Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ko’pgina ziravorlar qadimdan ma’lum bo’lib kelgan. Ular asosan Hindiston, Xitoy va Indoneziya kabi Sharq mamlakatlarida yetishtirilar va turli xil maqsadlarda foydalanilar edi. Asta-sekin ular Yevropaga ham kirib kelgan. Bu yerda ziravorlar qimmatbaho mahsulot hisoblanib, bahosi oltin bilan barobar edi.

Yevropaliklarning “oltinga teng” Sharq ziravorlarining plantatsiyasini topish istagi Hind okeanida yangi dengiz yo'lining ochilishiga, Yangi dunyo va boshqa noma'lum yerlarning kashf etilishiga va dunyo bo'ylab birinchi sayohatning amalga oshirilishiga sabab bo'ldi. 

Taxminan 5 ming yil davomida Sharq va G'arb o'rtasidagi savdo-sotiq bilan arablar shug’ullanar edi, ular mahsulotlarni tuya karvonalri orqali olib o’tar edilar. Bu juda xavfli edi, chunki ziravorlar ortilgan karvonlar ko'pincha hujumga uchrar edi.

Yevropaliklar tanishgan birinchi ziravorlar qalampir va doljin edi, keyin ularning turlari sezilarli darajada oshdi. Eng qimmatlari qalampir, za'faron va doljin hisoblanar edi.

Zafaron

Zafaron

Bir kg za'faron yetishtirish uchun 200 mingga yaqin gulni qayta ishlash kerak. Ushbu muolaja juda mashaqqatli va ko'p vaqtni talab etadi - har bir guldan ehtiyotkorlik bilan yorqin olovrang tusdagi pupukchalari terib olinadi va keyin to'plangan materiallar quritiladi.

Koritsa (dolchin)

Koritsa (dolchin)

Arablar ziravorlar o’sadigan joylar ilonlar to’dasi yoki ulkan qushlar tomonidan qo’riqlanishi haqida afsonalar yaratib, bu bilan o’zalrining savdo nuqtalariga olib boriladigan yo’llarni har qanaqasiga bo’lsa ham berkitar edilar. Hehc kimda bu joylarga borish istagi tug’ilmasligi maqsadida shunday yo’l tutilgan.XI asrning o’rtalarida arab savdo markazi bo’lgan Bag’dod shahri turklar tomonidan bosib olindi.

13-asr oxirida Venetsiyalik savdogar Marko Polo 24 yil davomida Xitoy va Hindistonga sayohat qilib, o'zining sayohat kundaligini nashr etdi. Unda u arablar tomonidan yaratilgan afsonalarning uydirma ekanligini bayon etib, u duch kelgan yerlarda turli xil ziravorlar bemalol o’sib yotganligini tasvirlab berdi.

Sharq bilan G’arb o’rtasida savdo avjiga chiqqan bir paytda Yevropani “hind bezgagi” qamrab oldi.

XIV asrda Rim papasi katoliklarga musulmonlar bilan savdo qilishni taqiqladi, buning oqibatida savdo-sotiq keskin tushib ketdi.

Venetsiya aholisi papadan savdoni davom ettirish uchun ruhsat olishga muvaffaq bo'ldi va buni odamlarni davolash uchun ziravorlar zarur ekanligi bilan asoslashdi. Ular ziravorlarning bir qismini Usmoniylar imperiyasidan sotib olishar, yana bir qismini esa to'g'ridan-to'g'ri Hindistondan olib kelishar edi.

Venetsiyaliklar o’zlarining qo’lga kiritgan huquqlaridan foydalangan holda ziravorlarning narxini keskin oshirdilar. Ushbu savdo tufayli o'sha yillarda Venetsiya gullab-yashnadi va Yevropaning eng boy shaharidan biriga aylandi. Portugaliya bilan Ispaniya esa qo’shni davlatning boyligiga havas bilan qarar edi.

1453 yilda Usmoniylar imperiyasi ziravorlar savdosining asosiy yo'lini to'sib qo'ydi, bu yevropaliklarni Hindistonga yangi dengiz yo'llarini izlashga majbur qildi.

Xristafor Kolumb ekspeditsiyasi

1492 yilda Sharqiy Hindiston sohillariga suzib borish umidida Xristafor Kolumb Yevropaning g'arbiy qismiga yo'l oldi.

"Men oltin va ziravorlar topiladigan joyga yetib borishga harakat qilaman", deb yozgan u o'z kundaligida.

Biroq, u "omadsizlikka uchragan" va umuman Hindistonga emas, balki noma'lum bir qit'aga kelib qolganligi ma'lum bo'ldi. Shunday qilib, afsonaviy Kolumb Amerikani kashf etdi. Tasalli sifatida u o’sha yerda o'sgan bir nechta yangi ziravorlarni - chili qalampiri, xushbo’y murch va vanilni olib keldi.

Vasko de Gama ekspeditsiyasi

1497 yilda Vasko de Gama ekspeditsiyasi Portugaliyadan Hindiston qirg'oqlariga qarab jo'nadi. Ular noma'lum yo'l bilan Afrikaning janubidagi “Yaxshi umid tog'i”ni aylanib suzib, Hindistonga yetib keldilar. U yerdan qimmatbaho yuk – qora murch, muskat yong'og'i, chinnigullar, doljin, zanjabilni yuklab olib, dengizchilar 2 yildan keyin uyga qaytib kelishdi, ammo 170 dengizchidan faqat 44tasi tirik qoldi, qolganlari asosan tsinga kasalligidan vafot etdi. 3 yildan so'ng, Vasko de Gama Hindistonga yana bir katta ekspeditsiyani uyushtirdi va u ham muvaffaqiyatli yakunlandi, bu safar 2000 tonna ziravorlarni olib keldi.

Fernan Magellan ekspeditsiyasi

Qisqa yo'lni topishga harakat qilgan ispanlar 1522 yilda ekspeditsiyani jihozlashdi. Besh kemadan iborat Fernan Magellan flotiliyasi Hindistonga jo'nadi. Kapitanning o'zi Filippin orollarida u tomonidan kashf etilgan mahalliy aholi tomonidan o'ldirilgan bo'lsa ham, flotiliyaning kemalaridan biri "ziravorlar yurtiga", ya'ni Molukalarga suzib borishga muvaffaq bo'ldi. 3 yil o'tgach, deyarli vayron bo'lgan yelkanli kema 24 tonna qimmatbaho yuk bilan vataniga qaytib keldi.

Portugaliyaliklar hamda ispaniyaliklar Hindistonga yo’l ochganlaridan keyin u yerdagi ziravorli plantatsiyalarni tortib ola boshladilar. 

Huddi shu payt Yevropada esa ziravorlar bilan bog’liq bo’lgan fitnalar avjiga chiqqan edi. Masalan, ispaniyaliklar vanil haqida birinchilardan bo’lib xabar topdilar, lekin u haqda hech kimga og’iz ochmadilar. Ular bu sirni inglizlardan naq uch asr pinhon saqlab keldilar. 

Inglizlar ham o’z navbatida Yamayka qalampiri haqida hech kimga aytmadilar.

Vaqt o’tgan sayin ziravorlar savdosiga yakkahukmdorlik qilish qiyin bo’lib qoldi, savdoga Gollandiya, Angliya, Frantsiya kabi boshqa kollonial mamlakatlar ham aralasha boshladilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook