Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
"Yadroviy tahlika yo'q! Bugun tinch uxlayvering" - Bu so‘zlar butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Kastl Bravo

Kastl Bravo

Kastl Bravo (inglizcha: Castle Bravo) 

“Kastl Brávo” (inglizcha: Castle Bravo) — 1954 yilning 1 martida termoyadroviy portlatish moslamasini Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Marshall orollarining Bikini atollida sinovdan o‘tkazilishi. “Kastl Operasiyasi”(Operation Castle) yetti nafar sinov seriyalaridan birinchisi. Ushbu sinov jarayonida termoyadroviy yoqilg‘i sifatida deyterid litiy ishlatilgan ikki pog‘onali zaryad portlatilgan. Portlash paytidagi ajralib chiqqan quvvat 15 megatonnga yetgan. Bu AQSh o‘tkazgan barcha yadroviy sinovlar ichidagi eng kuchlisidir. Portlash atrof-muhitni o‘ta kuchli radiasion zaharlanishiga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida butun dunyo bo‘ylab noroziliklarning paydo bo‘lishiga hamda yadroviy qurolga nisbatan hozir bo‘lgan qarashlarning jiddiy tarzda qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelgan.

Portlatish

Portlatish 1954 yilning 1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:45da amalga oshirilgan.(Grinvich bo‘yicha soat 18:45da). Portlashning quvvati kutilganidan 2,5 barobarortiqroq bo‘lgan va 15 megantonnga teng kelgan. Undan 5 megantoni sintez reaksiyasidan va 10 megatoni termoyadroviy zaryadni o‘rab turgan uranqobig‘ining bo‘linishidan hosil bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda portlash moslamasi ikki pog‘onali emas, “bo‘linish-sintez-bo‘linish” tamoyiliga ko‘rauch pog‘onali bo‘lgan. Bunkerda hozir bo‘lgan kuzatuvchilar portlash effektini “bunkerni go‘yo to‘fon paytida dengizdagi kema kabi tebranishga majbur qilgan kuchli zilzila”ga o‘xshatib ta’rilagan.

Kutilgan quvvatdan oshib ketishning sababi shunda bo‘lganki, quvvat ajralib chiqishi paytida zaryadda hozir bo‘lgan boshqa litiyning o‘rni hisobga olinmagan.Dastlabda sintez reaksiyasi paytida faqat litiy-6 kirishadi, deb hisoblangan, biroq keyin aniqlanishicha litiy-7 ham reaksiyaga kirishib ketgan va portlashning shu darajadagi o‘ta baland quvvatga ega bo‘lishiga olib kelgan.

Qo‘ziqorinsimon bulut juda tez o‘ta yuqori balandlikka ko‘tarilib ketgan. Atigi bir daqiqa o‘tib uning cho‘qqisi 15 kilometrga yetgan, 6 daqiqadan keyin esa 40 kilometrgako‘tarilgan. Eng katta o‘lchamga u portlashdan keyin 8 daqiqa o‘tib erishgan.“Qo‘ziqorin qalpoqchasi”ning diametri 100 kilometr atrofida, “oyog‘i”ningqalinligi 7 kilometrga teng bo‘lgan. Portlashdan keiyn atoll va dengiz tubining qo‘shni hududlarida diametri 1,8 kilometrga teng ulkan voronka hosil bo‘lib qolgan. U suvga to‘lib Bikini attolining ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yuborgan. 

Portlashdan keyingi radiasion zaharlanish

“Kastl Bravo” sinovidan keyingi hududning radioaktiv zaharlanishi haddan ziyod baland bo‘lgan, chunki portlatish yuza stahidan amalga oshirilgan va bu o‘ta kuchli mo‘ljalga olingan radioaktivlikka olib kelgan. Amerika manbalarining ta’kidlashicha bu Amerika yadroviy faoliyatining butun tarixidagi eng kuchli radioaktiv zaharlanish bo‘lgan. Zaharlanishning mo‘ljalga olinganligida asosiy o‘rinni portlashning uchinchi pog‘onasi sifatida ishga tushgan termoyadroviy zaryad uran qobig‘ining bo‘linishi egallagan.

Portlashdan keyin atigi 15 daqiqa o‘tib Bikini atollidagi bunkerda bo‘lgan odamlar - kuchli radioaktivlik - soatiga 40 rentgenni ro'yxatga olgan. Ularni bunkerdan faqat oradan 11 soat vaqt o‘tganidan so‘ng olib chiqa olingan. Portlashdan keyin 5 soat o‘tib atolldan 55,5 kilometr uzoqlikda joylashgan kemalar ham tahminan soatiga 5 rentgen darajadagi zaharlanishga duchor bo‘lgan, shu tufayli ulardagi ekipaj a’zolari ichki xonalarda yashirinishga majbur bo‘lgan.

Radioaktiv zaharlanishga ayniqsa uzunligi 550 kilometrdan, kengligi 100 kilometrdan ortiq tuhumsimon cho‘ziq ko‘rinishga ega bo‘lgan (Farg‘ona vodiysidan ikki barobar kattaroq!) hudud uchragan. Sinov o‘tkaziganidan keyin 7,5 soat o‘tib portlashjoyidan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongerik atollida radiasion fonning ortib ketishi ro‘yxatga olingan. Ronegrikdagi zaharlanish shu darajaga yetganki, 2 mart kuni o‘sha yerda bo‘lgan 28 nafar Amerikalik harbiylar zudlik bilan samolyotda Kvadjeleyn atolliga ko‘chirilgan; shunga qaramay ularning hammasi nurlanishning o‘ta havfli dozasini qabul qilishga ulgurgan — 70 dan 100 rentgengacha.

Sinov hududidan hatto o‘nlab kilometrlar uzoqlikdagi radiasiyaning darajasi Nevadadagi yadroviy sinovlar poligonida o‘tkazilgan ko‘plab yadroviy sinovlar episentridan ko‘ra ancha balandroq bo‘lgan. Masalan, Bikini atollidan 192 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongelal atollining shimoliy kimsasiz qismida radiasiya darajasi soatiga 1000 rentgenga yetib borgan (soatiga 600 rentgen dozasi inson uchun halokatli hisoblanadi). Rongelal aholisidan 64 kishi va Ailinginae aholisidan18 kishi jiddiy nurlanishga duchor bo‘lgan (ular yashagan joyda radiasiya darajasi soatiga 100 rentgenga to‘g‘ri kelgan). Turli manbalardan olingan xabarlarga ko‘ra shamol odam yashaydigan orollar tarafiga qarab esishini bilsa ham Amerikalik harbiylar sinovlarni kechiktirib o‘tirmagan. Orollar aholisi sinov o‘tkazilishi va radioaktiv chang tushishi to‘g‘risida hatto ogohlantirilmagan ham.

Portlashlardan keyin Bikini atolkb butunlay o'zgarib ketgan

“Fukuryu-maru” bilan ro‘y bergan noxush hodisa

Portlashdan keyin hosil bo‘lgan bulutlardan pastga tushgan radioaktiv chang Bikinidan 170 kilometr uzoqlikda suzib yurgan “Fukuryu-Maru” baliqchililar kemasiga mahalliy vaqt bilan soat 07:55da yog‘a boshlagan. Kema palubasidagi chang qatlami 1 santimetrga yetgan. “Fukuryu-Maru” Yaponiyaga faqat 14-mart kuni yetib kelgan.Tutilgan baliq yuki o‘ta radioaktiv deb topilib, darhol olib qo‘yilgan. Har biri kamida 300 rentgenga teng doza bilan zaharlangan butun jamoaning barcha a’zolarida zaharlanish o‘ta kuchli nurlanish kasalini qo‘zg‘atgan. Ularning hammasi keyinchalik nogiron bo‘lib qolgan, kemaning radisti Aykiti Kuboyama esa yarim yil o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. “Fukuryu-Maru” bilan sodir bo‘lgan noxush hodisa va ayniqsa Aykiti Kuboyamaning o‘limi Yaponiya bilan birga butun dunyo bo‘yicha yadro quroliga, uning sinovlarini o‘tkazilishga qarshi ommaviy tarzdagi namoyishlar va boshqa e’tirozli chiqishlarga sabab bo‘lgan. Bu o‘z navbatida yadro portlashining oqibatlarini baholashni qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lgan, chunki bundan avval ularning havfi qay darajada ekanligiga yetarlicha e’tibor berilmagan.

Umuman aytganda, ushbu noxush hodisadan keiyn Yaponiyada radioaktivligi tufayli iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan 50 ming tonnaga yaqin baliq yo‘q qilingan.Bu ma’lumot butun Yaponiya bo‘ylab Ommaviy Axborot Vositalari orqali tarqatilgan va Iokogama, Kobe va boshqa port shaharlardagi baliq savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bekila boshlagan. Hatto deyarli bi oy o‘tgadan so‘ng, 27 mart kuni Yaponiyaga baliqchilar kemasi kelganida, undagi baliq ham radiasiya bilan zaharlangan deb topilgan. Portlash joyidan 1800 kilometr uzoqlikda joylashgan yapon mayoqlarining birida hizmat qiluvchilar radioaktiv yog‘in yog‘ib o‘tganidan keiyn quloqlari kar bo‘lib, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. 

Umuman,yapon sog‘liqni saqlash ministrligining ma’lumotlariga ko‘ra “Kastl Bravo”sinovi o‘tkazilganidan keyin 856 nafar yapon baliqchilik kemalari va ulardagi 20 mingdan ortiq odam turli darajadagi zaharlanishga duchor bo‘lgan.

Sinov natijalari

“Kastl Bravo”sinovi deyterid litiydan termoyadroviy yoqilg‘i sifatida foydalanishnin samaradorligini tasdiqlagan. Amerikaliklar o‘z vodorod qurolini ihchamlashtirish yo‘lida ancha sezilarli darajadagi taraqqiyotga erishgan.“Krevetka” portlatish moslamasi Amerika tomonidan yaratigan Mk 21 termoyadroviy aviasion bombaning yaratilishi uchun asos bo‘lib qolgan.

Shox-bomba yoki "Kuzyaning enasi"

Shox-bomba yoki "Kuzyaning enasi"

AN602 (“Shoh-bomba»)

AN 602 (“Shoh-bomba») — 1954-1961 yillarda Sovet Ittifoqida SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi Igor Kurchatov rahbarligidagi bir guruh yadro fiziklari tomonidan ishlab chiqilgan termoyadroviy aviasion bomba.

“Shoh-bomba” insoniyat tarihidagi eng kuchli portlovchi moslama. Uning sinovi 1961-yil 30 oktyabr kunida “Novaya Zemlya” orolidagi “Suxoy Nos” yadroviy poligonida Tu-95 B samolyotidan tashlab yuborish orqali amalga oshirilgan. O‘lchangan quvvattrotil ekvivalentida 58,6 megatonni tashkil etgan.

AN602 bombasi qo‘llanilishi bilan Sovet Ittifoqi tomonidan quvvati bo‘yicha cheklanmagan ommaviy qirg‘in quroliga ega ekanligi namoyish etilgan. Ilmiy natijasi ko‘p tabaqali turdagi termoyadroviy zaryadlarni hisoblash va yaratish tamoyillarining tajribaviy tekshirishi bo‘lgan.

Shoh-bomba an’anaviy yadroviy bomba emas edi. Bu SSSR olimlarining eng kuchli yadro qurollarini yaratish va shu bilan Nikita Xrushchev butun dunyoga Sovet texnologiyasining kuchini  ko‘rsatib qo‘yish istagini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan otashin urinishining natijasi bo‘ldi. U eng katta samolyotga moslashish uchun ham oddiy metall mahluqdan kattaroq bir narsa edi. U shaharlarni tag-tubi bilan tekkislab tashlashga qodir ultimativ qurol edi.

Tu-95 bu bahaybat bombani o‘zining qorin qismida olib ketgan. Bomba odatda bu kabi o‘q-dorilar tashilgan samolyotning bo‘linmasiga joylashtirish uchun juda kattalik qilgan. Bomba uzunligi 8 metr, diametri 2,6 metr bo‘lgan va og‘irligi 27 tonnadan ziyodroq bo‘lgan. Havo kemasining kapitani Andrey Durnovsev, shturman Ivan Klesh, bort injener Valentin Bruy, Olenya aerodromidan uchib chiqib Novaya Zemlya tomon uchgan.

Bomba portlashi oqibatlarini iloj qadar kamaytirish uchun yorqin oq rangga bo‘yalgan bu "Tupolev" samolyoti o‘z manziliga yetib bordi. Novaya zemlya- SSSRning muzlagan shimoliy qirg‘oqlaridan shimoliy qutb tarafda joylashgan, Barens dengizi ichidagi aholisini juda kam bo‘lgan arxipelag. Tu-95 uchuvchisi mayor Andrey Durnovsev samolyotni Mityushixadagi sovet poligoniga tahminan 10000 metr balandlikda olib ketgan. Kichikroq muvofiqlashtirilgan Tu-16 bombardimon samolyoti rejalashtirilayotgan portlatishni suratga tushirish va keyinchalik analiz qilish uchun portlash hududidan havo na’munalarini olishga tayyor holda yonma-yon uchib borgan.

Ikkala samolyot ham portlashdan keyin sog‘-omon qolish imkoniyatlari uchun  - bunday imkoniyatlarning mavjudligi 50 foizdan ko‘p emas edi - Shoh-bomba bir tonnaga teng bo‘lgan juda og‘ir parashyut bilan jihozlangan edi. Bomba asta-sekin oldindan belgilangan balandlikka - 3940 metrga tushgan paytda portlashi kerak edi. Shunda ikkala bomba tashuvchi samolyot u yerdan kamida 50 kilometrga uzoqlashib bo‘lgan, bu esa portlashdan omon qolish uchun yetarli bo‘lishi kerak edi.

Moskva vaqti bilan 11: 32da shoh-bomba portlatildi. Portlash ro‘y bergan joyda eni deyarli 10 kilometrga teng bo‘lgan olov shar paydo bo‘lgan. Olovli shar o‘z zarbali to‘lqinining a’siri ostida ko‘tarilib borar edi. Chaqnoqni hartarafdan, 1000 kilometrdan ortiqroq masofadan ham ko‘rish mumkin edi.

Portlash sodir bo‘lgan joyda qo‘ziqorinsimon bulut 68 kilometr balandlikda o‘sgan va“qalpoqcha”si u chekkasidan bu chekkasigacha 100 kilometr masofagacha kengayib ketgan. Albatta, bu tasvirlab berishga til ojizlik qiluvchi ko‘rinish bo‘lgan.

“Novaya Zemlya” uchun oqibatlan juda halokatli bo‘lgan. Portlash episentridan 55 kilometr masofadagi Severniy qishlog‘idagi bracha uylar yer bilan yakson bo‘lib ketgan. Portlash joyidan yuzlab kilometr uzoqlikdagi sovet hududlarida barchaturdagi shikastlanishlar sodir bo‘lganligi haqida ma’lumotlar berilgan - uylar buzilib, tomlar ko‘chirilib, oynalar sinib, eshiklar uchirilib ketgan. Radioaloqa bir soat davomida ishlamagan.

Durnovsev boshqaruvidagi Tu-95 samolyotining omadi bor ekan; Shoh-bombaning portlash to‘lqini shunga olib kelganki, samolyotni boshqarishning imkoniyati yo‘qolgan va uchuvchi uning ustidan nazorat qilish, boshqarish imkoni qayta tiklangunga qadar chamasi 1000 metr pastga qulab tushib ketgan.

Ushbu sinov oldiga qo‘yilgan asosiy siyosiy-tashviqot maqsadga to‘liq erishilgan edi. Sovet Ittifoqining cheksiz quvvatga ega bo‘lgan ommaviy qirg‘in qurolliga ega bo‘lishi aniq va ravshan namoyish qilingan edi. AQShda o‘sha vaqtda sinovidan o‘tgan yadroviy bombalar orasidagi eng kuchlisining trotil ekvivalenti AN602ga nisbatan deyarli to‘rt baravar kamroq bo‘lgan, bundan tashqari AN602 amerikada angarda portlatilgan bahaybat qurilmadan farqli o‘laroq bomba tashuvchi samolyotdan tashlanib portlatilgan edi.

Portlashdan hosil bo‘lgan olovli sharning diametri tahminan 4,6 kilometrga yetgan. Nazariy jihatdan u yerning yuzasiga ham yetib borishi mumkin bo‘lgan, biroq bunga portlashdan hosil bo‘lgandan keiyn yerga urilib qaytgan zarbali to‘lqin to‘sqinlik qilgan va ushbu ulkan olovli sharni yer yuzidan tepaga uloqtirib yuborgan.

Yorug‘lik nurlanishi portlash maydonidan 100 kilometr uzoqlikda turgan kishilarning badanlariga uchinchi darajali kuyishni yetkazishi mumkin bo‘lgan.

Yadroviy “qo‘ziqorin” 68 kilometr balanlikkacha o‘sgan, undagi ikki qavatli “qalpoqchasi”ning diametri (tepadagi qavatda) 95 kilometga yetgan.

Portlash natijasida vujudga kelgan atmosfera bosimining sezilarli darajadagi to‘lqini yer sharini uch marta aylanib chiqqan. Masalan, Yangi Zellandiyaning poytaxti Vellingtonda joylashgan stansiya 30 oktyabr kuni soat 21:57da shimoliy-g‘arbiy tomondan, 31 oktyabr kuni soat 07:17 da janubiy-shariiy tomondan va 1 noyabr kuni soat 9:16 da yana shimoliy-g‘arbiy tomondan o‘rtacha tezligi bir soniyada 303 metrga, yoki soatiga katta aylana yoyining 9,9 gradusiga  teng atmosfera bosimining to‘lqini yetib kelganini ro‘yxatga belgilab qo‘ygan.

Guvohlar portlashni uning markazidan deyarli bir yarim ming kilometr masofadan sezib uni ta’riflab bergan.

Portlashdan hosil bo‘lgan tovush to‘lqini portlatish joyidan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan Dikson oroligacha yetib borgan. Biroq, poligonga 280 kilometruzoqlikda joylashgan Amderma va Belushya guba qishloqlaridagi vayronagarchiliklar to‘g‘risida o‘sha paytda ham, undan keyin ham biror marta xabar berilmagan.

Atmosferaning ionizasiyasi poligondan bir necha yuz kilometr uzoqlikda ham 40 daqiqa davomida radioaloqa uchun shovqin, ayrim paytlarda esa uning mutlaqo yo‘qolib qolishiga sabab bo‘lgan.

Radioaktivzaharlanish episentr rayonidagi 2-3 kilometrdagi radiusda soatiga 1millirentgendan oshmagan. Sinovchilar episentrga portlashdan 2 soat o‘tgandankeyin kelgan. Radioaktiv zaharlanish sinov o‘tkazilishining ishtirokchilari uchun xavf-hatar tug‘dirmagan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook