просмотров
Lezginka – Kavkaz xalqlarining an’anaviy milliy raqsidir. U 6/8 ritmli musiqa jo’rligida ijro etiladi. Bu raqs sahnada ham, bayram, tantana, to’y va boshqa oilaviy hamda korporativ tadbirlarda ham birdek ishtiyoq bilan ijro etiladi. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, lezginka raqsini aynan qaysi Kavkaz xalqi o’ylab topilgani ma’lum emas. Ta’dqiqotchilarning aytishlaricha, ushbu raqsning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi.Kavkazliklar jang yoki ovga kirishishdan avval o’ziga xos marosim o’tkazib, raqlar ijro etganlar.
Lezginka raqsi chuqur ramziy ma’noga ega – u burgut bilan oqqush haqida hikoya quluvchi qadimgi afsona asosida yaratilgan. Raqsda yigit asta-sekinlik bilan o’sib boruvchi keskin harakatlari bilan burgutni namoyon etadi, ayol kishi esa mayin va nafis harakatlari bilan oqqushni ifoda etadi. Raqs shuningdek qurol ishtirokida ham ijro etiladi, va bu bilan yigitning jangovar holatini bildirib turadi.
https://www.youtube.com/watch?v=9sBJguF7WsA
Raqs qoidalari
Lezginkaning turli variantlari bor, va har bir xalq uni o’z an’anasidan kelib chiqib ijro etadi. Biroq umumiy ijro etish texnikasi bo’yicha ushbu raqsning uch turi mavjud bo’lib, o’zining betakrorligi bilan ajralib turadi.
Birinchi va keng tarqalgan turi – faqatgina erkaklarga xos. U bayramlarda ham, jang oldidan ham birdek ijro etiladi.
Ikkinchi turi – bu faqatgina ayollarga xos raqs bo’lib, nisbatan kamroq uchraydi. Bunda raqqosa ayol mayin harakatlari bilan oqqushni ifodalaydi, nigohlari esa yerga qadalgan bo’ladi.
Raqsning uchinchi turi esa – juftlikda ijro etilishni talab qiladi. Bunda go’yo burgut oqqush ustida parvoz qilib, unga nisbatan bo’lgan ishtiyoqini namoyon etadi. Bu eng ko’p ijro etiladigan hamda jozibador raqslardan biridir. Raqs qoidasiga binoan yigit kishi sherigi bo’lmish qizga va hattoki uning kuylagiga ham qo’lini tegishi mumkin emas,bu ayolga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi va qattiq qoralanadi.
Qizning ham o’z navbatida sherigining ko’zlariga tik qarashi ta’qiqlanadi. Masalan, serharakat, jo’shqin chechen juftlik lezginkasida raqsni yigit boshlaydi, to’xtatish esa qizdan. Qiz raqsni tugagani haqida bildirmaguncha yigit qanchalik charchagan bo’lmasin, davrani tark etolmaydi: bu uyat hisoblanadi. Yigit davraga o’ziga xos harakatlar bilan kirib borar ekan, uni oxirigacha ham turib berishi shart.
Сообщения из Facebook