просмотров
Imidj
Har bir insonning boshqalarga o’xshamaydigan, o’zgalardan ajralib turadigan biror jihati bo’ladi. Bunday jihatlar sirasiga tashqi ko’rinishni ham misol qilib keltirsak bo’ladi. Har kim u erkak yoki ayol bo’lishidan qat’iy nazar o’ziga hos ko’rinish sohibi bo’ladi. Tashqi ko’rinishning boshqalar e’tiborini tortadigan qismi bu albatta, sochlardir. Sochlarning betakror ko’rinishi va o’ziga xosligida esa sartaroshlarning alohida o’rni bor. Har bir sartarosh biror bir “san’at asari” yaratishda o’z mijozining yuz tuzilishi, rangi, uslubiga e’tibor beradi, undan so’nggina kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda o’z ishini bajaradi.
Qiziqarli fakt
“Sartarosh” so’zi ilk bor Germaniyada paydo bo’lgan bo’lib, nemischa “peruckenmacher” ya’ni “usta turmak yasovchi” so’zlaridan kelib chiqqan. O’sha davrlarda mamlakatda faqatgina erkak sartaroshlar bo’lib, ular faqat erkaklar uchun hizmat ko’rsatishgan. Ayollardan faqatgina saroylarda yashovchi aslzoda xonimlargagina mahsus sartaroshlar hizmat qilishgan, oddiy ayollarga esa sartarosh hizmatidan foydalanish mumkin bo’lmagan.
Sartaroshlik etikasi…
Sartaroshlar rioya qilishi lozim bo’lgan qoidalar:
-tozalik;
-xushmuomalalik;
-e’tiborlilik;
-ijodkorlik;
-tezkorlik;
-halollik;
Har bir sartaroshning o’ziga hos uslubi bo’ladi. Ko’pincha mijozlar doimiy ravishda bitta sartarosh hizmatidan foydalanadi. Chunki o’sha sartaroshning uslubi, muomalasi mijozlar ko’nglidan joy olgan bo’ladi. Bunday e’tirofga sazovor bo’lish uchun sartaroshdan kasbiy malaka talab etiladi. Sartaroshlar har kuni turli hil mijozlar bilan ishlashiga to’gri keladi. Ular orasida turli kasb egalari, turli yosh va jins vakillari bo’ladi. Ko’pchilik mijozlar ishdan so’ng, bo’sh vaqtlarida sartaroshga boradi va ba’zan shunaqa holatlarni kuzatamizki, insonlar o’z hayotidagi muammo va dardlarini sartaroshlarga aytib yengil tortishadi. Ulardan biron bir maslaxat olishni ham xohlashadi. Bunday vaziyatlarda hayotiy tajribga ega bo’lgan sartarosh bo’lsagina to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin, aks holda bir kelgan mijoz ikkinchi marta bu sartaroshning dargohiga tashrif buyurishi dargumon…
Сообщения из Facebook