50 yoshli bu ayolni bir qarashda o’g’illarining sevgan qizi deb o’ylashadi! Ishonmaysizmi?
50 yoshli bu ayolni bir qarashda o’g’illarining sevgan qizi deb o’ylashadi! Ishonmaysizmi?
Indoneziyalik Puspa Devi o’z yoshidan nisbatan shunchalar a’lo darajada tashqi ko’rinishga egaki, ko’cha-ko’yda o’g’illaridan biri bilan yursa, ularni sevishganlar deya tahmin qilishadi. Ayol bugungi kunda haddan ortiq yosh ko’rinishi sabab instagarm olamnining yulduziga aylangan. Puspa Devi – Jakartalik tadbirkor va ikki farzandning onasi. U yaqindagina o’zining 50 yoshli yubileyini yaqinlari bag’rida nishonladi.
Ushbu go’zal ayolning tug’ilgan sanasini bilmagan odam uning yarim asrlik umriga mutlaqo ishonmasa kerak. Ayol suratlarini ko’zdan kechira turib, aksariyat odamlar uning 30 yoshdan oshganiga ishonishmaydi. Ayrimlar esa Puspani yigirma yoshli qiz deb ham o’ylashadi. Puspaning o’g’illari bilan birga tushgan suratlarida esa ona va o’g’il emas, yosh qiz va uning sevgan yigiti turgandek taassurot uyg’otadi.
Ushbu go’zal ayolning tug’ilgan sanasini bilmagan odam uning yarim asrlik umriga mutlaqo ishonmasa kerak. Ayol suratlarini ko’zdan kechira turib, aksariyat odamlar uning 30 yoshdan oshganiga ishonishmaydi. Ayrimlar esa Puspani yigirma yoshli qiz deb ham o’ylashadi. Puspaning o’g’illari bilan birga tushgan suratlarida esa ona va o’g’il emas, yosh qiz va uning sevgan yigiti turgandek taassurot uyg’otadi.
Oramizda ko’pchilik ayollar o’z go’zalligi va yoshligini mashhur vositalar yordamida saqlab qolishga intilishadi. Bu borada maxsus kosmetikadan foydalanadilar, plastik jarrohlik muolajalariga murojaat qilishadi. Ammo Puspa Devi betakror ko’rinishi sababini tabiiylik va yaxshi genetikadan deb biladi. Indoneyziyalik ayol sog’lom turmush tarzi (sport, to’g’ri taomlanish va muntazam harakat) ham uzoq yillar davomida yosh va go’zal ko’rinish garovi ekanligini takrorlaydi.
Ayol yoshlik yillarida badminton bilan shug’ullangan, suzish mashg’ulotlariga qatnagan, yaqindan boshlab esa aerobika va zumba bilan shug’ullanishga kirishdi. Instagram yulduzi ushbu mashg’ulotlar uchun haftasiga bir necha bor vaqt ajratadi.
Puspa yosh ko’rinish uchun faqatgina sog’lom turmush tarzi emas, atrofdagi yaqin insonlari ham katta ko’mak berishlarini ta’kidlaydi. U yaqinlaridan mehr-u muhabbat ko’radi va o’ziga yoqqan ishlar bilan shug’ullanadi. 50 yoshi onaning tashqi ko’rinishi gapimizning eng yaxshi va yaqqol misolidir, shunday emasmi?
“Odamlar odatda menga yoshim ulg’ayib borgani sayin yoshroq ko’rinayotganim haqida aytishadi. Men ham aynan shunday deb o’ylayman va hozir avvalgidan anchayin baxtliroqman. Bolalar ulg’ayishdi, va endilikda o’zim sevgan biznes bilan shug’ullana olmaman. Baxtdan nur sochyapman” deydi Puspa Devi.
Devining Instagrmdagi sahifasiga avvaldan ko’pchilik a’zo bo’lgandi. Ammo ayolning tug’ilgan kunida o’g’illari bilan tushgan suratlari internetga joylashtirilgach sahifa a’zolari soni bir necha kun ichida 10 mingtagacha ko’paydi.
Puspa Devi o’zining haddan ortiq yosh ko’rinishi bilan nom qozongan ilk osiyolik inson emas. Internetda mashhur bo’lgan yaponiyalik Masako Mizutani, koreyalik Yung Da Yeng, Tayvanlik opa-singil Xsular va tailandda tug’ilgan go’zallik malikasi Apsara Xongsakulalar ham yosh ko’rinishlari sabab haqiqiy yulduzga aylanganlar. Ular safida singapurlik suрatkash, 50 yoshli, biroq 20 yoshli yigit kabi ko’rinadigan Saundo Tanani ham alohida qayd etish mumkin.
Agar Puspaning fotosuratlari ishlov berish jarayonlaridan o’tgan desangiz, internet olamidan uning ishtirokidagi videoroliklarni topib, ko’rishingiz mumkin. Ular orasida ayolning o’g’illari bilan birga suratga tushgan roliklari juda mashhur.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook