9 yoshda millioner: o'z onasidan boy bo'lgan qizaloq qanday hayot kechirmoqda?
9 yoshda millioner: o'z onasidan boy bo'lgan qizaloq qanday hayot kechirmoqda?
Zamonaviy millionerning hayoti qanday ko'rinadi? Ertalab ishga borasiz, kerakli uchrashuvlarga tashrif buyurasiz,o'z biznesingiz tafsilotlarini muhokama qilasiz, keyin sportzalga borasiz, kechqurun do'stlaringiz bilan uchrashasiz, ertalab esa boshlang'ich maktabga jo'naysiz. 9 yoshida millionlab dollarga ega bo'lgan Izabella Barretning kun tartibi aynan shu tarzda.

Izabella Barret maktabga boradi va biznes bilan shug'ullanadi

Izabella Barretni self-made millioner deb atashadi, lekin hamma biladiki, bu yoshda biznes bilan shug'ullanish mumkin emas. Qizaloqni ham pul topish dardida yurganlarga ox'shatish qiyin - Izabella faqat hayotdan zavq olmoqda va ko'ngliga yoqqan narsani qilmoqda. Ko'ngliga yoqqan narsalar esa - chiroyli kiyimlar kiyish, uni xushomadlar bilan maqtaydigan odamlar bilan uchrashish va uning hayoti jozibali ekani haqida gapirish kabilar kiradi. 

9 yoshli millioner

9 yoshli millioner Izabella moda namoyishlarida ham ishtirok etadi, bu orada o'z uslubidagi liboslarni ham taqdim etadi.

Izabellaning hayoti haqiqatdan ham hasad qilishga arziydi - nafaqat boshqa bolalar, balki kattalar ham Izabella yashaydigan hashamatli hayotning ozginasiga egalik qilishni xohlaydi. Uning shaxsiy haydovchisi bor, kechki ovqatga eng qimmat va mazali taomlar iste'mol qiladi, bo'sh vaqtlarda esa mashhurlar va do'stlari bilan ziyofatlarda uchrashadi. Qizaloqda Dior, Chanel va boshqa mashhur brendlarning qimmat ko'ylaklari hamda qimmat oyoq kiyimlar va aksessuarlar to'plami ham mavjud. 

Izabella o'zini oddiy bolalardek tutadi
Qizaloq ikki kiyim yo'nalishidagi firmalarda aksiyalarga ega

Mashhurlik Izabellaga u atigi  4 yoshida ekanligida kelgan - u "Bolalar va toj" shousida ishtirok etgan. Mana 6 yildirki, Izabella nomi bilan bolalar kiyimi va aksessuarlari yo'nalishi tashkil etib kelinmoqda. "Eng quvonarlisi shundaki, - deydi qizaloqning onasi Syuzanna, - u atigi 9 yoshda, qizaloq mablag'i bilan teng ravishda o'smoqda. Biz bu pullarni investitsiya qilishni o'ylayapmiz, chunki qizimiz kelajakda ham pullarni hozirgiga o'xshab bemalol ishlatishini xohlaymiz".

Qizaloq qimmat kiyimlarni kiyishni yaxshi ko'radi
Onasi Syuzanna kichik qizi Izabella bilan

Buning hammasi pul uchunmi? Syuzanna aytadiki, hamma onalar kabi u ham qizining baxtli bo'lishini xohlaydi. Hozirgi hayot esa qizchaga ulkan quvonch olib keladi. "Hammaning e'tiborida bo'lish - juda ajoyib, lekin bu katta ma'suliyat hamdir, - deydi o'z hayoti haqida 9 yoshli Izabella. - Muxlislarim meni sevadi, menga meni chiroyli ekanligim haqida gapirishadi va yozishadi. mashhur bo'lishning nimasi yomon?"

Izabella ilk bora 4 yoshida podiumga chiqqan

Izabella ilk bora 4 yoshida podiumga chiqqan O'tgan yilda qizcha 2 musiqa yozdirdi va endi super yulduz bo'lishni orzu qilyapti

Tarixdan ma'lumki, erta mashhurlik bolalarni hayotdan va bolalikdan mahrum etadi. O'z hayotini shu yo'l bilan qurmoqchi bo'lgan ota-onalar uchun biznes va oddiy oilaviy hayot o'rtasidagi muvozanatni topish juda muhim. Shuning uchun ham Izabella o'zini "omadli biznez-woman" deb ataydi, lekin shu bilan birga u ilgarigidek uyda qo'g'irchoq o'ynaydi va kunduzi maktabga boradi. 

Onasi moda olamida yashash qarori izabellaning o'ziga tegishli ekanini aytadi. Bir kuni Syuzannanig katta qizi bilan baxtsiz hodisa ro'y beradi - do'stlari uni qattiq urishadi va qizchaning yuzini qayta tiklash uchun operatsiya qilishga majbur bo'lishadi. O'ziga bo'lgan ishonchni qaytarishh uchun qizaloq turli go'zallik tanlovlarida ishtirok etadi. Aynan shoularning porlashi va har tarafdan bo'lgan e'tibor Izabellani o'ziga jalb etadi - u ham opasi singari chiroyli va bayram markazida bo'lishni xohlaydi.

Izabellaning uyida u hali ham o'ynaydigan qo'g'irchoqlar ko'p

Albatta Syuzannani o'z bolalarini "erkalatib yuborgan"i uchun tez-tez tanqid qilib turishadi. "Balki men bolalarni erkalatib yuborgandirman. Lekin kim erkatoy hisoblanadi - o'zini yomon tutadigan va boshqalarga yomon munosabatda bo'ladigan bolalar. Ammo mening qizlarim mutlaqo boshqa tarbiyani olishgan. Odamlar baland poshna va kosmetika-kichik qizlar uchun emas deyishadi. Men esa onalarni boshqa parametrlar bo'yicha baholash kerak deb o'ylayman. Qizlarimning xulqi juda yaxshi va ularga qilayotgan ishi yoqadi. Bu yomonmi?"

Sahnaga chiqish uchun tayyorgarlik

Sahnaga chiqish uchun tayyorgarlik

Onasining qo'lida

Onasining qo'lida

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook