Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
"Yadroviy tahlika yo'q! Bugun tinch uxlayvering" - Bu so‘zlar butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Pol Tibbets

Pol Tibbets

Xirosima shahriga atom bombasini tashlagan “Enola Gay” bomba tashuvchi samolyotining uchuvchisi - Pol Tibbets

Pol Tibbets

Pol Uorfild Tibbets-kichik (inglizcha: Paul Warfield Tibbets, Jr.; — AQSh Harbiy Havo kuchlarining generali. Ikkinchi jahon urushining oxirida Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasini tashlagan “Enola Gay” bomba tashuvchi samolyotining uchuvchisi sifatida tanilgan.

Tibbets bomba tashlash qarori bo‘yicha buyruqni bajargani uchun hech qachon pushaymon bo‘lmagan. U 1975 yilda bergan o‘z intervyusida shunday degan: “Men hech narsadan boshlab operasiyani rejalashtirib, uni o‘zim bajarganday bekamu-ko‘st darajaga yetkazganimdan faxrlanaman... Men har tunda tinch uhlayman”. 2005 yilning mart oyidagi uning gapi: “Agar siz meni yana huddi shunday vaziyatga qo‘ysangiz, jin ursin, men buni yana bajaraman”.

Tibbets AQShning Ogayo shtatida Kolumbus shahridagi o‘z uyida 2007 yilda vafot etdi. Tibbet o‘z vasiyatnomasida uning o‘limidan keyin dafn marosimini o‘tkazmasliklarini, yadro quroliga qarshi namoyishchilar unga qo‘yilgan yodgorlikni o‘z e’tirozlarlarining joyiga aylantirib olmasligi uchun hech qanday yodgorlik o‘rnatmasliklarini vasiyat qilgan. Shuningdek, u o‘z jasadini yoqib yuborib, kulini La-Mansh uzra sochib tashlashlarini vasiyat qilgan.

Charlz Suini

Charlz Suíni (inglizcha: Charles Sweeney) — AQSh Harbiy Havo kuchlarining uchuvchisi.1945 yilda Yaponiyaning ikkala bombardimon qilinishida ham ishtirok etgan (Xirosimaga bomba tashlangan paytda kuzatish samolyotining ichida bo‘lgan),1945 yilning 9 avgust kunida Nagasakiga atom bombasini tashlagan B-29 “Bockscar” bomba tashuvchisining sardori bo‘lgan. Bombardimon qilinishi oqibatida 35 ming kishi atrofida odam halok bo‘lgan, ulardan 23200dan 28200tagachasi yapon sanoat ishchilari bo‘lgan, 2000 tasi ko‘rilgan koreyslar va 150tasi yapon kombatanlari bo‘lgan. Bu Suini nishonga tashlagan birinchi bomba edi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida va butun dunyoda ikkala sobiq uchuvchilarga nisbatan munosabatlar turlicha. Aksariyat odamlarda nafrat sezilib turadi: Suratning o'rtasidagi doiraning ichida taajub va g'azab ila atigi bir so'z yozilgan - "Qahramonlar?"  

U paytda mayor Suini atigi 25 yoshda bo‘lgan. Jangovar parvoz tinch okeanidagi Tinian orolidan amalga oshirilgan.

Golivvudning mashhur rejissyori Djeyms Kemeron yadroviy portlashda nima bo'lishini Terminator-2 filmida aniq va ravshan ko'rsata olgan. Bu lavhani yaratishdan avval film ijodkorlari  haqiqiy yadroviy portlash kinoxronikalarini sinchkovlik bilan o'rganib chiqqan.

Keyin Terminator - 2 filmida film qahramonlaridan biri - Sara Konnorning dahshatli tushida ko'rsatgan.

Xirosima va Nagasakidagi atom bombasining portlashlarida deyarli shunga o'xshash holat yuz bergan

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook