просмотров
Qutqaruvchi bergan ma'lumot
Nima uchundir hamma odam cho’kayotganda baqirib, yordamga chaqiradi, deb hisoblaydi. Aslida unday emas, odam cho’kayotganda ovoz chiqara olmaydi. Bir qutqaruvchining aytishicha, bir gal u katta odamlar kompaniyasidan 30 metr narida cho’kayotgan bolani qutqarib chiqqan. Kattalar bola suvga g’arq bo’layotganini umuman ko’rmagan ham, eshitishmagan ham. Bu tabiiy. Cho’kayotgan odam jismonan yordamga chaqira olmaydi: uning baqirishi uchun oldin nafas ovolishi kerak, buning esa imkoni yo’q.
Onkolog bergan ma'lumot
Har kuni inson tanasida potentsial saraton hujayralari paydo bo'ladi va immunitetimiz ularni samarali ravishda o'ldiradi va biz hech narsa bo'lmagandek hayotimizni davom ettiramiz. Inson tanasi har kuni son-sanoqsiz hujayralarni ishlab chiqaradi. Ulardan ba'zilari potentsial xavflidir: agar ular darhol o'ldirilmasa, ular saraton o'smasiga aylanishi mumkin. Har kuni bizning immunitetimiz ularni aniqlash va yo'q qilish bilan shug’ullanadi.
Uchuvchi bergan ma'lumot
Hech qanday mukammal samolyot yo'q. Siz uchayotgan har bir samolyotning texnik jihatdan muammolari juda ko'p, ammo ular parvoz xavfsizligiga ta'sir etadigan darajada jiddiy emas. Aviakompaniya sobiq xodimlarining aytishicha, deyarli barcha samolyotlarda texnik muammolar mavjud. Ularning qanchalik xavfliligi muhim: agar parvoz muvaffaqiyatini xavf ostiga qo'yadigan nosozlik aniqlansa, u holda samolyot hech qanday parvozni amalga oshirmaydi.
Terapevt bergan ma'lumot
Ko'pgina BAD lar (biologik faol qo’shimchalar) boshqa dorilar bilan aralashtirilganda nojo’ya ta'sir ko’rsatishi mumkin. Qabul qilayotgan dorilaringiz haqida shifokorlarga aytishingiz zarur. Bundan tashqari, ba’zi o'tlar xavfli bo'lishi mumkin, chunki ko'plab o'simliklarda zaharli birikmalar mavjud. Ular oz yoki o'rta miqdorda sog'liq uchun foydali bo'lishi mumkin, ammo agar siz juda ko'p iste'mol qilsangiz, bu tanaga zararli ta’sir qilishi mumkin.
Сообщения из Facebook