2019 yilda farzandli bo’lgan yulduzlar
O’tayotgan yil har birimizning hayotimizda o’ziga yarasha iz qoldirib o’tdi. E’tiboringizga 2019 yilda farzandli bo’lgan yulduzlar haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Dilso’z va Farrux Raimov

Dilso’z va Farrux Raimov

2019 yilning 14 yanvar kuni xonandalar Dilso’z va Farrux Raimov xonadonida o’g’il farzand dunyoga keldi. Bu ularning uchinchi farzandlari bo’lib, chaqaloqqa Muhammadsaloh deb ism qo’ydilar. Farrux va Dilso‘z 2015 yilning oktyabr oyida qiz farzandli bo’lib, unga Dilso’z, deb ism qo’yishgan. 2017 yilning sentyabr oyida yana qiz farzand ko’rgan edilar.

Shohruh “Ummon”

Shohruh “Ummon”

2019 yilning fevral oyida “Ummon” guruhining a’zosi Shohruh ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar bo’ldi. Eslatib o’tamiz, xonanda 2016 yilning avgust oyida turmush qurgan va 2017 yilning oktyabrida ilk marotaba otalik baxtiga erishgan edi.

Umidaxon

Umidaxon

2019 yil 4 aprel kuni Nilufar Usmonovaning ma’muri Jamshid Bobojonov va xonanda Umidaxon xonadonida o’g’il farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Muhammad deb ism qo’yishdi.

Aktrisa Saida Saidbekova

Aktrisa Saida Saidbekova

2019 aprel oyining boshida aktrisa Saida Saidbekova ikkinchi marotaba qiz farzandli bo’ldi.

Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov

Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov

2019 yil 4 iyun kuni aktrisa Sevara Soliyaeva va xonanda Ma’mur Sultonovlar oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Umar, deb ism qo’yildi. Bu juftlikning birinchi o’g’illarining ismi Sultonbek, u 4 yoshda.

Shahlo Zoirova

Shahlo Zoirova

2019 yil 7 iyun kuni ‘Bravo” guruhining a’zosi Shahloxon yana bir bor onalik baxtiga muyassar bo’ldi. Shahloning bir o’g’il va bir qiz farzandi bor edi, bu uning uchunchi farzandi.

Kamola Oripova

Kamola Oripova

Marhum Mo’min Oripovning bevasi Kamola Oripova 2019 yilning avgust oyida qiz farzandlik bo’ldi. Kamola 2 yil avval turmushga chiqqan edi. Chaqaloqqa Bibi Maryam, deb ism qo’yildi. Eslatib o’tamiz, Kamolaning Mo’min Oripovdan ko’rgan Bilolbek ismli o’g’li bor.

Tatyana va Sarvar

Tatyana va Sarvar

2019 yil 25 avgust kuni “Sharq” guruhining a’zolari Tatyana va Sarvar qiz farzandli bo’ldilar. Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurgan. 2016 yilda o’g’il farzandlik bo’lishgan edi.

Muhammad Ali Navro’zov

Muhammad Ali Navro’zov

2019 yil 16 sentyabr kuni Muhammad Ali Navro’zov ikkinchi marotaba ota bo’ldi. Chaqaloqqa Madina deb ism qo’ydilar. Aktyor 2018 yil may oyida og’il farzad ko’rgan va unga o’zi kabi Muhammad Ali deb ism qo’ygan.

Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov

Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov

2019 yilning dekabr oyida aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva va aktyor Yigitali Mamajonov oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Xadicha deb ism berildi. Eslatib o’tamiz, bu juftlik bir yil avval o’gil farzand ko’rgan va unga Abubakr deb ism qo’ygan edi. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations