просмотров
Bu fe’l-atvor xususiyatlarini baxtli bo’lishni xohlagan har kim o’zida rivojlanishi mumkin. Xo’sh, ushbu shaxsiy fazilatlarva fe’l-atvor xususiyatlari qanday?
Ular bor-yo’g’i bir nechta va ular tabiiy ravishda biri-biridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, o’zimizni bir yo’nalishda takomillashtirish orqali biz boshqa ko’rsatkichlarni avtomatik tarzda yaxshilab boramiz.
Bugun o’zini ijobiy baholash, o’ziganisbatan ishonch, hurmat, o’z hayoti uchun ma’suliyat,onglilik (ongli ravishda tanlash) gap boradi.
1. Baxtli insonning eng salmoqli xususiyati - bu adekvat, ijobiy o’zini baholay olishdir, u burchakning boshida turadi va uning xulqi, munosabatlari, faoliyati, faolligi, maqsadlarni belgilash va ularga erishish qobiliyatiga ta’sir etadi.
O’zini sog’lom baholay olish naqadar muhimligini ko’rsatish uchun insonning hayotida o’ziga past baho berish qanday ta’sir qilishini bir misolda ko’rib chiqaylik: biz nima qilishimizdan qat’iy nazar, biz o’z xatti-harakatlarimizni, o’z faoliyatimiz va boshqalar bilan munosabatlarimiz natijalarini beihtiyor baholashga o’rganib qolganmiz.
Salbiy jihatdan o’zini baholash boshqalarning fikrlariga qaramlikka, o’z manfaatlarini himoya qila olmaslikka yoki ularni himoya qilishning noo’rin shakliga (tajovuz, boshqalarniayblash, o’ta qattiq o’zinitanqid qilish) olib keladi. O’ziga past baho beradigan odamlar o’z qobiliyatlarining qadriga yetmaydi va hayotiy vaziyatlarnio’z foydasiga o’zgartirishga jur’at qila olmaydi. Ular juda ko’p hollarda ongli yoki ongsiz ravishda o’zlarini bunga noloyiq deb hisoblab, istalgan narsaga erishishning qulay imkoniyatlarini rad etadi.
Har qanday korxonaning muvaffaqiyatli taqdirida ular buning sababini tashqi sharoitlarda deb hisoblaydi va aksincha, muvaffaqiyatsizlikda - o’zini aybdor deb biladi.Ular boshqalarga ham bir xil munosabatda bo’lmaydi, ularni yoki o’ta kamsitib yoki minbarlarga ko’tarib yuboradi. Hatto konstruktiv tanqidni ham yuragiga juda yaqin, og’ir oladi va boshqalar muvaffaqiyatlarini ko’rgan paytlarda hasaddan azob chekadi. Va eng yoqimsiz narsa inson sutkasiga 24 soat o’z ichki "ayblovchi"si bilan yashaydi. Yumshoqroq qilib aytganda, bu juda og’ir, chunki o’zingdan qochib keta olmaysan, kishi.
O’ziga past baho berish turli qaramliklarning sababi bo’ladi (alkogol, nikotin, ishqiy o’yinlar, xizmatbozlik - bu holatdamuvaffaqiyatli mavqe “o’z tushkunligi, norasoligi” uchun tovon sifatida xizmat qiladi va hokazo).
Qaramliklar doimo eng kamida bitta vazifani bajarishga qaratilgan bo’ladi: ular kuch-quvvatdan ayriydi yoki ichki "ayblovchi"ning faoliyatini kamaytiradi. Inson uchun eng muhimi nima - o’zini baholay olish qobiliyati yoki boshqalarning fikri ekanligini aniqlash uchun oddiy bir test, ya’ni sinov mavjud (natijalarning yuz foiz ishonchli ekanligiga kafolat bera olmaydi, ammo ko’p hollarda to’g’ri tashxis qilinadi).
“O’z peshonangizda ko’rsatkich barmog’ingiz bilan E harfini chizing, kattami, kichikmi – baribir. Buni qanday qilganingizni eslab qoling. Nima uchun bunday qilishkerakligini biroz vaqt o’tgach tushunib olasiz. Xo’sh, sog’lom, adekvat, ijobiy o’zini baholashga nima ta’sir qiladi?
2. Baxtli kishining ikkinchi xususiyati o’ziga ishonch hisoblanadi. O’ziga ishonish, o’zini ijobiy adekvat baholashiga zarar yetkazmagan holda, o’zi va boshqalardan doimiy ideal xatti-harakatlar yoki yakuniy natijalarni kutish uchun hech qanday ehtiyoj yo’q, degan ma’noni anglatadi. O’ziga nisabatn ishonch o’zinga va boshqalargaxato qilish huquqini beradi. O’ziga bo’lgan ishonch hayotning deyarli barcha sharoitlarida o’ziga nisbatan ijobiy munosabatni saqlab qolishga imkon beradi. Variant sifatida: o’z-o’zini baholash biroz yoki keskin o’zgaradi, lekin juda qisqa muddat uchun. Bo’rttirilgan, noadekvat o’zini baholash aynan insonning o’ziga nisbatan bo’lgan ishonchsizligi, xatolarga yo’l qo’yishi va nomukammal bo’lish huquqini e’tirof etishga qodir emasligidan darak beradi.
