просмотров
1. Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asining kashf etilishi juda tasodifan sodir bo’lgan. Aslida, Kolumb Hindistonga yaqin yo’l izlab safarga chiqqan edi.
2. Selofan muvaffaqiyatsiz tajribalar va oshxona stolidagi dasturxon uchun suyuqlik o’tkazmaydigan qoplamani yaratish maqsadidagi urinishlari natijasida kashf etilgan edi.
3. Sun’iy totlantiruvchilar, ya’ni bugungi kunda qand o’rnini bosuvchilar aslida tibbiy tadqiqotlarning qo’shimcha mahsuloti va faqatgina olimlar qo’lini yuvishni unutib qo’yganligi tufayli kashf etilgan edi.
4. Yopishqoq qog’ozchalar (eslatma sifatida ish joyidagi stol yuzasiga yopishtirib qo’yiladigan qog’ozchalar) yelimning mustahkamligini oshirish bo’yicha muvaffaqiyatsiz tajriba tufayli paydo bo’lgan.
5. Rentgen nurlari yoki X-Rays vakuum quvurdan katod nurlari o’ta olishi yoki olmasligini tushunish maqsadida tajriba o’tkazgan paytda kashf etilgan.
6. Superyelim (tsianoakrilat) qurol nishonga olgichlari uchun uchun shaffof plastik izlash paytida topilgan. Kerakli plastik baribir topilmagan, ammo kashf etilgan yelim yaralarni darhol yopish fazilatiga ega bo’lgani uchun ko’plab hayotlarni qutqarib qolgan.
7. Ichida mayizli bulochkani mashhur novvoyni Ivan Filippov o’z pishirig’ining ichidan topilgan suvarak uchun hokim oldida o’zini oqlashga uringan paytda ixtiro qilgan.
8. Koka-kola tetiklashtiruvchi xususiyatlari ega bo’lgan Janubiy Amerikaning Koka o’simligi barglaridan va Afrikaning kola yong’og’idan olinadigan ekstrakt dori moddasini yaratishga urinishlar paytda paydo bo’lgan. Savdoning birinchi yili bu ichimlik juda katta muvaffaqiyatga ega bo’la olmadi: hatto uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar ham qoplanmay qoldi. Ammo hozir Koka-kola dunyoning 200dan ortiq mamlakatida ishlab chiqariladi va sevib ichiladi.
9. 1904 yilda oziq-ovqat ko’rgazmasida muzqaymoq sotuvchisi bilan vafli ishlab chiqaruvchisi yonma-yonturib qolgan edi. Birinchisining ishlari juda yaxshi, ikkinchisiniki uncha yaxshi emas edi. Biroz vaqtdan so’ng, muzqaymoq sotuvchisida qog’ozli qopchalari tugab qoldi, shunda vafli ishlab chiqaruvchisi unga likopcha sifatida vaflilaridan foydalanishni taklif qildi. Bu yangilik haridorlarga juda ma’qul kelib qoldi va savdo muzqaymoqchi bilan vaflichining quvonchiga yanada chaqqonroq sur’atda ketdi. Vaflichining ismi Xamvi edi. U darhol o’z kashfiyoti– vafli shoxchasini patentlash uchun shoshilib qoldi va vafli shoxchasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi fabrikani ochgan edi.
10. XIX asrning o’rtasida neft sanoatidagi ko’plab ishchilar neft nasoslarining quvurlari ichida to’planib qolayotgan mumli modda – “parafin” ustidan shikoyat qilganliklari kuzatilgan. Bu zararli va keraksiz modda tadqiqotchi Chezbro tomonidan yaqinroq o’rganilganida neft jelesi yaralarni va kesib olingan joylarni a’lo darajada davolash imkoni bor ekanligi aniqlangan.
Keyinchalik, bu jele "vazelin" deb nomlangan. Bu so’z nemischa "Wasser"(suv) va yunoncha "Elaion" (moy) so’zlaridan hosil bo’lgan.
“Baxt yo’q edi, lekin baxtsizlik yordam berdi" turkumidagi ushbu ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin va shunda ham u baribir to’lmaydi.
Balki har bir kishi o’z “lampochkasini” kashf etishi uchun Tomas Alva Edison kabi mingdan ortiq urinishlar qilish imkoniyatiga ega bo’lmas, lekin o’z mehnatingizning natijasini qanday deb nomlashingiz va undan qanday foydalanishingiz faqat o’zingizga bog’liq.
Сообщения из Facebook