qiziquvchanlik va yangi narsalarga ishtiyoqdir. Ular faqat o'zgarishni xohlashadi. Yangi bilim va taassurotlarni butun vujudi bilan qabul qilishadi. Odamlar kamdan-kam hollarda ushbu bosqichda uzoq vaqt qoladilar. Odatda, yangi yo'l tanlagandan so'ng, ular boshqa daraxtni tanlaydilar.
2. Sabrli,qat'iyatli va g'ayratli. Ular hech qachon boshlagan ishini yarim yo’lda tashlab ketishmaydi. Aniq maqsadga ega odamlar. Ular bosqichma-bosqich rejalashtirilgan cho'qqilarga chiqishadi. Yo’ldan qaytmaydilar.
O'z sohalarida ular haqiqiy mutaxassislardir. So’zlarda "improvizatsiya"ishlatilganda ularning shubhali yuz ifodalarini ko'rishingiz mumkin. Bu odamlar hayot reja bo'yicha ketganda muvaffaqiyatli bo'ladi deb o’ylaydilar
Ular barqarorlik tarafdorlari, odatiy narsalarga sodiq qolishadi.Barcha masalalarga mantiqiy yechim topishni yoqtirishadi va kutilmagan hodisalar va yangiliklarni qabul qilishmaydi. Ular hech qanday o'zgarishlarni yoqtirmaydilar, ayniqsa ularning mantiqini buzadiganlarni.
3. Ijodkor va o'ziga xos insonlardir. Ular bosib o’tilgan yo’ldan yurmaydilar, bir xil qolipdagi narsalarga e’tibor qaratmaydilar. Ular kreativ va ijodkor, har birnarsani o'ziga xos tarzda bajarishni, ma'lum bir sohada yangi yo’llar ixtiro qilishni xohlashadi.
Ular odatda xarizmatik va jozibali. Kiyinish uslubi ham o’zgacha. Ularni jahlini chiqarish oson, kayfiyatlari birjadagi ko’rsatkichlardanda tezroq o'zgaradi. Ushbu yorqin oratorlar hamma hoxlovchilar bilan fikr almashishga tayyor. Va istamaganlar bilan ham...
4. Qishin yozin bir xil rangda! Ob-havo qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ushbu jo'shqin odamlar kunni doimo "sariq lider" formasida kutib olishadi. Ular g'oyalar va harakatlarning charchamas generatorlari.
Shuxratparast va pragmatik. Ular intiluvchan, ular rahbariyatni o’zining betakrorligiga ishontirishga qodir. Ular nimani xohlashlarini va bunga qanday erishish kerakligini bilishadi. Ular uchun dunyoda ikkita nuqtai nazar bor - noto'g'ri va o'z nuqtai nazarlari.
Ular kuchli shaxslar, samimiy do'stlar va xavfli raqiblar. Ehtimol, bolaligidanoq ularning qonida raqobatchilik ruhi hukmron bo'lib keladi.
5. Ular o’ziga xos empatiya qobiliyatiga ega. Boshqa hech kim ularchalik hamdardlik bildira olmaydi. Ular o'zlarini boshqa odamning o'rnida tasavvur qilishlari,odamlarning his-tuyg'ulariga "ko'nikishlari" va ularning tashvishlari va quvonchlarini baham ko'rishlari juda oson. Mehribon va sezgir, ular bu dunyoni hammadanda yaxshiroq his qilishadi.
Baxt uchun ularga birgina shaxsiy farovonlik kifoya emas. Bu odamlarning hayotidagi uyg'unlik, ularning atrofdagilari baxtli bo'lganda keladi. Ular mojaroga bormaslikni afzal ko'rishadi, tushunmovchiliklarni "qanday yumshatish"kerakligini bilishadi. Ular dunyoni haqiqatdan ham ko’ra ko’proq qadrlashadi. 99% hollarda, birinchi bo’lib ular yon bosishga qaror qilishadi.
Сообщения из Facebook