3. Baxtli odamning keyingi xususiyati - bu o’ziga ishonch, o’zini hurmat qilish, o’z qadr-qimmatinibilishdir. O’ziga nisbatan hurmat o’z ichiga qadr-qimmatiga bo’lgan ishonchni oladi; yashash va baxtli bo’lish huquqiga nisbatan ijobiy tasdiqlovchi tamoyil; fikrlarni, istak va ehtiyojlarni o’rinli tasdiqlashdagi qulaylik; hursandchilik hissi - bevosita huquqi ekanligini his qilish. O’zini hurmat qilish o’z ahamiyatliligini ortiqcha namoyish qilishni anglatmaydi. O’ziga nisbatan ichki ishonch,"ovozi baland" tashqi namoyon bo’lishi ehtiyojiga ega emas, u o’ziga nisbatan munosabatda, va albatta boshqalarning unga nisbatn bo’lgan hurmatida namoyon bo’ladi.
4. Avvalgi uchtasidan kelib chiqadigan baxtli insonning keyingi xususiyati –o’z hayoti uchun ma’suliyatdir. O’z qobiliyatlari to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lib, o’z ehtiyojlarini, mijozining tabiy xususiyatlarini hurmat qilib, xatolar va boshqa odamlar tomonidan nisbiy tushunmovchilik yoki salbiy munosabatdan qo’rqmagan holda,baxtli odamlar o’zlarini mavjud variantlardan eng yaxshisi - tanlash huquqidan mosuvo qilmaydi (darvoqe, bu huquq har doim va hammada mavjud), javobgarlikni o’z zimmasidan boshqalarga yuklab qo’ymaydi.
5. Shu bilan birga, ular o’z tanlovini vaziyatning bosimi ostida emas, ongli ravishda, chuqurva atroflicha mushohada qilib yoki yo’l-yo’lakay barcha "tarafdor" va "qarshi" fikrlarni taroziga qo’yib ko’rib, o’z manfaatlari va tamoyillarini himoya qilgan holda, va o’zlarining hotirjaligi uchun amalga oshiradi. Shu bilan birga, ular hatto o’zlarini biror narsadan mahrum qilsalar ham, bu tanlov nima (kanday muhimroq qadriyatlar) uchun qilinganligini tushunadilar. Ma'lum hayotiy sharoitda onglilik qanday namoyon bo’lishini, “Mehr bilan va usiz” Dzen masali yaqqol yoritib beradi.
6. Baxtli insonlarning keyingi o’ziga xos xususiyati bu autorefleksiya. Bu psixologik termin biz o’zimizning hissiyotlarimizga, fikrlarimizga xolisona hisobot berib,o’z qiyofamizga tashqaridan qarashni, o’z his-tuyg’ularimizni va hulq-atvorimizni uchinchi shaxs nomidan kuzatib maqsadli ravishda ta'riflashimizni nazarda tutadi. Nima uchun autorefleksiya juda muhim? U bizga ehtiroslarning jo’shqinligini pasaytirish va vaziyatning asl holatini ko’rish imkoniyatini beradi.
Bu esa, inqiroz paytida samarasiz kechinmalardan - konstruktiv izlanish, muammoni faol va samarali hal qilinishiga o’tishga undaydi. Quvonchli hodisa yuz berganda esa - o’zini,o’zehtiyojlarini, maqsadlarini, qiymatlar tizimini teranroq anglash imkonini beradi. Autorefleksiya o’zini hurmat qilish hissiga ega, ishonchi bo’lgan vaadekvat ijobiy o’zini baholash qobiliyatiga ega kishilarda eng ko’privojlangan. Autorefleksiya hissiyotlarimizni to’ldirilgan va yorqin qilishibilan birga, jamiyatning stereotiplari tomonidan “qo’llanilmaydigan”lariga ham nur sochib, ularni ochib beradi. Lekin ular shuning uchun ham stereotipi –inson hissiyotlarining butun spektri deyarli har bir shaxs uchun mavjud. turlicha hissiyotlarga,va ularni namoyon etishga bo’lgan huquqini hamma ham anglay olmasligi yoki tushunmasli – boshqa masala. Faqat qachon, qanday va nima uchun?
Endi esa orqaga, peshonangizga chizib qo’yilgan E harfiga qaytamiz. Agar E uni yozgan odamga o’qish uchun qulay bo’lsa-yu, ro’paradagi suhbatdoshingiz uning ko’zgudagi aksini ko’rsa, bunday holda o’zingizni baholash siz uchun muhimroq; agar buning aksincha,sizga qarab turgan suhbatdoshingiz nuqtai nazaridan harf to’g’ri yozilgan bo’lsa– siz uchun boshqalarning fikri muhimroqdir.
Сообщения из Facebook