Oshxona

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar
Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Uzoq 1946 yilda amerikalik Persi Spenser mikrotoʻlqinli toʻlqinlarni tarata oladigan magnitronning imkoniyatlarini oʻrganishga kirishdi. Kunlarning birida ishlayotgan apparatning yonida turgan olim choʻntagidagi shokolad erib ketganini sezib qoladi. Boʻlib oʻtgan voqeadan taajjublangan Persi magnetronning yoniga joʻxori donlarini qoʻyib koʻrdi va natijadan hayratga tushdi – joʻxori donlari butunlay ochilgan edi. Ixtirochi bundan keyinyana bir qancha tadqiqotlar oʻtkazar ekan, past chastotali energiya taʼsiri ostida qisqa vaqt ichida ovqat pishirish mumkinligi haqida oʻylay boshladi. Bir yildan soʻng esa dunyda ilk mikrotoʻlqinli pech yaratildi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Tezkor printer bizning kundalik hayotimizga kirib kelganiga ancha boʻldi. Biroq Canon kompaniyasining muhandisi qaynoq kavsharlagich (payalnik)ni sharikli ruchkaning ustiga tasodifan qoʻymaganida bu kashfiyotning boʻlmasligi ham mumkin edi. Yuqori harorat taʼsiri ostida ruchkaning siyohi oqib ketadi va bu narsa yuqori harorat taʼsiri ostida pechat qila oladigan moslama yaratish gʻoyasini keltirib chiqardi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

1859 yilda neft ishlab chiqarish sanoatining ishchilari neft nasos quvurlarining devorlariga toʻplanib qolinayotgan yopishqoq modda haqida tinmay shikoyat qila boshladilar. Navbatdagi mojarolardan birining guvohi boʻlgan angliyalik kimyogar – Robert Chezbro bu narsaga qiziqishini bildirdi va darhol ushbu neft mahsulotidan namuna olib, uni tekshirishga kirishdi. Tekshirish natijasida ushbu modda terini juda zoʻr yumshatib, yaralarni tuzatishi aniqlandi. Jelesimon ushbu modda “vazelin”, deb atala boshlandi va tezda ommalashib, turmushning turli sohalarida foydalanila boshlandi. Robert Chezbroning oʻzi ham kashfiyotining shifobaxshligiga ishonar va har kuni ushbu yopishqoq moddani bir qoshiqdan isteʼmol qilar edi. Shuni taʼkidlash joizki, kimyogar olim ancha uzoq umr koʻrdi va 96 yoshida vafot etdi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Fransiyalik bogʻbon Jozef Mone palma koʻchatining savdosi bilan shugʻullanar edi, lekin oxirgi paytlarda katta talofatlar koʻra boshladi. Chunki koʻchatlar solingan tuvaklar yoʻlda sinib qolar, nihol esa nobud boʻlar edi. Jozef biznesini saqlab qolish uchun bu muammoni hal qilish yoʻllarini qidira boshladi va yechimini topdi: u tuvaklarni betondan yasadi va ularni temir chiviqlar bilan mahkamladi. Ushbu konstruktsiya shunchalik mustahkam boʻlib chiqdiki, bogʻbon palma koʻchatining savdosini toʻxtatib, temir beton konstruktsiyalarini  ishlab chiqarish bilan shugʻullana boshladi.   

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Ishonasizmi, butun dunyo boʻylab millionlab muxlislarga ega boʻlgan shokoladli pasta ham tasodifiy xato natijasida vujudga kelgan. Qandolatchi Petro Ferrero yarmarka uchun konfetlar tayyorlayotgan vaqtida mahsulotning bir qismi erib, oqib keta boshladi. Zarar qilmaslik uchun Petro konfetlardan shokoladli massa tayyorlab, uni nonga surtib, sota boshladi. Kutilmaganda mazkur shirin gazak isteʼmolchilar tomonidan talashib-tortishib sotib olindi. Koʻp oʻtmay qandolatchi dunyoning eng daromadli kompaniyalaridan biriga asos soldi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Amerikalik ixtirochi Charlz Gudir uzoq yillar davomida rezinaning xususiyatlarini oʻrganar ekan, uning turli xil haroratlarga chidamli qilish yoʻllarini qidirar edi. Bir kuni navbatdagi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan tajribadan soʻng uyga qaytmoqchi boʻlgan Charlz tasodifan plitaning ustiga kauchuk, oltingugurt hamda qoʻrgʻoshin aralashmasini agdarib yuboradi. Qaynoq harorat taʼsirida toʻkilgan aralashma qorayib, qattiqlashdi va aynan ixtirochi olim qidirayotgan narsaga aylandi. Shu tariqa vulkanizatsiya shinalari va umumiy mavsum pokrishkalari yaratila boshlandi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

1942 yilda amerikalik fizik olim Garri Kuver portativ qurollarning nishonga olish moslamasini tayyorlash uchun shaffof plastik yaratish ustida ish olib borar edi. Tajribalari davomida olim koʻp marotaba namunalarni osongina yopishtira olgan ssianokrilat nomli material bilan ishladi. Biroq uning bu sifatiga ortiqcha eʼtibor berib oʻtirmadi. Oradan olti yil oʻtgandan keyingina bu moddaning xususiyatining qadriga yetdi. Mana shunday qilib superyelim paydoboʻldi. Shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, Vyetnam urushi davrida bu yelimni askarlarning jarohatlariga surtib, ularni yopishtirib, qon toʻxtatilar edi.

Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar

Taajjub, lekin paketchali choylar ham tasodifan yaratilgan ixtirolar sirasiga kiradi. Gap shundaki, 1940 yilda nyu-yorklik savdogar choylarni maydaroq qadoqlarda chiqarib koʻrmoqchi boʻldi, shuning uchun choy dona chalarini tunuka idishidan toʻkib, kichik ipak matoli paketchalarga joyladi. Biroq isteʼmolchilar choyni toʻgʻridan toʻgʻri paketchasi bilan birga damlashdi va natijasidan juda mamnun boʻlishdi. Keyinchalik esa Adolf Rambold ismli muhandis choylar uchun maxsus marli yaratdi va hozirgi kundagi paketchali choylar ishlab chiqarila boshlandi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar