Asl vazifasi boshqacha bo’lgan va bu haqida siz bilmagan narsalar
Asl vazifasi boshqacha bo’lgan va bu haqida siz bilmagan narsalar
Biz e’tibor bermaydigan ayrim narsalar o’z vazifalariga ega. Ular haqida bilib olishimiz esa hayotimizni yengillashtirishi aniq!

Ikki rangli ochirg’ich

Ko'pchilik ikki rangli ushbu ochirg’ichning to'q sariq qismi qalam uchun, ko'k qismi esa ruchkalar uchun deb o'ylashadi.

Aslida o’chirg’ichning ko'k tomoni qalinroq qog'oz va kartondagi qalam chizgilarini , sariq tomoni yupqa qog’ozlardagi  to’q bo’lmagan chizgilarni o’chirish uchun mo’ljallangan.

Ichimlik idishidagi temir “quloqcha”

Ichimlik idishi ustidagi temir tuynuk naycha o’tishi uchun mo’ljallangan. 

Printer kartriji

Ko'pincha kompyuter kartrijdagi siyoh tugaganda sizni ogohlantiradi. Aslida, siz hali ham kartridjdan foydalanishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun kartrijni chiqarib, qog'oz qisqichini ishlatib, pastki qismidagi tiklash (reset) tugmachasini bossangiz yetarli.

Ko’ylak orqasidagi ilgich

Ushbu ilgak ko’ylak shaklini burushtirmasdan ilib qo’yish uchun mo’ljallangan.

Qoshiqdagi spagetti teshigi

Ushbu qoshiq teshigidan spagetti bo’lagini o’lchash uchun foydalaning.

Djinsi shimlardagi kichkina cho'ntaklar

Djinsi shimdagi kichik cho’ntak tanga uchun mo’ljallanmagan. U ilk bora ishchilar cho’ntak soatlarini solib yurishi maqsadida yaratilgan.

Pivo shishasining uzun bo'yni

Pivo shishalari tor, cho'zilgan bo'yin bilan tayyorlanishining sababi, qo'llardan keladigan issiqlik miqdorini kamaytirishdir. Shuning uchun, shishani aniq tor bo'yini bilan ushlab turish kerak.

Lift tugmachalari

Agar siz zudlik bilan o’z qavatingizga ko’tarilishingiz kerak bo’lsa, eshik yopilguniga qadar eshikni yopish tugmasini bosib turing. Eshik yopilgandan so'ng ushbu tugma bosilgan holda o’zingizning qavatingizni ham bosing. Shu yo’l bilan siz to’xtamasdan kerakli qavatingizga yetib olishingiz mumkin. Biroq ushbu usuldan faqatgina o’ta zarur holatlarda foydalanishni maslahat beramiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook