просмотров
1.O’zi topib boruvchi kabutarlar
Ko’pchilik odamlarga uzoq masofalarda uylariga yetib olishlari uchun xarita va kompas kerak bo’ladi, kabutar bo’lsa juda uzoq masofadan ham hech qanday ko’rsatmasiz qaytib kela oladi.
Qanday qilib? Aslini olganda bunda ularga tana a’zolari yordam beradi. Ya’ni: Frankfurt universitetida o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, qushlarning tumshug'ida metall tuzilmalar mavjud bo'lib, ular harakatlari va joylashuvidan qat'iy nazar Yerning magnit maydonini his qilishlariga yordam beradi. Shunday qilib, kabutar uchun geografik joyni aniqlash muammo keltirib chiqarmaydi.
Yaqinda e'lon qilingan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu "magnit jozibasi" boshqa qushlarda ham mavjud.
2.Chumolilar
Chumolilarning ko’plab turlari ajoyib mahoratga ega. Eng ta’sirli turi – bu Amazonkada yashaydigan “mycocepurus smithii”dir. Bu superfeminist chumolilar klonlash orqali naslni ko’paytirish qobiliyatiga ega. Bu turning ko’payishi erkaklarning rad etilishi va urg’ochi chumolilarning rivojlanishini o’z ichiga oladi.
Arizona Universiteti tadqiqotlariga ko'ra, o'zgarishlar qachon yuz bergani noma'lum, ammo bunday chumolilar jinsiy qovushishsiz ko’payib, bu bilan erkaklarning energetik yordamidan voz kechishadi va har bir nasl tomonidan ishlab chiqarilgan urg'ochilar sonini ikki baravar ko’payishiga erishishadi.
Shuningdek, 2006 yilda Kaliforniya shtatidagi Berkli universitetida o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, qopqon chumoli (odontomachach bauri) jag'ini g'aroyib tezlikda yopishi mumkin: bu jarayon 0,13 millisekundda sodir bo’ladi. Bu ularning o’zlari uchun juda baland hisoblangan balandlikka sakrash imkonini beradi.
3.Fillar
Sent-Endryus universitetida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, fillar oilasining g’oyib bo’lgan 30 tagacha a’zosini kuzatishi, ularning hidlarini hidlab, ular joylashgan joyning aqliy haritasini yaratishi mumkin. Aftidan bu kichkina funksiya bir nechta bolali onalar uchun juda foydali.
Xuddi shu universitetning yana bir tadqiqotiga ko'ra, fillar odamning hidi va kiyimining rangidan kelib chiqib, uning do'stona yoki tajovuzkor ekanligini aniqlashi mumkin. Shunday qilib, bu aqlli hayvonni aldashga harakat qilishlikda sizga omad tilaymiz.
4.Termitlar
Zimbabveda termitlar “Makrotermes michaelseni” o’zlari oziqlanadigan ma’lum bir qo'ziqorinlarga ishlov berishning aniq texnikasini o’rganib oldilar. Ushbu qo'ziqorin faqatgina Farengeyt bo’yicha 87 darajada o'sishi mumkin, kunduzgi harorat Farengeyt bo’yicha 104 daraja, kechasi esa Farengeyt bo’yicha 35 darajagacha bo'lganligi sababli, termitlar isitish va ventilyatsion tirqishlarni tartibga solish orqali o'z qo’rg’onlarida doimiy haroratni ushlab turish tizimini yaratdilar.
Lafboro universiteti bunday foydali xususiyat bilan qiziqdi. Xuddi shu usulni inson binolarida qo'llash bo'yicha tadqiqot o'tkazdi. Natijada, Xarare (Zimbabve) shahridagi Eastgate markazi termitlar tizimida modellashtirildi.
5.Shimpanze
Shimpanzelarning insonlardan ustunlik qiladigan kamida bir xususiyati bor ekan – bu ularning fotografik eslash qobiliyati. Kioto Universitetidagi primatlar (maymunlar) ni tadqiqot qilish instituti tomonidan olib borilgan kuzatuvlar yosh shimpanzelarning raqamlarni eslab qolish qobiliyatiga ega ekanligini ko'rsatdi. Ushbu jarayon xuddi shunday sharoitlarda xuddi shunday sinovdan o'tgan katta yoshdagi insonlarga qaraganda maymunlarda ancha yaxshi natija berdi.
Kichkina shimpanzelar ma'lum bir raqamlarni odamlarga qaraganda tezroq eslab qolishga qodir edi.
6.Delfinlar
Yaqinda delfinlar dunyoda (odamlardan keyin) ikkinchi o’rinda turadigan eng aqlli mavjudotlar, deb e'lon qilindi. The Times nashriga ko'ra, Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Emori universitetining zoologi, ularning "neyroanatomiyasi odamlar va delfinlar o'rtasidagi psixologik davomiylikni anglatadi" deb ta'kidlab, inson-delfin o'zaro ta'sirini qayta ko'rib chiqishga chaqirdi. Los Anjelesdagi Loyola Marymount universitetining yana bir olimi ularni hatto "noinsoniy odamlar", deb atadi.
Ha, delfinlar shimpanzelarga qaraganda ancha aqlli va odamlarga o'xshash aloqa qilish qobiliyatiga ega. Ularning miyasi odamdan keyin ikkinchi o'rinni egallab, ularni ajoyib xarakterologik xususiyatlarga ega madaniy hayvonlarga aylantiradi. Sutemizuvchilar o'z kelajagini rejalashtirishga qodir. Bu delfinning ko'plab qobiliyatlaridan biridir.
Сообщения из Facebook