просмотров
Agar tabiat bugun issiq quyoshli kunni yuborgan bo’lsa, unda bu kuningiz ikki barorbar quvonchliroq kechadi, chunki yozning birinchi kunida ko’plab mamlakatlar Xalqaro bolalar kunini (International Children's Day) nishonlaydi. Ushbu bayramni vatandoshlarimiz Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni deb bilishadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni -eng uzoq vatdan beri nishonlanib kelayotgan xalqaro bayramlardan biri. Uni o’tkazish to’g’risidagi qaror 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligiga bag’ishlangan Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan. Bu bolalar bayramini nima uchun aynan 1-iyun kuni nishonlashga qaror qilinganligi haqida tarixda aytilmagan.
Naqllarning biriga ko’ra, 1925 yilda San-Fransiskodagi Xitoyning bosh konsuli bir guruh Xitoylik yetim bolalarni to’plab, ular uchun aynan 1-iyun kuni Duan-u Sze ( Ajdaho - qayiqchalar namoyishi) bayramini o’tkazib bergan. Baxtli tasodifga ko’ra, namoyish Jenevadagi "bolalar" konferensiyasini o’tkazish vaqtiga to’g’ri kelgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, bolalar sog’lig’ini saqlash va ularning farovonligi muammolari har qachongidan ham dolzarbroq bo’lib turgan payt, 1949 yili Parijda bolalar baxtining yagona kafolati sifatida mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun tinimsiz kurash to’g’risidagi qasam yangragan Ayollar Kongressi bo’lib o’tdi.
Xuddi shu yili Ayollar Xalqaro Demokratik federatsiyasi Kengashining Moskvada bo’lib o’tgan majlisida uning 2-chi kongressining qarorlariga binoan ushbu bayram ta’sis etildi. Bir yil o’tib esa, ya’ni 1950 yilning 1 iyun kuni birinchi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o’tkazildi. Shundan beri ushbu bayram har yili o’tkazilib keladi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining o’z bayrog’i bor. Ulg’ayish, uyg’unlik, soflikva unumdorlik ramzi bo’lgan yashil zaminda, Yer ifoda etuvchi globus beligisining atrofida - qizil, sariq, ko’k, oq va qora ranglarda uslubiy tasvirlangan shaklchalar joylashtirilgan. Ushbu odamchalar ko’rinishidagi shaklchalar turli-tumanlik va bag’rikenglikni anglatadi. Markazda joylashgan Yer belgisi hammamizning umumiy uyimiz ramzidir.
Qizig’i shundaki, bu bayramni rivojlanishning sotsialistik yo’lini tanlagan mamlakatlarda faol qo’llab-quvvatlangan edi. Sovet Ittifoqi davrida 1 iyun kuni o’rta maktablarda yozgi ta’tillar boshlanar edi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquq va farovonligi haqida nutqlar, bolalar uchun yangi badiiy filmlar va teleko’rsatuvlar namoyish etilishi, bolalar uchun tashkil etilgan tez-tez ota-onalari ishtirokidagi sport musobaqalari o’tkazilardi.
Bugungi kunda ham ko’plab mamlakatlarda bolalar uchun ommaviy, ko’ngilochar va madaniy tadbirlar o’tkaziladi. Ammo bolalar bayrami nafaqat bolalarning o’zlari uchun quvonchli bayram, balki barcha bolalar baxtli tarzda ulg’ayishi, o’qishi, sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishi, kelajakda ajoyib ota-onalar va o’z yurtlarining ma’suliyatli fuqarolari bo’lib yetishishi uchun dunyo hamjamiyatiga eslatish va ogohlantirishdir.
Сообщения из Facebook