Har safar "arab avtomobillari" iborasi quloqqa chalinganida qandaydir muayyan narsani ko’z oldiga keltirish mumkin. Aksariyat hollarda hayolga raritetli, a’lo darajadagi va serhasham sportkarlar to’g’risidagi tasavvurlar keladi. Buning hammasi haqiqatdan yiroq emas, chunki shayxlar yuqori tezlikni ham, ajoyib uslubiylikni ham juda sevadilar, axir.
Shunga qaramay, bunday avtomobillarning hammasi ham xorijiy rusumga ega emas, ularning ichida o’z ishlab chiqarishlarining mahsulotlari ham bor.
1. Lykan Hypersport
Bu avtomobil birinchi marta 2013 yilda Qatarda ko’rsatilgan edi. O’sha paytda ishlab chiqaruvchi o’z yaratgan mahsulotini "birinchi arab avtomobili" deb aytishga tortinmay, uni dadil taqdim etgan. Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 2.8 soniya ichida tezlasha oladi. Uning eng yukori tezligi soatiga 395 kilometr qilib chegaralangan.
Bunga avtomobil o’zining quvvati 780 ot kuchiga ega bo’lgan 3.7-litrli dvigateli tufayli erisha oladi. Avtomobilning kuzovi karbondan tayyorlangan va xatto bugungi kunda ham bu avtomobil yetarlicha zamonaviy ko’rinishga ega.
2. Fenyr SuperSport
Mashina 2015 yilda Dubaydagi ko’rgazmada o’zining debyutini qarshi oldi. Kapotning ostiga nemis mahsuloti bo’lgan 900 ot kuchiga ega 4-litrli motorni joylashtirishdi. Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 2.7 soniya ichida yetib boradi.
Eng yuqori tezlik ko’rsatkichi elektronika yordamida soatiga 400 kilometr belgisida chegaralangan. Kompaniya bu rusumdagi avtomobilarni yiliga atigi 25 dona miqdorda ishlab chiqaradi.
3. Laraki Fulgura
Mislsiz Laraki Fulgura dastlabda 2002 yildayoq Jenevadagi avtoko’rgazmada ko’rsatilgan edi. Bu mashinani noldan boshlab yaratilgan superkar deb atab bo’lmaydi. Avtomobil Lamborghini Diablo zaminida yaratilgan. Ular orasidagi o’xshashlik xatto kuzovning tuzilish darajasida ham yaqqol ko’rinib turadi.
Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 3.3 soniya ichida tezlasha olgan, eng yuqori tezlik ko’rsatkichi esa soatiga 398 kilometrni tashkil etgan.
4. Ghazal 1
Marhamat, tanishing - Saudiya Arabistonida ishlab chiqarilgan ilk avtomobil. Bu avtomobilning ishlab chiqarilishi bilan Saud podshosining Universiteti shug’ullangan. Uning yaratilishiga ikki yil vaqt sarflangan. Avtomobil 2010 yilda keng ommaning hukmiga havola etilgan.
O’sha davrda zavod tomonidan yiliga 20 ming dona shunday avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirgan. O’sha paytda bir qator sinchkov, biroq g’alati krash-testlar o’tkazilgan. Masalan, tuya bilan to’qnashib ketish testi.
5. Meeya
Saudiya Arabistonidan bo’lgan sedan loyihasi. Keyinchalik, bu loyiha Malayziyalik kompaniya bilan rivojlangan. Seriyali ishlab chiqarish o’tgan yilda boshlandi. Avtomobil asosan ichki foydalanish uchun mo’ljallangan mashina sifatida namoyon bo’lgan.
Сообщения из Facebook