O'zbekiston korrupsiya reytingida nechanchi o'rinda turadi?
2012-yildan boshlab O'zbekiston "Korrupsiyani tasavvur qilish" indeksi bo'yicha o'z pog'onalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan "Korrupsiyani tasavvur qilish 2019" indeksi bo'yicha navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko'ra O'zbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pog'onaga yuqoriladi va 153-o'rinni egalladi.

Jahon miqyosida o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan Sharqiy Yevropa davlatlaridan, Gruziya (56 ball), Belorus (45 ball) va Chernogoriya (45 ball) qayd etilgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19 ball, O'zbekiston va Tojikiston 25 balldan to'plashdi.

2012-yildan boshlab Belarus, Qirg'iston va O'zbekiston "Korrupsiyani tasavvur qilish" indeksi bo'yicha o'z pog'onalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

Transparency International tashkilotining 2019-yil hisobotiga ko'ra, quyidagi davlatlarda korrupsiya hodisasi deyarli kuzatilmayotganligini aniqlagan. Daniya va Yangi Zelandiya 1-o'rin (87 balldan), Finlandiya 3-o'rin (86 ball), Shvetsiya 4-o'rin ва Shveytsariya 5-o'rinni (85 ball) egallab ijobiy natija ko'rsatishdi.

"Korrupsiyani tasavvur qilish" indeksi 1995-yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash bo'yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala bo'yicha baholanadi. Shuningdek,ushbu indeks Jahon banki, World Justice Project, Afrika taraqqiyot banki, Economist Intelligence Unit va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korrupsiyaga oid ma'lumotlarining turli manbalarini yig'ish orqali baholanadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations