просмотров
2015 BP519jismini Koinot kengayishining tadqiq qilinishi va qora quvvatni izlash uchun mo’ljallangan Dark Energy Survey loyihasi doirasida Chilidagi Viktor Blanko nomidagi teleskop aniqladi. DECam o’ta sezgir kamerasi Somon Yo’lidan tashqari joylashgan o’ta xira jismlarni izlash uchun ishlatiladi, biroq shuningdek Quyosh tizimining Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan koinot jismlarini aniqlash uchun ham mos kelaveradi.
Hisoblar bo’yicha,agar 2015 BP519 Quyosh tizimining tekisligida vujudga kelgan bo’lsa, bunday orbitaning ma’lum yirik sayyoralarning gravitatsion ta’siri bilan ifodalab bo’lmaydi. Modellashning natijalari shuni ko’rsatdiki, kuzatilayotgan egilish va kattayarim o’q faqat hali ochilmagan to’qqizinchi sayyoraning ta’siridagina uzoq davom etgan vaqt mobaynida shakllanishi mumkin ekan.
Pluton orbitasidan tashqari yirik koinot jismi ochilganining ehtimoli to’g’risida olimlar 2016 yilning yanvar oyida xabar bergan edilar.
Gipotetik jism Quyoshatrofida cho’zilgan traektoriya bo’ylab (va Yer orbitasiga nisbatan egilgan tekkislikda) 15 ming yillik aylanish davri bilan harakatlanadi, o’z fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan esa Neptunni eslatadi.
Transneptun jism deb (TNJ) Neptun orbitasidan to’laligicha yoki deyarli to’laligicha tashqarida joylashgan koinot jismiga nisbatan aytiladi. Ayrim jismlarda obbitalari cho’zinchoq bo’lishi mumkin, buning natijasida ular gohida Quyoshga sakkizinchi sayyoradan ham yaqinlashishi mumkin. Ayrim TNJlar, masalan Pluton, deyarli a’lo darajadagi soqqa shaklga ega, shuning uchun ham astrongomlar ularni mitti sayyoralar qatoriga qo’shadilar.Sayyoralar va mitti sayyoralarning nishonalari 2006 yilda Xalqaro Astronomik Ittifoqning XXVI Assambleyasida aniqlanib olingan edi. Shunga qaramay ko’pchilik mutaxassislar, shu jumladan, sayyorashunoslar, haligacha ularni tanqid qiladilar. Shunday qilib, Pluton Quyosh tizimining to’qqizinchi sayyorasi deb hisoblanmay qo’ydi.
Сообщения из Facebook