просмотров
20 metrlik chuqurlik
Bu yerda mashhur Parij katakombalari joylashgan -Parij yaqinidagi yer osti tonnellari va sun'iy g'orlar tarmog'i. Turli manbalarga ko'ra, umumiy uzunligi 187 dan 300 kilometrgacha. 18-asrning oxiridan boshlab, deyarli olti million kishining qoldiqlari shu katakombalarda ko'milgan.
40 metrlik chuqurlik
Italiyadagi Terme Millepini mehmonxonasi sho'ng'ish ishqibozlari va g'avvoslar uchun mo’ljallab 40 metr chuqurlikdagi tonnelni qazishga qaror qilgan. Bu Y-40 basseynidir. Eng chuqur basseynlardan biri hisoblangan Y-40 havzasining qiziq joyi shundaki, u termal suv bilan to'ldirilgan va mukammal harorat 33 darajaga teng.
105.5 metrlik chuqurlik
Bu Kiyevdagi metropolitenning “Arsenalnaya”stantsiyasining chuqurligidir. U Svyatoshinsk-Brovariya liniyasida “Kreshatik” bilan “Dnepr” stantsiyalari oralig’ida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng chuqur metro stantsiyasi hisoblanadi.
122 metrlik chuqurlik
Bunday chuqurlikka daraxtning ildizlari kirib borishi mumkin. Eng chuqur ildizga ega daraxt - Janubiy Afrikadagi Ohrigstad yaqinidagi Echo parkida o'sadigan yovvoyi ficusdir. Uning ildizlari 122 metrdan chuqurroq.
230 metrlik chuqur
Eng chuqur daryo – Markaziy Afrikadagi Kongo daryosidir. Quyi oqimda Kongo chuqurligi 300 metrgacha bo’lgan Janubiy-Gvineya tog’ining darasidan o’ta turib, Livingston sharsharasini hosil qiladi, bu yerdagi chuqurlik 230 metrni tashkil etadi. Shuning uchun ham Kongo dunyodagi eng chuqur daryo hisoblanadi.
240 metrlik chuqur
Bu yaponiyadagi uzunligi 53.85 km ga teng keladigan Saykan nomli temir yo’l tonnelidir. Tonel taxminan 240 metr (dengiz sathidan100 metr past) chuqurlikkacha tushadi. Seikan - dunyodagi eng chuqur temir yo'l tonneli, uzunligi bo’yicha esa (Gotthard bazasi tonnelidan keyin) ikkinchi o’rinda turadi.
287 metrlik chuqur
Norvegiyaning More og Rumsdal provinsiyasida joylashgan Sturfjordning pastki qismida, Aiksund va Ryanes shaharlarini bog'laydigan Aiksund yo'l tonneli yanada chuqurroqdir. Uzunligi 7765 m bo'lgan tonnel dengiz sathidan 287 m chuqurlikka tushadi - bu dunyodagi eng chuqur tonnel. Yo'lning qiyaligi 9,6% ga yetadi.
382 metrlik chuqur
Woodingdean Angliyaning Sharqiy Sasseks shahrida joylashgan Brighton va Xovning sharqiy chekkasidir. Shunisi e'tiborga loyiqki, uning hududida 1858-1862 yillar oralig'ida qo'lda qazilgan dunyodagi eng chuqur quduq joylashgan.
603 metrlik chuqur
Julian Alplaridagi Vrtoglavitsa "Boshniaylantiruvchi g’ori”. U Sloveniyada, Italiya bilan chegaraga yaqin joydajoylashgan. G'orni 1996 yilda qo'shma Sloveniya-Italiya g’orshunos mutaxassislar guruhi ochgan. G'or dunyodagi eng chuqur karst qudug'iga ega, uning chuqurligi 603 metr. Agar siz bu teshikka tasodifan tushib ketsangiz, 11 soniyada tubiga uchib tushishingiz mumkin.
970 metrlik chuqur
Bu Yerdagi eng katta qazilgan teshik bo'lib, uning ostidan siz osmonni ko'ra olasiz. Yuta shtatidagi Bingham kanyoni karyeri dunyodagi eng katta texnogen (qazilgan) tuzilmalardan biridir. 100 yillik ishlab chiqarishdan so'ng, chuqurligi 970 metr va kengligi 4 km bo'lgan katta krater hosil bo'ldi. Bunday noyob kanyon 1966 yilda Milliy tarixiy yodgorlik sifatida qayd etilgan.
Bu karyerga dunyodagi eng baland bino hisoblangan, balandligi 828 metrni tashkil etadigan Burj-Halifa binosi bemalol sig’adi va hattoki 140 metr joy ham ortib qoladi.
2013 yil 10 aprel kuni ulkan bir yer bo’lagi bo’linib, Yuta shtatidagi sun'iy Bingham kanyoniga ag’darilib tushdi. 65-70 million kubometr yer bo’lagi shaxta devorlari bo’ylab urilib, soatiga 150 kilometr tezlikda tushib keldi. Hodisa shunchalik kuchliligidan yerni titratib yubordi –seysmik asboblar zilzilani qayd etdi, uning kuchi Rixter shkalasi bo’yicha 2,5 ballni tashkil etdi.
1642 metrlik chuqur
Baykal Yerdagi eng chuqur ko'ldir. Ko'lning maksimal chuqurligining hozirgi qiymati 1642 m.
1857 metrlik chuqur
Buyuk Kanyon dunyodagi eng chuqur kanyonlardan biridir. AQSH ning Arizona shtati Kolorado platosida joylashgan. Chuqurligi -1800 m dan ortiq.
2199 metrlik chuqur
Shunday qilib, biz dunyodagi eng chuqur g'orga yetib keldik. Bu Krubera g'ori (Crow) - dunyodagi 2 km dan chuqurroq bo'lgan yagona ma'lum g'or. G'orning asosiy kirish qismi dengiz sathidan 2250 m balandlikda joylashgan.
3132 metrlik chuqur
Bugungi kunda eng chuqur konlardan biri Yoxannesburgning janubi-g'arbida joylashgan Janubiy Afrikadagi Moab Xotsong konidir. Uning chuqurligi 3 kilometrdan sal oshiqroq. Uning tubiga liftda 4,5daqiqada yetib olish mumkin. Ammo biror kishi to’satdan tushib ketsa, konning tubiga 25 soniyada uchib tushadi.
3600 metrlik chuqur
Bunday chuqurlikda tirik organizm topilgan. Bundan taxminan yuz yil oldin, ingliz olimi Edvard Forbes 500 metrdan chuqurlikda hechqanday tirik mavjudot yo'qligini ta'kidlagan. Ammo 2011 yilda Janubiy Afrikaning oltin konlarida “Halicephalobus mephisto” nematod-qurti topilgan. 0,5 mm o’lchamdagi maxluqotlarning ikkinchi nomi – “do’zahdan chiqqan qurt”.
4500 metrlik chuqur
Dunyoning eng chuqur konlari Janubiy Afrikada joylashgan: Tau-Tona, Vaytvaterrand - chuqurligi 4500 m dan ortiq, G'arbiy chuqurlikdagi kon (3900 m (De Beers kompaniyasi), Mponeng - 3,800 m. Konchilarga o'ta og'ir sharoitlarda ishlashlariga to'g'ri keladi. Issiqlik 60 °C ga yetadi va bunday chuqurlikda doimo suvning yorib chiqishi va gazning portlash xavfi mavjud. Ushbu shaxtalarda oltin qazib olinadi. Bu yerga konchilar faqatgina 1 soatga tushadilar.
Ma’lumot o’rnida, dunyoda qazib olingan oltinning 25 foizidan 50 foizigacha Witwatersrand koniga to’g’ri keladi. Qazib olish ishlari dunyodagi eng chuqur "Tau-Tona" konida olib boriladi - uning chuqurligi 4,5 km dan oshadi, ishlov berish harorati 52 darajaga yetadi.
10994 metrlik chuqur
Mariana xandagi - Tinch okeanining g'arbidagi, Yer yuzidagi ma’lum bo’lgan eng chuqur okeanik xandaq.Uning nomi shu yaqin atrofdagi Marian orollari nomidan kelib chiqqan. Mariana xandaqining eng chuqur nuqtasi - Challenger Abyss. 2011 yildagi o'lchovlarga ko'ra, uning chuqurligi dengiz sathidan 10994 m pastda. Bu juda chuqur! Agar 8848 metr balandlikka ega bo’lgan Everest tog'ini bu yerga qo'yish mumkin bo'lganda edi, yana 2 km joy bo’sh qolar edi.
11 kilometr chuqurlikda suv bosimi 108,6 MPa ga yetadi, bu dengiz sathidagi normal atmosfera bosimidan taxminan 1072 baravar yuqori.
Ha Yer yuzida uzoq koinotdan ham kam o’rganilgan joylar bor – bu ummon tubidir. Dunyo ilmi uni astoydil o’rganishga hali kirishmagan.
12376 metr
Saxalin orolining yonida qazilgan Z-44 Chayvo qudug'i dunyodagi eng chuqur neft qudug'i hisoblanadi. Uning chuqurligi 13 kilometrni tashkil etadi va bu insoniyat qazishga qodir bo'lgan eng chuqur teshik hisoblanadi! Ammo buni haqiqatan ham chuqurlik, deb aytish mumkinmikan? Eslatibo’tamiz, Yer qobig’ining markazigacha bo’lgan o'rtacha masofa taxminan 6370 kmga teng.
Сообщения из Facebook