просмотров
Indineziya – qarama-qarshiliklar, vulqonlar va minglab mayda orollar mamlakati! Bu yerning iqlimi issiq, tropic. Yoz fasli kelishi bilanoq haqiqiy dam olish mavsumi boshlanadi. Quyoshli havo hukmronlik qiladi, havo quru q, biroq juda ham qizdirib yubormaydi. Yoz fasli vulqonlarni tomosha qilish uchun ajoyib palladir. Yozda yomg’irlar deyarli bo’lmaydi, iyul-avgust oylari esa Avstraliyada ta’til mavsumi bo’lgani uchun turistlar bilan to’lib ketadi. Bu davrda yo’llanmalarning bahosi oshib ketadi. Balidagi mehmonxonalarni ham oldindan bron qilib qo’yish kerak.
Mashur kurortlar: Bali, Lombok, Gili oroli, Nusa, Lembongan, Mentavay orollari, Flores oroli, Sumatra oroli, Borneo oroli va boshqalar.
8. Kipr
Bu orol uchta kontinentda joylasjgan bo’lib, turistlarning sevimli joyi hisoblanadi. Yozda bu yer juda issiq, biroq past darajadagi namlik sababli odamlar uni yengil ko’tara oladilar. Dam olish uchun eng qulay davr – iyun oyidir. Iyul oyi esa eng issiq palla bo’lishiga qaramasdan mavsumning eng cho’qqiga chiqqan paytidir. Bu davrda ekskurisiyaga qilish sal qiyinrogu, ammo tog’larga chiqish uchunh ajoyib palladir. Avgust oyida issiqlik bir muncha pasayishni boshlaydi, dam oilsh uchun shu vaqt anchayin qulayroqdir.
Mashhur kurortlar – Aya-Napa, Protaras, Pafos, Larnaka, Limmasol
9. Qrim va Krasnodar o’lkasi
Sochi, Anapa, Yalta, Sevastopol – bu nomlar bizga yoshligimizdan beri juda tanish!
VBiroq bu yerda dam olishning bir necha kamchiliklari bor! Birinchidan, Rossiyada bahor ham qishdek o’tishi mumkin, shuning uchun yoz fasli qanday kelishi noma’lum. Ikkinchidan, servis (sayyohlarga xizmat ko’rsatish) darajasi past bo’lishiga qaramasdan, narxlar ancha qimmat!.
Iyun oyida suv hali ilib ulgurmagan, odamlar ham ko’p bo’lmaydi, narx-navo ham ko’tarilmagan bo’ladi. Iyul oyida esa yuqori mavsum boshlanadi. Sayyohlar soni bilan birga narx-navo ham oshib boraveradi. Mavsumninbg eng avj pallasi avgust oyiga to’g’ri keladi, bu davrga kelib narx-navo eng yuqori cho’qqiga yetib boradi, plyajlarda esa oyoq qo’yishga joy topilmaydi.
Mashhur kurortlar: Anapa, Sochi, Adler, Kerch, Feodosiya, Sudak, Alushta, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya va boshqalar.
Сообщения из Facebook