Mana yangi o’quv yili ham boshlandi. O’quvchilar yana maktablariga qaytib matematika, kimyo, fizika, adabiyot va boshqa fanlarni o’rganadi… Biroq, ba’zi maktablarda, oddiy fanlardan tashqari majburiy dasturga ajoyib fanlar ham kiritilgan, bu fanlar bizning o’quvchilarda hayrat va havasni uyg’otadi.
Yaponiya: Tabiatdan zavqlanish
Yaponiyaning bir necha maktablarida juda ajoyib fan - ”Tabiatdan zavqlanish” fani mavjud. Uning maqsadi – o’quvchilarni atrof muhitning go’zalligini qadrlashga o’rgatish, chunki butun dunyoviy kompyuterizatsiyadan zamonaviy bolalar tabiatga e’tibor bermaydi. Dars vaqtida o’quvchilar flora va faunani o’zaro bog’liqligini o’rganadi. Ushbu o’rganishlarni o’qituvchilar baholaydi, yil oxirida esa xattoki imtihonlar ham mavjud.
Germaniya: Baxt darslari
Ushbu noodatiy fan Germaniyaning hamma maktablarida ham kiritilmagan, biroq Geydelberg shahridagi maktabda, ushbu darsni maktab direktorining o’zi olib boradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi – o’zi bilan garmoniyada yashash, yurakka quloq solish va shunchaki baxtli bo’lish. Ushbu fandan imtihon yo’q, lekin yilning oxirida har bir o’quvchi o’z loyihasini hayotga tadbiq etishi lozim: “yaxshilik” haqida rolik olishi yoki xayriya ishlari bilan shug’ullanishi kerak.
Isroil: Kiberurushlar nazariyasi va amaliyoti
Isroilning bazi maktablarida g’ayrioddiy fan kiritilgan – “Kiberxavfsizlik”. Bunga mamlakatdagi bolalarning qattiq kiberqaramligi sabab bo’ldi, bu haqida nafaqat ota-onalar balki shifokorlar ham gapira boshladi. Nazariy darslarda va amaliyotlarda o’quvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda o’zini qanday tutishni, kommentariyalarga qanday javob qaytarishni o’rgatishadi. Bundan tashqari darsning ko’p qismi kompyuter o’yinlariga qaramlik va u bilan qanday kurashishni o’rgatishga qaratilgan.
Boshqirdiston: Asalarichilik
Boshqirdistonda yuzlab maktablarning o’z asalarilari bor. Asalarichilik darslarida bolalarga arilarni boqishni, asal yig’ishni va shu bilan bog’liq ko’p narsalarni o’rgatiladi. Gap shundaki, Boshqirdiston asal ishlab chiqarish bo’yicha eng oldi mamlakatlardan hisoblanadi. Ushbu mansabni yo’qotmaslik uchun, maktablarda bunday ajoyib fan kiritilgan.
Avstraliya: Serfing darslari
Ushbu yashil mamlakat aholisini dunyodagi eng yaxshi serferlar deb atash mumkin. Ushbu mansabni saqlab qolish uchun Avstraliyaning barcha maktablarida serfing darslari kiritilgan. Mamlakat hukumati hech qanday turist aholidan yaxshiroq serfing uchmasligi uchun qo’lidan kelgan barcha sharoitni yaratgan.
Armaniston: Milliy raqslar
Armaniston hukumati yosh avlod o’z mamlakati an’analarini unutmasligi uchun barcha choralarni ko’radi. Aynan shu sababdan maktablarda maxsus kurs – milliy raqslar kiritilgan. O’quvchilarni nafaqat xareografiyaga, balki milliy raqs tarixiga ham o’rgatishadi. Ushbu darsga qatnashmalikning iloji yo’q: yil oxirida o’quvchilar imtihon topshiradi. Ushbu fandan qoniqarli baho ololmasa, o’quvchi bir sinfda ikkinchi yilga qoladi.
AQSh: Ilmiy kashfiyotlar
Barcha Amerika maktablarida ajoyib fan “Ilmiy kashfiyotlar” o’rgatiladi. Uning maqsadi – yosh ixtirochilar potensialini uyg’otish. Nazariy kurslardan keyin, o’quvchilarga yangi narsa yaratish vazifasi topshiriladi. Uni bajarish uchun o’quvchilarga bir yil beriladi. Kurs oxirida o’quvchilar o’z ixtirolarini namoyish qilishadi, uning aktualligini muhokama qilishadi va baho olishadi.
Rossiya: Moliyaviy savodxonlik darslari
Bir necha rus maktablarida qiziqarli fan “Moliyaviy savodxonlik” kiritilgan. Darslarda bolalarni pulni to’g’ri sarflashga va oilaviy budjetni rejalashtirishga o’rgatishadi. Darslarda yana moliyaviy ayyorliklarning jabrlanuvchisiga aylanib qolmaslikni ham o’rgatishadi. Dars uchun materiallar RF Moliya Vazirligi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Hozircha ushbu fan fakultativ sifatida kiritilgan, biroq yaqin orada bu fan majburiy bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Bolalar har doim ham darslardan qochmaydi. Agar fanlar qiziq bo’lsa, ular qunt bilan o’rganadi.
Сообщения из Facebook