Qora Juma
Qora Juma
Har yili, Amerika Shukrona kunidan keyingi birinchi juma kuni (odatda noyabr oyining oxirgi haftasi), mashhur qora juma kuni boshlanadi - bu kun o'zining g’amgin ismiga to'g'ri kelmaydi. Axir, Qora Juma - bu yilning eng yorqin va unutilmas juma kunlaridan biri, bu ulkan chegirmalar va sotuvlar kuni, barcha xarid qilishni sevuvchilar uchun asosiy bayram va pulni tejashni istaganlar uchun ajoyib yechimdir.

G'arbiy mamlakatlarda Qora Jumadan boshlab an'anaviy Rojdestvo savdo mavsumi boshlanadi,unda siz juda hamyonbob narxlarda turli xil mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin, chunki chegirmalar hajmi tovarlar guruhiga qarab 30 dan 90% gacha.

Ushbu shiddatli xarid qilish odati Amerikada 19-asrda paydo bo'lgan, o'sha paytda eng yirik savdo tarmoqlari ulkan savdo-sotiqlarni tashkil qilishni boshlab, aqlbovar qilmaydigan darajada chegirmalar, bonuslar, maxsus sovg'alar bilan xaridorlarni sotib olishga undashgan.  "QoraJuma" atamasi esa 1966 yilda Filadelfiyada paydo bo'lgan.

Bu nomning kelib chiqishi haqida ikkita versiya mavjud. Birinchisi bo’yicha, Shukronalik kunidan ertasi kuni paydo bo'lgan katta tirbandliklar sababli kunni shunday atashgan. Boshqasi bo’yicha, Qora Juma nomi o'sha kuni moliyaviy hisobotlarning saqlanishi tufayli paydo bo'ldi. Yo'qotishlar qizil siyohda yozilgan, foyda esa qora rangda qayd etilgan, va shu kuni daromad juda katta bo'lganligi sababli qora hisobot ustunlik qilgan.

Garchi bu kun rasmiy bayram bo'lmasada, ko'pgina amerikaliklar dam olishadi, albatta,chakana ishchilar bundan mustasno. Do'konlar va savdo tarmoqlari xaridorlarni jalb qilish uchun har narsani qiladilar.

Aftidan,bunday "saxiy" siyosat savdo vakillariga zarar yetkazishi kerak. Biroq,xaridorlarning katta oqimi Rojdestvo arafasida arzon narxlarni to'liq qoplaydi va tovarlarni sotib olish odamlar uchun "zarurat" ga aylanadi.Shunday qilib, do'konlar bir kunda bitta o’q bilan uchta quyonni o'ldirishadi:ular ko'p sonli xaridorlarni jalb qiladi, tovarlarning tezkor harakatlanishini ta'minlaydi va yaxshi foyda oladi Aytgancha, sotuvda faqat chegirmali yoki ommabop tovarlar ishtirok etadi deb o'ylamang. Sotuvchi har qanday holatda ham g'olib bo'lib qoladi, shuning uchun assortimentdagi eng yaxshi mahsulotlarga ham chegirmalar qo'llaniladi. Bundan tashqari, an'anaviy ravishda maishiy texnika va uy-ro'zg'or buyumlari ishlab chiqaruvchilari ushbu vaqtga yangi mahsulotlar chiqishini taminlaydilar. Shunday qilib, ular nafaqat talabni rag'batlantiradi, balki yangi mahsulotni reklama qiladi.

Garchi har yili televizorda biz Qora Juma kuni AQShdagi do'konlarga bostirib kirgan va paypoqdan tortib to plazma panellariga qadar hamma narsani supurib tashlayotgan ulkan olomonni ko'rsakda, hatto o'ylash va fikrlash uchun vaqt bo'lmasada va ba'zida jaroxatlarsiz o’tmasada, bu voqeaning ommaviyligi kamaymaydi. Va umuman olganda, "haqiqiy shopogoliklar festivali" uning barcha ishtirokchilariga haqiqiy mamnuniyat keltiradi. Statistikaga ko'ra, Qora juma kuni Amerika oilasi o'rtacha hisobda bir necha yuzdan minglab dollargacha tejashga qodir. Har yili ular 60 milliard dollardan do'konlarda qoldiradilar,bu kichkina mamlakatning yillik byudjetiga barobar.

Agarsiz Qora Jumada ishtirok etishga qaror qilgan bo'lsangiz, sizga yoqimli xarid va katta chegirmalar tilaymiz!

 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook