Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yoz fasli hamisha intiqlik bilan kutiladi. Bolalarda yozgi kanikul boshlanadi, kattalar esa ishdan ta’tilga chiqadilar. G’animat yoz faslini foyda bilan o’tkazish va imkon qadar sayohatga chiqish zarur. Serquyosh O’zbekistonimizning sayohat qiladigan joylari va dam olish maskanlari serob. Biroq ba’zi odamlar yozgi ta’til vaqtida chet elga sayohat qilishni, dengiz bo’yida hordiq chiqarishni xohlaydilar.

Qadimiy ehromlar hamda unutyilmas Qizil dengiz mamlakati

Yozda Misrda zajirama issiq havo hukmronlik qiladi. Dengiz bo’yida bi issiqlik uncha bilinmaydi, ammo mamlakatning poytaxti bo’lmish Qohira shahri va sahroga borish qat’iyan man qilinadi! Bu yerda havo harorati 40°C dan oshadi. Bu paytda Luqsor yoki Asuanga borish haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Ehromlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun yoz mavsumi juda issiqlik qiladi!

Xurgada va Al G’ino kurortlari yoz faslida dam olish juda maroqli, yengilgina shabada esib turgani uchun issiq ham unchalik bilinmaydi (+32). Sharma  al Shayhda esa qilt etgan shabadayam bo’lmaydi, shuning uchun u yer biroz issiqroq (+40).

Mashhur kurortlar: Xurgada, Sharm al Shayh, Sfaga, Al G’ino, Dahab.

5.Ispaniya

5.Ispaniya

Ispaniya – flamenco raqsi, korrida va ajoyib sohilbo’yi plyajlari bilan mashhur bo’lgan mamlakatdir. Yoz fasli – Barselona yaqinidagi qirg’oqbo’yi yoki orollarda hordiq chiqarish uchun ajoyib davrdir. Cho’milish mavsumi bu yerda iyun oyida boshlanadi, iyul, avgust oylari esa mavsumning ayni avjiga chiqqan pallasi hisoblanadi. Yoz faslida havo harorati yuqori bo’lishiga qaramasdan dunyoning turli burchagidan sayyohlar oqimi bu yerga oqib keladi. Iyul oyida ko’pgina bayram va festivallar o’tkaziladi.

Avgust oyida Ispaniyaga bormagan ma’qul. Chunki bu oyda havo harorati juda isib ketadi hamda yomg’irlar tez-tez yog’adi. Buning ustiga mamlakatda ta’til mavsumi boshlanadi va mahalliy aholi sohilbo’yiga dam olishga oshiqadi. Bunday paytda esa plyajlar tiqilinch bo’lib ketadi!

Mashur kurortlari:                                                                                                                                    O’rta yer dengizi – Ibitsa oroli, Menorka oroli, Mayorka oroli.

Atlantika okeani – Kanar orollari.

Kontinental Ispaniya – Kosta Brava, Kosta Dorada, Kosta del Sol, San Sebastyan va boshqalar.

6.Italiya

6.Italiya

Italiya – bu nafaqat lazzatli pitsa va plyajlari, balki ko’p asrli tarixga ega madaniyat va qadimiy arxitektura obidalari bilan dong taratgan mamlakatdir. Butun Yevropa sivilizatsiyasiga aynan shu yerda asos solingan! Bugungi kunda ushbu ajoyib mamlakatning Venetsiya, Rim, Florentsiya, Liguriya kabi mintaqalari butun dunyodan sayohatchilarni o’ziga jalb etib, chorlab turibdi. Yoz fasli dengiz bo’yida hordiq chiqarish uchun ajoyib davr hisoblanadi, shahar ichida ekskursiya qilish uchun esa issiqlik qiladi. Iyun oyi plyajda dam olish uchun eng qulay vaqtdir. Suv ham, havo ham anchagina isib olgan bo’ladi, sayyohlar oqimi esa hali yetib kelmagan bo’ladi. Iyul oyida jazirama issiq, havo esa dim bo’ladi, narx-navolar ham ancha qimmatlashgan bo’ladi. Birgina Milanda chegirmalar mavsumi boshlangan bo’ladi.

Avgust oyida Italiyaga sayohat qilish tavsiya etilmayDI. Chunki italiyaliklarda ham ta’til mavsumi boshlanib, bu vaqtni ular ham dengiz bo’yidagi plyajlarda o’tkazadilar, shuning uchun plyajlarda odam juda gavjum bo’ladi.

Mashhur kurortlari:Amalfi, Rimini, Kapri oroli, Sorrento, Liguriya, Latsio, Sardiniya oroli, Sitsiliya va boshqalar.

7. Indoneziya

7. Indoneziya

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook