XX asrning dunyoni o’zgartirgan buyuk ayollari. Qat’iyat va iroda.
 XX asrning dunyoni o’zgartirgan buyuk ayollari. Qat’iyat va iroda.
Ushbu ayollar haqiqatan butun bir asrni o'zgartirishga muvaffaq bo'ldilar.

Este Lauder (Jozefina Esfir Menttser) 1908 yil 1 iyulda Nyu-York shahridagi Koronada (Italiyalik immigrantlar dahasi) tug’ilgan.

Keyinchalik Lauder kelib chiqishi muhojirlar oilasidan ekanligidan va ota-onasi ingliz tilida kuchli aksent bilan gapirishidan juda uyalganini tan olgan edi. 

Este oiladagi sakkiz nafar farzandning eng yoshi edi. Birinchi jahon urushi boshlanganida Este olti yoshda edi va o’sha payt Kuinsda yashagan oilaga uning Jon Skotts ismli tog’asi qo’shildi. U ko’plab qizlar singari o’zining tashqi ko’rinishga doim katta ahamiyat beradigan va o’ta ta’sirchan Estega katta ta’sir ko’rsatgan. Tez orada, Este tog’asining sehrli “krem Pak” malhami – o’zi atashicha “bankachadagi go’zallik” bilan juda qiziqib qolgan edi. Aynan dermatolog tog’asi Esteni teri uchun kremning xil 4 formulasini yaratishga chorlagan edi. Ular haligacha ishlab chiqarishdan olib tashlanmagan. Butun dunyo urush balosi bilan mashg’ul bo’lgan paytning o’zidayoq Djon tog’asining mo’jizakor eliksirlari uning go’zallik va nafislik to’g’risidagi bolalik orzularini mujassamlashtira edi. Quruq orzudan boshqa hech narsaga ega bo’lmagan holda Este Lauder 1939 yilda dunyodagi eng yirik xususiy kosmetika kompaniyasini yaratishga kirishgan edi.

Este Lauder mahsulotlarining sotilishidan olingan daromadlar o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab yiliga 2 milliard AQSH dollardan oshib ketdi.

Lauder kosmetika imperiyasi “Fortune” jurnaliga ko’ra uni dunyoning eng badavlat ayollaridan biriga aylantirdi. Lauder bu ro’yxatda hamma narsaga mustaqil ravishda faqatgina o’z kuchi bilan erishgan yagona ayol edi. 

Elizabet Klayborn 1929-yilning 31-mart kunida Belgiya, Bryusselda kelib chiqishi Yangi Orleandan bo’lgan amerikaliklar oilasida dunyoga keldi. Liz o’n yoshligida, uning oilasi natsistlar bostirib kelishidan saqlanish maqsadida  Bryussel qochib, 1939yilda yana Yangi Orleanga qaytib ketgan edi.

Lizning onasi unga erta yoshligidanoq tikuvchilik san’atini o’rgatgan va uning kiyim bilan tashqi ko’rinishi borasidagi qat’iy tartib-qoidalari qiz xotirasida mustahkam muhrlanib qolgan. 

Belgiyaning Bryussel shahrida (1947), Frantsiyaning Nitssa shahrida (1948) san’at maktablarida hamda Parijdagi San’at Akademiyasida san’atni erta o’rganishi Klayborn uchun modaga oid  kiyim ishlab chiqarish sohasiga kirish chiptasi bo’lib qolgan edi.

19 yoshida "Harper's Bazaar" ko’makligida e’lon qilingan dizayn bo’yicha milliy ko’rik-tanlovda g’alaba qozonib Klayborn uni musavvirlik kelajagi to’g’risidagi orzusi bilan tamomila xayrlashgan holda otasi bilan urishib qoladi va o’z taqdirini o’zi belgilash maqsadida Nyu-Yorkka ko’chib ketadi.

Otasi unga atigi ellik dollar bergan va xayrlashayotgan paytda tantanali ravishda “ayol kishining joyi Nyu-Yorklik modaning ketidan quvgan, latta-putta do’konlarining mijozlari- telba xonimlar olomoni ichida emas o’z uyida bo’lishi kerak” deb aytgan. 

Bugungi kunda 1976 yilda tashkil topgan uning ramziy farzandi “Liz Claiborne Inc” yillik daromadi 5 milliard AQSH dollariga teng va 15 ming nafar ishchilar shtatiga ega bo’lgan kompaniyagina emas, uning bir necha sho’ba korxonasi mavjud. Bular, Mexx, JuicyCouture, Kate Spade, Lucky Brand Jeans, DKNY va boshqa bir qator taniqli brendlar.

Mariya  Kallas  (Sesiliya Sofiya Lina Mariya Kalogeropulos) 1923 yilning 2 dekabrida  Nyu-Yorkda tug’ilgan. Uning opasi Jeki 1917-yilda Gretsiyada tug’ilgan, akasi Vassilios esa uch keyinroq tug’ilgan.  Vassilios onaning sevimli farzandi edi, ammo uch yoshida tif bezgagi bilan kasallanib, to’satdan vafot etgan. Bu fojea butun oilani larzaga soldi, ayniqsa Mariyaning onasi, Yevangeliyani.

Uning onasi boshqa o’g’il bola tug’ishni xohlagan edi va deyarli to’rt kun davomida yangi tug’ilgan qiziga hatto qarab yoki uni tegib qo’yigisi ham kelmagan edi. Olti yoshida Mariya Manxetten ko’chasidagi avtomobilning tagiga qolib ketib, mashina uni butun daha bo’ylab sudrab ketgandi. U o’n ikki kun davomida komada yotdi, hech kim uni tirik qolishini kutmagan edi. 

Mariyaning onasi o’zining muvaffaqiyatsiz hayotini qizi yordamida to’ldirishga qaror qilib uni qo’lidan kelganicha uni barkamollikka erishish uchun undar edi. Kallas keyinchalik o’zining bolaligini shunday eslardi: "Faqat qo’shiq aytganimda, men o’zimning sevimli ekanligimni his qilardim". Klassik qo’shiqlar yozilgan plastinkalar uning o’yinchoqlariga aylandi. U besh yoshligida fortepiano darslarini o’qishga kirishgan, sakkiz yoshdan esa qo’shiq kuylash darslarini o’zlashtirishni boshlagan mo’jiza-bola edi. To’qqiz yoshligida u o’z maktabida konsertlar yulduziga aylangan.

1940 yilda ikkinchi jahon urushi boshida natsistlar Gretsiyaga bostirib kirganda, U Afinada yashagan va qo’shiq ijro etgan.

Mariyaning oilasi okkupatsiya paytidagi ko’plab janglar tufayli och qolardi. Mariya urush paytida tom ma’noda axlat qutilaridan egulik izlashga majbur bo’lar edi. U urush paytida ham, undan keyin ham o’ziga nisbatan sovuq, ammo talabchan onasining xushi yo’qligini egulik bilan to’ldirish, hamda o’zining zaifligini yumshatish maqsadida doim faqat biror narsa yeb yurar edi.

O’smirlik davriga kelib, uning bo’yi 173 santimetrga, lekin vazni 90 kilogrammga teng bo’lgan. Keyinchalik hatto ozganidan keyin ham, Kallas bir umr himoyalanmagandek qoldi.

1970-yilda, u muxbirga intervyu berayotganida shunday dedi: "Men o’zim hech qachon to’liq ishona olmaganman, doimo turli shubha va qo’rquv meni kemiradi".

Mariya Kallas 11yoshlik paytida, o’sha davrda juda mashhur bo’lgan Lili Paneni Nyu-Yorkdagi "Metropoliten Opera"da tinglab, “Bir kun kelib, men undan ham ortiqroq yulduz bo’laman" deb o’ziga bashorat qildi. Va u teatrdagi eng sevimli mo’jizaga aylana oldi.

Linda Joy Vachner, 1946 yil 3 fevralda Nyu-Yorkda, Forest Xillzda yashagan keksa er-xotin oilasida tug’ilgan. O’n yoshida Linda sinfdoshining muvaffaqiyatsiz hazili tufayli uning umurtqa pog’onasiga jiddiy shikast etgan.

U deyarli ikki yil davomida gipsda yotdi. O’sha davrda u bir kun oyoqqa qaytib turishiga qat’iy ishonchi yo’q edi. Shunda Linda o’ziga tinmay bir narsani qaytarardi: “Menda bor hamma narsa krovatga mixlangan paytda ichimda jamlangan. Yana yurishni istasang sen bor kuchlaringni shu istagingda jamlashni o’rganasan va shunga erishmaguningcha to’htamaysan”. U bilan sodir bo’lgan baxtsizlikdan so’ng, u qanday qilib bo’lsa ham muvaffaqiyatga erishishga qaror qildi. Linda Vachnerning so’zlariga qaraganda, bu tahminan shunday edi: “Men yura olmagan paytimda, o’zimga kichgina qasamyodlar qilishni o’rgandim, masalan: Qachon oyog’imga tursam, hech qachon yurishdan charchamayman! Men bilaman, men bundan ko’prog’ini qilishim mumkin edi. Bu ruhiy o’zini ishontirishning bir ko’rinishi edi.” Bu uning bolaligidagi birinchi inqiroz, lekin so’nggisi ham emas edi.

1983 yilda u nikohdan keyin atigi o’n ikki yil o’tib erini yo’qotgan.

U 23 yoshida otasini, keyin 1981 yilda yagona singli Barbarani va 1987 yilda onasi yo’qotdi.

Yolg’iz qolgan Linda Vachner o’z vaqtining hammasini ishga bag’ishladi.

Vachner noldan boshladi: u Nyu-Yorkdagi bir savdo tashkilotiga maoshi haftasiga 90 AQSH dollariga teng bo’lgan xaridchi lavozimiga ishga qabul qilindi.  Uning birinchi lavozimi - bozor tadqiqotlari vakili, lekin aslida, biznes boshqaruvi tili bilan aytganda yugurdak qizcha edi.

U o’zining shijoati va tirishqoqligi tufayli, kompaniyani qat’iy raqobat sharoitida boshqarish, uning faoliyatini qayta yo’naltirish va iste’mol bozorini zabt eta olishga qozongan birinchi ayol bo’lib qoldi.

"Ms."jurnali uni 1986 yilda "Yil ayoli" unvoniga, "Fortune"jurnali esa 1992 yilda - "Amerikadagi eng muvaffaqiyatli biznes ayol" unvoniga sazovor deb topdi.

"Fortune" jurnali reytingidagi eng yirik kompaniya "Warnaso"ning rahbari Vachner kompaniyasi qarzini pasaytirib, aksionerlik mablag’ini 75 foizga oshirdi. Linda Vachner to’la haqli ravishda dunyodagi ayollar rahbarlarining dunyoqarashini o’zgartirgan ijodiy daholardan biri hisoblanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook