просмотров
Bu san'at asarini yig’ishda (3 m kenglik, 2 m balandlik) aktrisaga professional dizaynerlar yordam bergan. Detallarning boyligi aql bovar qilmas darajada. Masalan, kichik mehmonxonada qirol Artur aylana stolining mini-namunasi turibti. Uning ustidagi serviz esa – Vindzor qasrida ishlatiladiganning nusxasi.
Uni yasashda qimmatbaho materiallardan foydalanilgan. Eshiklari fil suyagidan, pol – eng yaxshi daraxtlardan, tabiiy pushti kvars va nefritdan qilingan. Yotoqxona oynalari haqiqiy vitrajdan qilingan, “rus xonasi”da joylashgan ikona esa brilliantlar bilan bezatilgan.
Bir yarim ming miniatur predmetlar orasida haqiqiy artefaktlar mavjud: kichik Bibliya, kumush o’q otadigan pistolet, brilliantli platina uzuk, tilla qandillar… Alebasterli hammomda suv oqadi, har bir xonaning esa o’chirib yoqadigan tugmasi bor.
Chuqur depressiya paytlarida bu qo’g’irchoq uy AQSh shaharlari bo’ylab sayohat qilgan. Shu yo’l bilan Kollin xayriyaga pul yiqqan. 1949 yilda aktrisa o’zining ijod maxsulini Chikago ilim va sanoat Muzeyiga sovg’a qilgan. Uni hozir o’sha yerda ko’rishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook