просмотров
Kalyan
Kalyanni hamma Misr yoki Turkiyada paydo bo’lgan, deb hisoblaydi. Ammo aniqlanishicha, bunday emas ekan, kalyian Hindistonda paydo bo’lgan, keyinchalik esa ulardan forslar ham foydalanganlar. Ana shundan keyingina u barcha arab mamlakatlariga tarqalgan. Hozirda esa kalyan turk bozorlari va Misr qahvaxonalarining ajralmas atributiga aylangan.
Shakar
Shakarning vatani ham Hindiston hisoblanadi. Qadim zamonlarda – hali yevropaliklar yovvoyi asalarilarning bolini yig’ishni bilmaganlarida hindlar shakar qamishdan shirin kristallar olishni bilar edilar.
Plastik jarrohlik
Ko’pchilik tibbiyotning otasi Gippokrat bo’lib, meditsina Yunistonda paydo bo’lgan, deb hisoblaydi. Aslida esa qadimgi hind tabiblarining bilimlari ularninkidan ancha ustun edi. Masalan, burun va quloq shaklini o’zgartirish bo’yicha ilk plastik jarrohlik eramizdan 2 ming yil avval Hindstonda amalga oshirilgani haqida hujjatli manbalar mavjud.
Shampun
Yevropaliklarga boshlarini shampun bilan yuvoshni esa hind tadbirkor o’rgatgan. Hindlar bundan besh ming yil avval ishqor bilan iforli yog’larni alalashtirib, shampun tayyorlashni o’rganishgan. Hindlar uchun bu oddiy gigiyena vositasi edi. 19-asrda bengaliyalik Seyk Muhammad Angliyada cho’miladigan joylar tarmoqlarini ochib, u yerda hindlar uchun kundalik yuvinsh vositasi hisoblangan shampunlardan foydalana boshlagan. Shu tariqa bu vosita Yevropa bo’ylab tarqalgan.
Cizg’ich
Ha, chizg’ich kabi eng oddiy narsani ham birinchi bo’lib hindlar o’ylab topganlar. Eramizdan 2400 yil avval mavjud bo’lgan Hindistonning qadimgi Lotali shahri qazish ishlarida eng qadimgi qurilish chizg’ichi topilgan. U fil suyagidan qilingan bo’lib, 1,8 mm dan bo’lib chiqilgan edi. Bo’linmalar aniq belgilanganligini zamonaviy olimlar yuqori baholaganlar.
Сообщения из Facebook