Kechasi odam sayrga chiqar ekan, albatta osmonga nazar soladi. Osmondagi yulduzlar va oyga qarar ekan, ularning qayerdan paydo bo’lib qolgani haqida bosh qotiradi. Biz maktab darsliklaridan oy haqida bir muncha ma’lumotlarga egamiz, albatta. Ammo Yerning yo’ldoshi haqida biz bilmagam faktlar ham bor ekan va ularni bugun sizning e’tiborongizga havola etamiz.
1.Oy to’qnashuv natijasida vujudga kelgan
Oy to’qnashuv natijasida vujudga kelgan. Olimlarning fikricha, Oy Yerning parchalari va Mars kattaligidagi koinot ob’yektidan hosil bo’lgan.
2.206 ming 264 ta Oy
Kechasi ham huddi kunduz kunday yorug’ bo’lishi uchun 300 ga yaqin Oy kerak bo’ladi, shulardan 206 ming 264 tasi to’linoy davrida bo’lishi shart.
3. Odamlar doimo Oyning faqat bir tomoninigina ko’radilar
Odamlar doimo Oyning faqat bir tomoninigina ko’radilar. Yerning tortishish maydoni Oyning o’z o’qi atrofida aylanishini sekinlashtiradi, shuning uchun ham Yer yo’ldoshining o’z o’qi atrofida aylanishi Yerning atrofida aylanish vaqtiga teng.
4. Oyning teskari tomoni
Oyning orqa tomoni bizga ko’rinadigan tomonidan ko’ra tog’liklarga boydir. Yerning tortishish kuchi Oyning po’stlog’i yupqaroq tomoni bizga qarab qolishiga sababchidir.
5. Oydagi daraxtlarning urug’lari
Yer sayyoramizda o’sayotgan 400 tadan ortiq daraxtlar Oydan keltirilgan. Bu daraxtlarning urug’lari “Apollon 14” ekipaji tomonidan 1971 yilda olib kelingan edi. Bu ekipaj o’shanda Oyning orbitasida bo’lib, Yerga qaytgan edi.
6.Kruitni asteroidi
Yerning boshqa tabiiy yo’ldoshi ham bo’lishi mumkin. Kruitni asteroidi Yer bilan orbital rezonansda harakat qiladi va sayyoraning atrofini770 yilda to’liq aylanib o’tadi.
7. Oyning yuzasidagi kraterlar
Oyning yuzasidagi kraterlar meteoritlar tomonidan 4,1-3,8 mlr yil avval qoldirilib ketilgan. Geologik tomondan qaraganda Oy Yer kabi faol emas, shuning uchun bu kraterlar ko’rinib turadi.
8.Oyda suv bor
Ha, oyda suv bor. Yer yo’ldoshida atmosfera qobig’i yo’q, biroq kraterlar hamda Oy tuprog’ining ostida muzga aylangan suv bor.
9.Oy dumaloq shaklda emas
Oy aslida dumaloq shar ko’rinishida emas. U Yening tortishish kuchi sababli tuxumsimondir. Undan tashqari uning og’irlik markazi koinot ob’yektining o’rtasida emas, undan taxminan 2 km chetroqda joylashgan.
10.Oydagi kraterlarning nomi
Oydagi kraterlar taniqli olimlarning ham, mashhur rassomlarning ham, tadqiqodchilarning ham nomlari bilan atalgan , keyinchalik esa ularga amerikalik va rossiyalik kosmonavtlarning nomlari qo’yilgan.
11.Yer yo’ldoshi bo’lmish Oyda ham silkinish bo’lib turadi
Yer yo’ldoshi bo’lmish Oyda ham silkinish bo’lib turadi. Bu Yerning gravitatsiyasi sababli sodir bo’ladi. Silkinishlarning epitsentri Oy yuzasidan bir necha km ichkarida joylashgan.
12.Ekzosfera
Oyning atmosfera qobig’i bo’lib, u ekzosfera deb ataladi. U geliy, neon va argondan iboratdir.
13. Raqsga tushuvchi chang
Oyda raqsga tushuvchi chang mavjud. U Oyning sathida uchib yuradi, shuning uchun ham raqsga tushuvchi, deb ataladi. G’ubor zarralari elektromagnit kuchlar tufayli tepaga ko’tariladi.
14.Yer yo’ldoshi ko’proq sayyoraga o’xshaydi
Yer yo’ldoshi ko’proq sayyoraga o’xshaydi.Yer bilan Oy ikkita sayyora tizimiga o’xshaydi, huddi Pluton+Xaron kabi.
15. Yerdagi suv havzalari sathining ko’tarilishi va kamayishi Oyga bog’liq
Oy Yerdagi suv havzalari sathining ko’tarilishi va kamayishini keltirib chiqaradi. Oyning gravitatsion kuchi sayyoramizdagi okeanlarga ta’sir qiladi. Suv sathining eng baland ko’rsatgichi to’linoy yoki yangi oy chiqqan pallada ro’y beradi.
16. Oy Yerdan uzoqlashib bormoqda
Oy borgan sari Yerdan uzoqlashib bormoqda. Dastavval Oy Yerdan 22 000 km uzoqlikda joylashgan edi, hozirda esa ularning oraliqlaridagi masofa 400 000 km ni tashkil etadi.
17.Oyda havo harorati keskin o’zgarib turadi
Oyda harorat keskin ravishda o’zgarib turadi. Oy ekvatorida harorat kechasi minus 173 bo’lsa, kunduz kuni Selsiy bo’yicha 127 daraja issiq bo’ladi.
18.Oy kuni
Oydagi bir kun Yerdagi 29,5 kunga teng. Oyda Quyosh ufqni kesib o’tishi uchun esa Yerning 29,5 kuni kerak bo’ladi.
19.”Ares I” va “Ares V”
Insonlar Oyga qadam bosmaganlariga 40 yildan ortiq vaqt o’tdi. Shunga qaramasdan, NASA “Ares I” va “Ares V” nomli yangi raketalar ustida ish olib bormoqda. Bu raketalar Oyga qimmatli yukni olib borib, ortga qaytishlari mo’ljallangan.
20.Progress
Bugungi kunning smartfonlari “Apollon” ni Oyga qo’nishini ta’minlagan kompyuterdan ham kuchliroqdir.
Сообщения из Facebook