Insonning ruhiyati dunyodagi eng katta topishmoqlaridan biri bo’lib kelmoqda.
Tadqiqotchilar insonning psixologik xususiyatlari haqida ko’pgina qiziqarli faktlarni bilib olgan, va hatto ba’zi qoidalardan kelib chiqib, bizning harakatlarimizni bashorat qila oladigan bo’lsalarda, hali ko’p narsa nomalum bo’lib qolmoqda.
Sizning xotiralaringiz qanchalik xatoligini, odatlaringiz qanchalik tez tuzilishi yoki orttira oladigan do’stlaringizning sonini bilasizmi?
Mana shu va boshqa psixolohik omillar o’z-o’zingizni yaxshiroq bilib olishingizga yordam beradi.
1. Siz “e’tiborsizlik ko’rligi” dan azob chekasiz
“Ko’rinmas gorilla” tajribasi haqida eshitmagan bo’lsangiz kerak. Bu tajriba olib borilayotgan vaqtda jarayon videoga olingan. Ushbu videoda oq koftali odamlar necha marta bir birlariga to’pni tashlaganlarini sanash kerak bo’ladi. Bu “e’tiborsizlik ko’rligi” deb nomlanuvchi jarayondir. Fikr shundaki, biz biror vazifaga butun e’tiborimizni berganimizda, ko’pincha deyarli “burnimiz tagida” sodir bo’layotgan narsalarni ko’rmay qolamiz. Ushbu tajribada gorilla kiyimidagi inson o’yinchilar guruhi orasida o’tadi, to’xtaydi va qaytib ketadi. To’p otarishlarni sanash bilan ovora ishtirokchilar ko’pincha gorillani shunchalik ko’rishmaydi. Bundan tashqari, gorilla chiqishi haqida biladigan odamlaryanada e’tiborsiz bo’lishadi va boshqa o’zgarishlarni sezmay qolishadi (masalan, pardalar rangining o’zgarishi, bir qizning ketishi).
2. Siz bir vaqtda atigi 3-4 ta elementni eslab qolishingiz mumkin
“Sehrli 7 soni plyus minus 2” qoidasi bor, va unga asosan odam bir vaqtning o’zida 5-9 blok ma’lumotdan ortig’ini eslab qololmas ekan. Qisqa vaqtli xotirada ma’lumotning ko’pgina qismi 20-30 soniyaga eslab qolinadi, va so’ng biz uni darhol unutamiz, agar qayta-qayta takrorlamasak, albatta. Ba’zi odamlar xotirada 7 sonni qisqa vaqt ichida saqlab qolsalarda, bizning barchamizga miyamizda 10 ta sonni saqlab qolish qiyindir.
Oxirgi tadqiqotlar ko’rsatishicha, biz bir vaqtning o’zida undanda kamroq: 3-4 blok ma’lumotni saqlashimiz mumkin. Biz qabul qilgan ma’lumotlarni guruhlashga harakat qilsakda? Bizning qisqa vaqtli xotiramiz cheklangan bo’lib qoladi. Shu misolda telefon raqami biz uni tezroq eslab qolishimiz uchun bir necha qaramlar guruhiga bo’lingan.
3. Biz qizil va ko’k ranglar birikmasini yomon qabul qilamiz
Bu ranglar ko’pgina milliy bayroqlarda ishlatilsada, qizil va ko’k ranglar bir biriga yaqin turganida bizning ko’zlarimiz buni og’ir qabul qiladi.
Bu ba’zi ranglar “ustun turishi” va boshqasi yo’qolib qolishiga olib keluvchi “xromostereopsis” nomli ta’sir oqibatida sodir bo’ladi. Bu ko’zlarning qizishini va charchashini keltirib chiqaradi. Ko’pincha bu ta’sir qizil va ko’k hamda qizil va yashil ranglar birikishida yuzaga keladi.
