"Alkatras"dan qochish: AQSHning eng xavfsiz qamog'idan qochgan 3 mahbusning tarixi
"Alkatras"dan qochish: AQSHning eng xavfsiz qamog'idan qochgan 3 mahbusning tarixi
1963-yil 21-oktabrda Amerikadagi eng xavfli jinoyatchilar uchun mo'ljallangan mashhur "Alkatras" ("Qoya") qamog'i yopildi.

Kaliforniya sohillaridagi shu nom bilan atalgan orolda joylashgan qamoqxona o'z vaqtida AQSHdagi eng xavfsiz qamoqxona hisoblangan. Taxminan 29 yil mobaynida qamoqxona ekspluatatsiyasi jarayonida biror marta ham qochishlar sodir bo'lmagan. Lekin buni tasdiqlashga erta, chunki 1962-yilda 3 nafar mahbus oroldan qochib keta olgan,  ammo ularning tirigi ham, murdasi ham topilmagan. Ayrim faktlarga qaraganda, ular ko'rfazdan o'tib, omon qolishgan. 

Birinchi navbatda bu qamoqxonadan qochishning naqadar aqlsiz g'oya ekanligini o'ylaymiz. Alkatras oroli qirg'oqdan bir yarim kilometrdan oshiq masofada joylashgan, muzdek suv, kuchli oqim-orolning tabiiy izolyatsiyasini ta'minlab beradi. 

Bino tashqaridan tikan simli baland devor hamda soqchi minoralari bilan o'rab chiqilgan. 3 mahbusning har biriga alohida nazoratchi to'g'ri kelgan, bunda ular boshqa boshqa kameralarda saqlangan. 

Ammo 1962-yil iyun oyida 3 ta erkak bu to'siqlarning barini yengib o'ta oldi. Ayyorona qochishni amalga oshirolganlar: bankni o'margani uchun sudlangan Frenk Morris hamda avtomobillar o'g'rilish jinoyati bilam hibsga olingan aka-uka Jon va Klarens Englinlar. Alan Vest ham bu ishga daxldor bo'lgan, biroq u o'z vaqtida kameradan chiqib keta olmagan. Ular "Alkatras"ga ko'chirilishdan oldin ham bir necha bor qamoqxonadan qochishga ham urinishgan. 

Hamkorlar yonma-yon qo'shni xonalarni egallashgan. Ular bloklari ostida beton bilan qoplanmagan eski ventilyatsiya borligini bilib qolishgan va u orqali qamoqxona tomiga chiqishni rejalashtirishgan. 

Ventilyatsiyaga jiniyatchilarning kamera devorlaridan o'tadigan tor tonnel olib borar edi. Har bir kamerada esa 10 ga 20 sentiment hajmli ventilyatsion teshiklar mavjud bo'lgan. Morris reja boshlig'i bo'lgan, qolgan 3 mahbus esa 1-etapda kerakli qurilmalarni yasash bilan ovvora edi. 

O'tkir metal qoshiqqa changyutgichdan o'g'irlab olingan motorni birlashtirishgan, kanifol o'rniga esa 10 sent kumush tangadan foydalanishgan. Improvizatsiya dreli paydo bo'ldi, unda mahbuslar deyarli bir yil mobaynida navbatma-navbat ventilyatsion lyuk atrofidagi devorni parmalab teshishgan. Undan chiqqan tovushni har kungi 1 soatlik musiqa shovqini berkitib ketgan. Devorning o'yilgan joyini karton qog'ozlaridan qilingan soxta  panjara bilan berkitishgan. 

Jinoyatchilar parallel boshqa mahbuslardan vetrovka va rezinali plashlarni ayirboshlashgan va ular yordamida ikkiga to'rt sol hamda qutqaruv jiletlarini yaratishgan. Eshkakni fanerdan kesib olishgan. 

Kechki kamera nazorati kuzatuvchilari ularning qochishi haqida oldindan bilib qolmasligi uchun, mahbuslar papye-mashedan qilingan qo'g'irchoq hamda sartaroshxonadan olingan haqiqiy sochlardan yasalgan odam boshining mum nusxasini yasashgan. 

1962-yil 11-iyun kuni jinoyatchilar uxlash vaqtida qo'g'irchoqlarni ustini ko'rpa bilan yopib, devordagi teshik orqali tunnelga chiqib olishadi. Faqatgina Vest devordagi teshikni yetarlicha teshmagani uchun qolib ketgan. Ishlamaydigan ventilyatorni berkitib turgan panjarani to'g'irlab, uchovlon tomga chiqib oldi va suv quvuri orqali suvga tushib olishadi. U yerda ular oldindan tayyorlab qo'ygan burma orqali solni ishirishadi. Taxminan kechki soat 10 larda qochoqlar qirg'oqdan suzib ketadilar. 

Shu bilan Morris va Englinlarning izlari yo'qoladi. Ular haligacha dom-daraksiz yo'qolganlar orasiga mansub. Qochishdan 2 kun o'tib, suvo'tmas paketda telefon daftarchasi, pullar va aka-uka Englinlarning biriga tegishli oilaviy suratlar topilgan. Bundan tashqari klapanida tish izlari bo'lgan qutqaruv jileti ham topilgan: ehtimol qisqich zich bo'lmagan va suzuvchi yuzada arang tura olgan (o'sha kunlarda suv harorati 10 gradusdan oshmagan). 

1978-yilgacha qochoqlarni qidirish bilan FBI shug'ullangan,  keyin esa order AQSH marshallar xizmatiga topshirilgan. 2003-yildan qidiruv ishlari bilan shu mahkamaning xodimi Maykl Dik shug'ullanib kelmoqda. U 250 ta vositali dalillarga tayanib, qochoqlarning qutulib ketganini taxmin qilmoqda. 

Xususan, Englinlarning onasi bir necha yillar mobaynida sirli notanish odamdan gullar olgan. Bundan tashqari Jon va Klarens ayollar kiyimida 1973-yilda onalarining janazasida bo'lganligi ham taxmin qilinadi. Tarixchi Frenk Kiney esa Englinlarning qarindoshlaridan aka-ukalar tomonidan yozilgan Janubiy Amerikadan yuborilgan xatni olganliklarini bilib oladi. Morrisning taqdiri haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 

Jinoyatchilarni hibsga olish buyrug'i ular 100 yoshga to'lgunga qadar o'z kuchida qoladi. Hozir esa "Alkatras"dan qochgan mahbuslarni qidirish ishlari hali hamon davom etmoqda. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook