просмотров
1. Tunis Shimoliy Afrikadagi eng kichik mamlakat bo‘lib, uning bir qismini Saxara cho‘li egallab olgan. Mamlakatning qolgan hududini hosildor yerlar va 1310 km lik sohillar tashkil qiladi.
2. Tunis 24 ta provinsiyadan iborat,ulardan eng kattasi Tatuin sanaladi. Ushbu hudud "Yulduzlar jangi" fantastik filmi sharofati bilan mashhur bo‘lib ketgan.
3. Xammamet shahri Tunisning eng yirik turistik kurorti hisoblanadi.
4. Tunis ayni paytda mamlakatda metro mavjud bo‘lgan yagona shahardir. Bu yerdagi metrolar esa tezyurar tramvaylarni yodga soladi.
5. Aholi soni 10,8 mln kishini tashkil qiladi. Oxirgi yillar davomida bu yerda bola tug‘ilishi darajasi haddan tashqari tushib ketgan.
6. Tunisda ikkita davlat tili mavjud bo‘lib, bular arab va fransuz tillaridir.
7. Tunis ayollarining eng sevimli pardoz vositasi xina sanaladi. Ular kaftlari va bilaklarini xina naqshlari bilan bezaydilar.
8. Tunisning Kayruan shahri Islom olamida Quddus, Makka va Madinadan keyingi to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan ma’naviy markaz deya e’tirof etiladi.
9. Tunis bozorlaridagi har bir mahsulotni savdolashib harid qilish mumkin.
10. Tunis iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi, zaytun ishlab chiqarish, tekstil va neft mahsulotlari tashkil qiladi.
11. Tunisda 4 ta halqaro aeroport joylashgan.
Сообщения из Facebook