4. Siz narsalarni bir turda ko’rasiz, va boshqa turda qabul qilasiz.
Kembridj universiteti tadqiqotiga binoan, “szdo’a hlfarar tabitri qnaady tihusri miuhm eams. Eng mumhii, bnircihi va ogirxi haflrar o’z jdyoia trihusi lziom”.
Hatto barcha qolgan harflar aralashtirilgan bo’lsa ham, siz gapni o’qib olishingiz mumkin. Buning sababi shundaki, inson inson miyasi har bir harfni o’qimaydi, u so’zni butunligicha o’qiydi. U sezgi organlaridan oladigan ma’lumotlarni doimiy ravishda o’rganib chiqadi, va siz ma’lumotni (so’zlarni) qanday qabul qilishingiz, qoida bo’yicha, siz ko’radigan (aralash harflar) dan farq qiladi.
5. Siz chuqur e’tiboringizning atigi 10 daqiqa ichida saqlab turishga qodirsiz
Hatto majlisda o’tirgan bo’lsangiz ham, mavzu sizni qiziqtirsa ham va odam uni qiziqarli tarzda aytib berayotgan bo’lsada, siz unga eng ko’pi bilan 7-10 daqiqa ichida e’tibor qaratasiz. Bundan so’ng e’tiboringiz susayoshni boshlaydi va keyinchalik e’tiborni saqlab turish uchun siz tanaffus qilishingiz lozim bo’ladi.
6. Rohatlanishni chetga surish qobiliyati bolalikdan paydo bo’ladi
Sizning o’z xohishlaringizni o’sha zahotiyoq orqaga surish qobiliyatingiz bolalikdan shakllanadi. Bolaligidan xohishlarini orqaga surgan insonlar, maktabda yaxshi o’qishgan, va stress hamda ko’ngil so’nishi bilan yaxshi kurasha olishgan.
7. Biz vaqtning 30% da orzularga berilamiz
Osmonda parvoz qilishni yoqtirasizmi? Ruhshunoslarga ko’ra, biz hammamiz kamida 30% vaqtimizda orzularga berilamiz. Ba’zilar esa bundan ham ko’proq vaqtni bu mashg’ulotga ajratishadi, va bu doim ham yomon emas. Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, orzu qilishni sevadigan odamlar, qoida bo’yicha, ancha o’ychan va turlicha muammolarni yengilroq hal qilishadi.
8. Odat 66 kun ichida shakllanadi
U yoki bu harakatlar qanchalik tez bizning odatlarimizga aylanishini o’rganayotgan olimlar, bu uchun bizga o’rtacha 66 kun kerakligini aniqlashdi.
Biz ega bo’lmoqchi bo’lgan odat qanchalik qiyin bo’lsa, unga ega bo’lish uchun shunchalik ko’p vaqt kerak bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy mashqlarni bajarish odati avtomatik bo’lib qolishi uchun, tushlikka meva yeyish odatini singdiruvchilarga sarflanadigan vaqtga nisbatan1,5 barobar ko’proq vaqt sarflanadi. Hatto siz bir yoki ikki kunni tashlab o’tsangiz, bu odatni rivojlantirishga hech ham ta’sir qilmaydi, lekin izma-iz bir nechta bajarilmagan kunlar jarayonni sekinlashtirishi mumkin.
9. Siz kelajakdagi hodisalarga bo’lgan reaksiyangizni haddan tashqari baholaysiz
Biz kelajakni unchalik yaxshi baholay olmaymiz. Aniqrog’i, Biz kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarga, xoh u yaxshi, xoh u yomon bo’lsin, haddan ziyod baho beramiz.
Tadqiqotlarga ko’ra, odamlar turmush qurish yoki yirik yutuq kabi musbat voqealar bizni baxtliroq qiladi, haqiqatda uncjalik bo’lmasa ham. Xuddi shunday, negativ hodisalar, ishdan ozod bo’lish yoki favqulodda holat kabilar bizda, haqiqatdagidan ko’ra ancha ko’proq tushkunlikka olib keladi deb o’ylaymiz.
Сообщения из Facebook