O'zbekistonning eng maftunkor aktrisalari
Quyida o'zbek kino olamidagi eng lobar va go'zal aktrisalar ro'yxatini keltirib o'tdik. Marhamat ular bilan tanishing!

Dilnoza Kubaeva

Zamonaviy kinolarda ro'llar ijro etib shuxrat qozongan elning sevimli aktrisasi Dilnoza Kubayeva 1986-yilning 22-noyabr sanasida tavallud topgan. "Kelgindi kelin", "Telba" filmlarida ijro etgan ro'llari orqali barchaning nazariga tushdi. 2012-yilda aktrisa "Shuxrat" medali bilan mukofotlandi. Quvnoq fe'l-atvori bilan barchani o'ziga maftun etgan yulduz 2011-yil "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shaxzoda Matchanova

Shaxzoda Matchanova 1987-yil 8- avgust sanasi Nukusda dunyoga kelgan. Iqtisodiyot va Diplomatiya universitetida taxsil olgan. Aktrisa sira ham kino haqida hayol qilmagan. Uni "O'zbekfilm" rejissori payqab kinoda o'zini sinab ko'rish taklifini beradi. Biroq Shaxzoda taklifni o'ylab ko'rmay o'qishni davom ettirdi. Keyinchalik rejissor Zebo Navruzova uning suratini ko'rib, "Aprel-May" filmiga taklif qildi va yulduzning ijodiy faoliyati boshlanishiga sabab bo'ldi. Bugungi kunda qadar Shaxzoda Matchanova juda ko'plab kino va kliplarda suratga tushishga ulgurdi.

Ra'no Shodiyeva

Maxoratli aktrisa Ra'no Shodieva 1979-yilning 12-avgustida tavallud topgan. Xalq uni aktrisa sifatida "Chimildiq" filmidan so'ng taniy boshlagan. Ra'no Shodiyeva bugungi kunning eng obro'ga sazovor va mahoratli aktrisalari qatoridan o'rin egallagan.

Yulduz Rajabova

"Ummon" guruhining "Yo'q" nomli taronasi bilan barchaga tanilgan aktrisa Yulduz Rajabova bugungacha ko'plab film, klip va seriallarda ro'l ijro etgan. Bundan tashqari mahoratli aktrisa turk aktyorlari bilan birgalikda suratga olingan bir qancha filmlarda ham suratga tushgan. O'ziga hos go'zallikka ega bo'lgan ushbu aktrisamizning ijodiy qobiliyatiga ham tan bermasdan iloj yo'q!

Zarina Nizomuddinova

Zarina Nizomuddinova 1989-yilning 29- mart sanasida Toshkentda sanatkorlar oilasida tug'ilgan. Yoshlik chog'ida Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabida taxsil olgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs boʻlimida tahsil oldi. Zarina aktrisalik faoliyatini "Yo'l bo'lsin" filmidan boshlagan. U "Romeo va Julietta", "Qorako'z", "Men yulduzman" , "Oqibat" kabi filmlari bilan barchaning qalbidan joy egallagan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations