Vaqt hech qachon bir yerda to’htab qolmaydi. U muntazam ravishda olg’a intilar ekan, uning bilan moda olami ham, siz-u biz ham o’zgarib boraveramiz. Bugun 25 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun voz kechish ma’qul bo’lgan moda trendlari haqida so’z yuritamiz
Kundalik obraz uchun kichik klatch
Yosh qizlar kichik klatchlarni kundalik hayotda ham ishlatishga odatlanganlar. Ammo 25 yoshdan so’ng ushbu aksessuarni faqatgina bazm va tantanalar uchun saqlab qo’yishingiz to’g’ri bo’ladi. Kundalik obrazlar uchun esa kichik o’lchamli sumkalarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.
Osilchoqli bilaguzuklar
Odatda bunday bilaguzuklar o’z sohibasi uchun juda qadrdon bo’ladi va ma’lum bir hodisa yoki inson haqida eslatib turadi. Ammo tan olib aytish kerakki, bu turdagi aksessuarlar bolalarga hos. Shuning uchun yoshi kattaroq insonlarga bunday taqinchoqlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
G’aroyib kolgotkalar
Bunday kolgotkalarni faqatgina maktab yoshidagi qizaloqlar kiysa yarashadi. Yorqin rangli kolgotka kiyib olgan katta yoshli qizlar nafaqat g’alati, balki juda kulguli ko’rinadilar.
Keng tolstovka
Haddan ortiq keng tolstovka o’smir qizlarni nozik va chiroyli ko’rsatishi mumkin, ammo kattaroq yoshdagi qizlarni “o’ziga nisbatan bee’tibor inson”dek ko’rsatib qo’yadi. Shuning uchun o’z o’lchamingizga mos liboslar tanlashga harakat qiling.
Bichimi noaniq trikotaj mahsulotlari
25 yoshdan oshgach, trikotaj koftalaridan ko’ra chiroyli ko’rinishdagi bleyzerlar sizga ko’proq yarashishini o’zingiz ham tushuna boshlaysiz. Shuning uchun trikotaj kardiganlaringiz bilan xayrlashavering.
Qizaloqlarga hos ko’ylaklar
Balki bu turdagi ko’ylaklar 10 yil avval sizni qo’g’irchoqdek ko’rsatgandir, ammo endilikda juda noo’rin va hunuk ko’rinadi.
Turli harf va yozuvli liboslar
Balki qaysidir qo’shiqchi yoki jamoaning muxlisidirsiz? Ammo bizningcha bunday liboslardan ham voz kechish payti yetdi. Ular ko’rinishingiz haqida kulgusi taassurot uyg’otishi mumkin.
Pomponli qalpoq
Jozibadorlikdan kulguli ko’rinish sari bir qadam!
Keng shimlar
Aslida bunday shimlar hech kimga, hatto yoshlarga ham yarashmaydi. Shuning uchun bu turdagi shimlar harid qilish haqida o’ylab ham o’tirmang!
Vyetnamka shippaklari
Ayni paytda so’z go’zallik yoki jozibadorlik haqida emas, aynan salomatlik yuzasidan boradi. Vyetnamkalarning haddan ortiq yumshoq tagcharmi shahar ko’chalarida harakatlanish, kundalik poyabzal sifatida kiyish uchun mo’ljallanmagan. Bunday tavakkal qadam oyoqlar salomatligi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Сообщения из Facebook