
6,982
просмотров
просмотров
Bir necha kun avval o’tmishga aylangan 2017 yilning eng shov-shuvli to’ylari haqida, ularning qanchalar dabdada va e’tibor bilan o’tkazilgani borasida bir necha bor eshitgan bo’lishingiz mumkin. Bordi-yu ushbu ma’lumotlar bilan tanishib ulgurmagan bo’lsangiz, yilning eng shov-shuvli to’ylari bilan sizni tanishtirib o’tamiz.
Miranda Kerr va Evan Shpigel
Mashhur fotomodel 2017 yili o’z sevgan yori, millioner va Snapchat ilovasining asoschisi Esan Shpigelga turmushga chiqdi. To’y juda sokin va kichik davrda o’tkazilganiga qaramay, dovrug’i boshqa o’lkalargacha yetdi. Aytishlaricha, to’y marosimida juftlikning bir nechta do’stlari va yaqin qarindoshlari ishtirok etishgan holos.
Pippa Middlton va Jeyms Mettyuz
Ushbu marosimni haqli ravishda “Yil to’yi” deya atash mumkin. 2017 yili Londonning XII asrga tegishli bo’lgan avliyo Mark ibodatxonasida Kembrij gertsoginyasining yagona singlisi Pippa Middlton sevgan insoni, iqtisodchi Jeyms Mettyuz bilan turmush qurdi. O’ta hashamatli tarzda o’tkazilgan to’y marosimi suratlari dunyoning eng mashhur jurnallari muqovalarida chop etildi. Pippaning to’y libosi esa britaniyalik modelyer Chillz Dikon tomonidan yaratildi.
Lionel Messi va Antonelle Rokutsso
O’tgan yilda yana bir mashhur yulduz – Lionel Messi bo’ydoqlar safini tark etishga muvaffaq bo’ldi. U sevgan insoni Antonelle Rokutsso bilan turmush qurib, o’z munosabatlarini nikoh rishtalari orqali mustahkamladi. Marosim chog’ida tantana sababchilari qizil yo’lakcha ustida suratga tushdilar. Ushbu kun uchun kelin Rosa Clara modalar uyi tomonidan yaratilgan uzun shleyfli ajoyib ko’ylak tanladi. Kuyov esa Armani modalar uyiga tegishli bo’lgan klassik kostyumni afzal bildi.
Serena Uilyams va Aleksis Oganyan
Taniqli tennischi Serena Uilyamsning nikoh to’yi ham yilning eng mashhur to’y marosimlaridan biriga aylandi desak xato bo’lmaydi. Sportchi farzandining otasi Aleksis Oganyan bilan turmush qurdi. Tantana 16 noyabr kuni Yangi Orleanda bo’lib o’tdi.
Rossiyalik oligarxlar vorislarining to’yi
Ko’plab shov-shuvlarga sabab bo’lgan rossiyalik oligarxlar farzandlarining to’yi uchun 10 million AQSH dollari miqdorida pul sarf etilgani tahmin qilinmoqda. Ushbu pul evaziga “Oskar” mukofoti topshiliruvchi zal ijaraga olingan, mehmonlar ko’nglini xushnud etish uchun esa Ledi Gaga taklif qilingan. Biznesmen Eldar Osmanov o’z qizi Lilitani Albert Avdolyanning o’g’li Gasparga turmushga berdi. Yoshlar to’y marosimiga qadar 2 yil davomida uchrashib yurishgan.
Сообщения из Facebook