просмотров
Qaytadan yaratilgan strukturaning asl maqsadini yashirish uchun AQShning harbiy-muxandislik qo‘shinlari tarkibida Manxetten muxandislik okurgi shakllantirilgan (Manhattan Engineering District), Grovs esa (o‘sha davrga qadar polkovnik unvonida bo‘lgan) brigada generali unvoniga ega bo‘lgan hamda ushbu okrug qumondoni etib tayinlangan. Uning ismi bilan bog‘liq holda butun loyiha o‘zining nomiga ega bo‘lgan.
1939-yilning avgust oyida fizik olimlar Leo Silard va Yudjin Vigner “Eyshteynning Ruzveltga maktubi”ni tayyorlagan. Unda Germaniya tomonidan yangi turdagi haddan tashqari katta quvvatga ega bo‘lgan bomba yaratish ehtimoli borligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Shu munosabat bilan maktub mualliflari AQShni uran rudasi zahiralarini to‘plashga, Enriko Fermi va zanjirli yadro reakisyalari sohasida mashg‘ul bo‘lgan boshqa olimlarning tadqiqotlarini mollyalashtirishga chaqirgan. Bu maktub Albert Eynshteyn tomonidan imzolangan va prezident Franklin Ruzveltga yetkazib berilgan. Ruzvelt maktubda ko‘tarilgan muammolarni tadqiq qilish uchun Standartlar Milliy Byurosidan Layman Briggsni Uran komitetining rahbari etib tayinlagan. 1939- yilning 21- oktyabr kunida Briggs tezkor yig‘ilish chaqirgan. Bu yig‘ilishda Leo Silard, Yudjin Vigner va Edvard Teller qatnashgan. Shu yilning Noyabr oyida komitet Ruzveltga urandan foydalanish shu paytgacha ma’lum bo‘lgan barcha narsalardan bir necha ming barobar kuchliroq vayron qiluvchi qurol yaratish imkonini berishi to‘g‘risida xabar bergan.
Briggs uranni, ayniqsa uran-235 izotopini va yaqindagina kashf etilgan plutoniyni tadqiq qilish uchun 167 000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i ajratishni taklif qilgan. 1941- yilning 28- iyunida Ruzvelt direktor lavozimida Venivar Bush boshchiligidagi Ilmiy tadqiqotlar va ishlar Byurosining yaratilishi to‘g‘risidagi 8807-sonli ijrochi buruqni imzolagan (Inglizcha: Office of Scientific Research and Development).
Robert Oppengeymer va general Lesli Grovs "Trinity" sinovi o'tkazilgandan keyin sinovgacha minora bo'lgan joyda. Shu portlashdan keyin Robert Opengeymer “Urush tugadi” degan. Ammo Lesli Grovs unga “Ha, lekin biz Yaponiyaga yana ikkita bomba tashlaganimizdan keyin” - deb javob bergan.
1939- yil iyunida Buyuk Britaniyadagi Birmingem universitetida Otto Frish va Rudolf Payerls uran-235 izotopining kritik vaznini inqilobiy tarzda tadqiq qilgan. Ularning hisoblari ko‘rsatishicha izotoppning vazni o‘rtacha 10 kilogrammga teng bo‘lishi kerak ekan.
1939- yilda boshlangan maxfiy loyihaga 1933 yilda Germaniyadan ko‘chib kelgan Frish, Bete, Silard, Fuks, Teller, Blox kabi ko‘p yirik olimlar, shuningdek Germaniya tomonidan bosib olingan Daniyadan olib chiqib ketilgan Nils Bor ham qo‘shilgan. Loyiha doirasida uning xodimlari xarbiy harakatlarning yevropa sahnasida nemis yadro dasturi to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni yig‘ib yurgan holda ishlagan. (“Alsos” Missiyasi).
1945- yilning yoziga kelib AQSh harbiy mahkamasi harakati uran-235 izotopi (uranbombasi), yoki plutoniy-239 izotopi (plutoniy bombasi) kabi bo‘linuvchi materiallardan foydalanishga asoslangan atom quroliga ega bo‘lgan.
Uran-235 asosida portlovchi moslamani yaratilishidagi eng muhim murakkablik uranning boyitilishida jamlangan - ya’ni zanjirli yadro reaksiyasini qo‘zg‘atish imkoniyatini vujudga keltirish uchun (tabiy va kam boyitilgan uranda uran-238 zanjirli reaksiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi) materialda uran-235 izotopi vazn ulushining ko‘tarilishida (tabiiy uranda asosiy izotop uran-238 hisoblanadi, uran-235 izotopining ulushi 0,7 foizga teng).
Plutoniy zaryadi uchun plutoniy-239 olish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uran-235ni olish bilan bog‘lik murakkabliklarga duch kelmagan, chunki bu holda uran-238 va maxsus yadro reaktoridan foydalanilgan.
Plutoniy-239 asosidagi (sinov davomida aynan imploziv turdagi plutoniy bombasi sinalgan) “Triniti” deb nomlangan yadro portlash moslamasining dastlabki sinovi 1945yilning 16 iyul kunida AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida o‘tkazilgan. Shu portlashdan keyin Robert Opengeymer “Urush tugadi” degan. Ammo Lesli Grovs unga “Ha, lekin biz Yaponiyaga yana ikkita bomba tashlaganimizdan keyin” - deb javob bergan.
Sovet Ittifoqida yadro quroli borasidagi ishlar bilan SSSR Ministrlar Kengashi qoshidagi Lavrentiy Beriya boshchiligidagi Maxsus komitet shug‘ullangan. Sovet Ittifoqida yadro qurolining dastlabki sinovi 1949 yilda, AQShdagi ilk yadro sinovi o‘tkazilganidan to‘rt yil keyin amalga oshirilgan.
Manxetten loyihasida ishtirok etganlar
1945- yil 16- iunida Los Alamosda qurol ishlab chiqarilgani uchun taqdirlash marosimi. Bu anjumanda Oppengeymer rahbarlik lavozimidan ketayotganligini ma’lum qilib hayrlashuv nutqini so‘zlagan.
1944- yilning iyunida Manxetten loyihasiga 129 mingga yaqin xodim, shu jumladan 84500tasi qurilish ishlariga jalb etilgan, 40500 nafari operatorlar va 1800 nafar harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Keyinchalik harbiy xizmatchilar soni 5600 kishiga yetgan. Loyihani amalga oshirishda hisoblovchi kishilar muhim o‘rin egallagan.
Loyihaga Rudolf Payerls, Otto Frish, Edvard Teller, Enriko Fermi, Nils Bor, Klaus Fuks, Leo Silard, Djon fon Neyman, Richard Feynman, Djozef Rotblat, Isidor Rabi, Stanislav Ulam, Robert Uilson, ViktorVayskopf, Gerbert York, Kennet Beynbridj, Semyuel Allison, Edvin Makmillan, Robert Oppengeymer, Djon Lourens, Georgiy Kistyakovskiy, Gans Bize, Ernest Lourens, Aleksandr Saks, Xans Bete, Shveber, Bush,Ekkers, Xalban, Simon, E. Vagner, Filipp Xauge Abelson, Djon Kokroft, Ernest Uolton, Robert Serber, Djon Kemeni, Albert Bartlett, Nik Metropolis, Djeyms Frank, Mirtl Bachelder kabi fiziklar va dunyoga tanilgan boshqaolimlarni jalb qilingan.
Manxetten loyihasi Buyuk Britaniya, Yevropa, Kanada, Amerika Qo‘shma Shtatlarida nolimlarni yagona halqaro jamoga birlashtirib masalani eng qisqa muddatlarda hal eta olgan. Biroq, Manxetten loyihasi AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik bilan birga hamroh bo‘lganligi kuzatilib kelgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya o‘zini ranjigan taraf deb hisoblagan, chunki undan chiqqan olimlarning bilimlaridan foydalangani ("Maud Komitii" komiteti), lekin natijalarni Buyuk Britaniya bilan bo‘lishmagani tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qattiq hafa bo‘lgan.
Manxetten loyixasi doirasida ishlab chiqarilgan "Kichkintoy" va "Baqaloq"
Uran bombasining ishlab chiqilishi
“Kichkintoy” (Little Boy) bombasi zambarak turidagi yadro zaryadi bo‘lgan. Zambarak sxemasining ishiga shubha bo‘lmagan. Shuning uchun ham poligonda uning sinovlari o‘tkazilmagan. “Kichkintoy” bombasi 1945- yilning 6- avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan.
Uran rudasi
Loyiha uchun asosiy xom ashyo reaktorlar uchun xom ashyo sifatida xizmat qilgan uran bo‘lgan. Uran rudasining eng boy manbai Afrikada, Kongo davlatining Shinkolobve koni hisoblangan, biroq u cho‘ktirilib, yopib tashlangan edi. Tabiy urannning 99,3 foizi uran-238 va 0,7 foizi uran-235dan tarkib topgan. Shunga qaramay, aynan uran-235 parchalanuvchidir. Kimyoviy identik uran-235 kenglroq tarqalgan izotopdan jismonan uzoqlashgan bo‘lishi kerak. Uranni boyitishning turli usullari ko‘rib chiqilgan. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunda Ok-Ridj Milliy kutubxonasida. Eng umid bag‘ishlagan tsentrifuga usulidan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchragan, biroq elektromagnit ajratish, gaz diffuziyasi va termodiffuziyadan loyihada muvaffaqiyat bilan foydalanilgan.
Plutoniy zaryadlari uchun plutoniy-239 hosil qilish bevosita uran-235ni hosil qilishdagi murakkabliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan, chunki plutoniy-239 hodisasida maxsus yadroviy reaktor va katta miqdorda mavjud bo‘lgan uran-238 ishlatiladi. 1944 yilning bahor va yozida plutoniy-239 o‘z-o‘zidan bo‘linish xususiyatida holi bo‘lmagan plutoniy-240 izotopining sezilarli darajadagi aralashmalariga ega bo‘lganligi aniqlandi. Shuning uchun, plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasi amalga oshirib bo‘lmasligi aniqlangan edi: plutoniy-240 yadro zaryadining unsurlari kritik massaga birlashtirilguniga qadar bo‘linish reaksiyasiga kiradi.
Plutoniyni ishlatishdan voz kechish mumkin emas edi, chunki 1945- yilning yozida ishlabchiqarilgan uran-235 faqat bitta bomba uchun, plutoniy-239 esa ko‘proqqa yetar edi. Plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasining o‘rniga plutoniy-240o‘z-o‘zidan parchalanish effektini oldini olish uchun portlash to‘lqini tomonidan yetarlicha tezlikbilan shakllantirgan plutoniyning kritik ko‘rsatkichdan baland vaznini siquvchi imploziv sxemasidan foydalanishga qaror qilingan edi.
Imploziv sxemasi eng yaxshi va eng ishonchli variantni tanlash uchun katta hajmdagi hisob-kitoblarni talab qilardi. Hisoblovchi odamlar (asosan ayollar) hisob-kitoblar hajmiga bas kela olmasliklari tufayli 1943- yilning oxirida IBM601 tabulyatorlariga buyurtmalar berilgan va ular 1944- yilning bahorida atigi 3 hafta ichida 6-oylik ish hajmini yakunlagan.
Tajribalar, testlar va hisob-kitoblar yo‘li bilan bir necha variantlar ichidan eng istiqbollisi deb Variant III (Mark III) tanlab olingan va guruh faqat ushbu variantning batafsil hisob-kitoblari bilan shug‘ullana boshlagan.
Plutoniy-239 va “Variant III” imploziv sxemasi asosidagi “Buyumcha” (Gadget) qobiqsiz yadroviy portlash moslamasi 1945 yilning 16 iyulida Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida “Triniti” sinovi paytida portlatilgan. Sinov shuni ko‘rsatganki, tanlab olingan “Variant III” imploziv sxemasi yaxshi ish bergan va yetarlicha mustahkam ekan.
“Baqaloq” (Fat Man) aviabombasining korpusiga joylashtirilgan ushbu moslamaning varianti 1945- yilning 9 avgustida Nagasaki ustidan tashlab yuborilgan.
Urush tugaganidan so‘ng
Manxetten loyihasi yagona maqsadni ko‘zlagan holda yaratilgan: 1945- yilning yoziga qadar atom bombasini yaratish. Harbiylar, olimlar va muxandislarning barcha sayi-harakatlari ishlaydigan atom qurolining yaratilishiga qaratilgan edi. Atom yadrosi va yadro energiyasi sohasidagi barcha hisob-kitoblar pirovard maqsad sari yetaklovchi aynan manna shu yo‘nalish bo‘ylab olib borilar edi. Ikkinchi darajali barcha boshqa tadqiqotlar va izlanishlar qat’iy muddatlar hamda inson va moddiy resurslarining yetishmasligi tufayli chetga surib qo‘yilar edi.
Manxetten loyihasi o‘zining yagona maqsadiga erishib bo‘lganligi tufayli, 1945- yilning sentyabrida Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng olimlar o‘zlarining avvalgi ilmiy ishlariga qaytish maqsadida Los-Alamosdan keta boshladilar. Los-Alamos laboratoriyasining ilmiy direktori lavozimidagi Robert Oppengeymerning o‘rniga kelgan Norris Bredberi yana bir yil davomida qolgan olimlarni termoyadroviy sintez va mavjud bo‘lgan atom bombalarini muvofiqlashtirish borasidagi nazariy masalalar bilan mashg‘ul etgan holda laboratoriya faoliyatini zo‘rg‘a ushlab turgan. Bu hol oliy siyosiy doiralarda atom qurolini nima qilish kerakligi, uning saqlanishi va ishlab chiqarilishini kim nazorat qilishi va buning hammasi qay tarzda moliyalashtirishi bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar davom etib kelgan edi.
Ishlab chiqarish va dastlabki sinov
Manxetten loyihasi o‘zining amalga oshirilishini 1943- yilning 17- sentyabrida boshlagan. Bu loyihaga juda ko‘p taniqli fizik olimlar jalb qilingan. Ularning ko‘pchiligi Yevropadan kelgan qochoqlardan tashkil topgan.
1945- yilning yoziga kelib Amerikaliklar 3 nafar bombani yaratishga erishgan. Ularning ikkitasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan, uchinchisi esa bundan sal avvalroq sinalgan. Xirosimaga tashlangan “Kichkintoy” - uran yadro bombasining qurilmasi juda oddiy va samarasi kamroq bo‘lsa ham mustahkam bo‘lgan. Amerikalik olimlar uning muvaffaqiyatiga zarracha ham shubha qilmagan. Plutoniyli “Baqaloq” ancha murakkabroq, ammo ancha samarali qurilmaga ega va albatta tekshirishdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. Shunday qilib, 1945- yilning 16-iyulida Nyu-Meksikoda Triniti (Uchlik) nomini olgan dunyoda birinichi marta atom bombasining sinovi o‘tkazilgan.
Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarining tashlanishi
Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarining tashlanishi AQSh Harbiy Havo Kuchlarining operatorlari tomonidan olingan suratlar
Сообщения из Facebook