просмотров
Yotoqxona uchun interyer yaratishda har bir inson mebelni nafaqat zamonaviy va chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi, balki ko’p funksiyali, ichonchli va ekologik toza bo’lishini ham istaydi. Moda tez o'zgaradi, har yarim yilda yotoqxona mebelini o’zgartirishning esa imkoni yo’q. Odatda yotoqxona uslubi ko’p muddat uchun yaratiladi, ammo bu vaqt ichida siz yotoqxonangiz uslubini o’zgartirishni istashingiz mumkin. Shuning uchun mebel tanlash jarayonida iloji boricha har qanday uslubga mos tushadigan to’plam tanlashga harakat qiling. Yotoqxona mebelini tanlash jarayonida faqatgina uning tashqi ko’rinishi- hajmi va shakliga emas, ko’p funksiyali ekanligiga ham e’tibor bering. Yotoqxona uchun qulay va ixcham mebel karavot, karavotosti tumbasi, pardoz stoli va shkafdan iborat. Televizor, kompyuter va boshqa elektron texnika vositalari yotoqxonaga joylashtirilmagani ma’qul. Mebel do'koniga yo’l olishdan avval mebel hajmini to’gri tanlash uchun xonaning taxminiy o’lchamlarini olishga harakat qiling. Kichik xona uchun uni to’ldirib qo’yadigan darajada ulkan, katta xona uchun esa o’ta kichik karavot yoki shkaf tanlay ko’rmang.
Yotoqxona romantik ko’rinishga ega bo’lishi uchun karavotga alohida e’tibor qarating. Bu yerda u qanday materialdan tayyorlangani, shakli, hajmi, rangi ham alohida ahamiyatga ega. Agar yotoqxonangizda dumaloq shakldagi karavot joylashtishish imkoni bo’lsa juda yaxshi. Dumaloq karavot juda chiroyli va romantik ko’rinadi. Keng xonalar uchun podium ko’rinishidagi karavotlar mos keladi.
Karavotosti tumbasi karavot bilan uyg’unlashritilgan bo’lishi lozim, ammo ular mebelning alohida narsalari hisoblanadi. U imkoni boricha mebel uslubini to’ldirib turishi, ko’p funksiyali bo’lishi, mayda narsalar va tungichiroqni saqlashga mo’ljallanishi kerak.
Kichik yotoqxona uchun shkaf-kupelar tanlanganima’qul. Ular juda uzun, kam joy egallaydigan va o’z ichiga ko’p narsa sig’dira olishi lozim.
Turli narsalar va choyshablarni saqlash uchun yotoqxonaga komod joylashtirilgani ma’qul. U klassik garderobga qaraganda kam joy egallaydi, shu bilan birga yetarli darajada ko’p narsalarni sig’dira oladi. Uning ustiga oyna joylashtirilsa paardoz stoli vazifasini ham bajarishi mumkin.
Umuman olganda fen-shuy qoidalariga ko’ra yotoqxonada oyna bo’lmasligi lozim. Ammo oynasiz ayollar burchagini tasavvur qilish mumkinmi? Bu holatda qaytarma oynali pardoz stoli tanlashingiz, oynani karavotni aks ettirmaydigan holatda joylashtirishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook