просмотров
Avtomobilning nomi o'zi haqida gapirib turibdi - Terzo Millenio, italiyanchadan "uchinchi ming yillik" deb tarjima qilinadi. Yaratuvchilar tomonidan taklif qilinganasosiy yangilik - o'z o'zini tiklay oladigan maxsus karbondan tayyorlangan super yengil kuzov.
Asosiy g'oya shundaki, Lamborghini va MIT larning hamkorlikdagi ishlanmasidagi o'ziga xos texnologiya kuzovdagi shikastlanishlarni topishni va ularni maxsus kimyoviy tarkib yordamida "davolashni" biladi.
Lekin, bu kuzovning yagona o'ziga xos tomoni emas. Superkar harakatga to'rtta elektromotorlar yordamida keltiriladi. Ularning quvvati xozir sharxlanmayapti.
Ko'rinib turibdiki, gap juda hayratlanarli xarakteristikalar haqida bormoqda va ularning ta'minoti uchun ko'p energiya talab etiladi.
Hamda bu yerda birinchi planga kuzovning konstruksiyasi yana bir bor chiqmoqda. U o'z asosida elektromotorlar uchun batareya bo'lib chiqadi.
Batareyalar bloki nanotrubkalar qo'llanilgan holda innovasion materialdan yaratilgan. U juda ingichka bo'lib, ton ma'noda kuzov bo'ylab, uning ichki va tashqi batareyalari orasida "surtib tashlangan".
Bundan tashqari Terzo Millenio superkondensatorlar va kinetik energiyani rekuperasiyalash tizimi bilan jihojlanadi, bu o'z navbatida bitta zaryadkada katta probegni ta'minlaydi va energiya zahirasining tezlikda to'lishiga yordam beradi.
O'z o'zidan superkar seriyali ishlab chiqarishga qo'yilmaydi - har holda bu ming yillikda. Biroq, bir qator muhandislik yechimlari yaqin kelajakda o'z o'rnini topishi shubhasiz.
Lamborghinining top-menejerlaridan biri Maurisio Reggianining ta'kidlashicha qandaydir komponentlar seriya ishlab chiqaruvga kiritilishiga yaqin, boshqalari uchun esa hali vaqti soati yetib kelmagan.
Biroq, qanday bo'lmasin Terzo Millenio oxir hisobda avtomibil kabi amalga oshirilmaydi. Balki, muhandislik yechimlarining bir qatori sifatida amalga oshiriladi.
Сообщения из Facebook