Bilib qo'ygan yaxshi! - Ba'zi xorijiy mamlakatlarning odob doirasidagi taqiqlari
Chet elga sayohat yoki biror bir ish bilan borar ekansiz, u yerdagi qonun-qoidalar va ahloqiy meyorlar bilan tanish bo’lganingiz ma’qul. Chunki siz odatlangan narsalar u yerda taqiqlangan yoki uyatli sanalishi mumkin. Quyida ba’zi chet davlatlarda taqiqlangan qoidalar haqida ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin, xorijga borganingizda bular sizga asqotadi hamda noxush vaziyatga tushishingizdan asraydi.

Frantsiya

Frantsiga borsangiz, pul haqida gapirish va savol berishdan saqlaning, chunki bu narsa fransuzlar nazarida yaramas odat hisoblanadi.

Ukraina

Ukrainada slyavyan do’stingiz yoki dugonangizga guldasta bermoqchi bo’lsangiz, undagi gullarning soniga albatta e’tibor bering va juft bo’lmasligi kerakligini yodda tuting. Chunki u yerdagilarning odati bo’yicha, juft sonli gullar faqatgina dafn marosimlariga olib kelinadi.

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiyaga borib qolsangiz, avtomobil rulida o’tirgan holda signal bera ko’rmang. Bu mahalliy aholi nazarida katta haqorat hisoblanadi.

Hindiston

Hindistonga bormoqchimisiz?! Unda shuni bilib olingki, qarama-qarshi jins vakili bilan hammaning oldida gaplashar ekansiz, unga yaqin turmasligingiz lozim.

Yaponiya

Yaponiyada esa boshqa mamlakatlarda odat tusiga aylangan narsa – ya’ni restoran va qahvaxonalarda choychaqa qoldirish haqiqiy jinoyat hisoblanadi. 

Meksika

Bordiyu Meksikaga yo’lingiz tushib qolsa, shuni yodda tutingkki, meksikaliklar “hazillarning qiroli” hisoblanadilar. Shuning uchun ham mahalliy aholining sizga nisbatan qilgan yoki aytgan haziliga hafa bo’lib yurmang, garchi bu juda qo’pol hazil bo’lsa ham.

Norvegiya

Norvegiyada odamlarning bir-biridan cherkovga brogan-bormaganliklari haqida so’rashlari o’rinsiz hisoblanadi va odob doirasidan chetga chiqqan sanaladi.

Turkiya

Turkiyaning ham o’ziga yarasha odob-ahloq doirasi bor, ularni bilib qo’ysangiz foydadan holi bo’lmas edi va siz noqulay ahvolga tushmas edingiz. Masalan, OK belgisini ko’rsatish Turkiyada qattiq haqoratlash sanaladi. Shuning uchun aslo bunday qila ko’rmang!

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniyada odamlar bir-birlaridan oylik maoshlari yoki daromadlari haqida so’ramaydilar, chunki bu narsa odobsizlik hisoblanadi. U yerga yo’l olishdan oldin ana shu narsani albatta inobatga oling.

Irlandiya

Irlandiyaliklar bilan britaniyaliklarning talaffuzida farq bor. Yo’lingiz tushib Irlandiyaga borib qolsangiz, irlandiyaliklarning talaffuzida gapirishga harakat qilmang. Turistlarning bunday aktsent bilan gapirishi ularga yoqmaydi.

Germaniya

Germaniyada tug’ilgan kun kirib kelmasidan oldin tabriklash ahloq doirasidan chetga chiquvchi odobsizlik hisoblanadi. Germaniyaga sayohatga borish niyatingiz bo’lsa, buni bilib qo’yganingiz yaxshi.

Keniya

Keniyaga yo’lingiz tushib qolsa, shuni bilib qo’yingki, mahalliy aholi ularga familiyalarini aytib, murojaat qilishlarini yoqtirmaydilar.

Chili

Chilida qo’li bilan ovqat yeyish odobsizlik va befarosatsizlikdan dalolat beradi. Chiliga boradigan bo’lsangiz, bunga aslo yo’l qo’ymang.

Singapur

Singapurda esa jamoat transportida biror narsani yeyish taqiqlanadi. Shunday qilib qolsangiz, jarimaga tortilishingiz va atrofdagilarning nafratiga uchrashingiz mumkin.

Vengriya

Vengriyada biror ziyofatga borib qolsangiz, aytilgan qadah so’zidan keyin bokallarni urishtirib yurmang. Aks holda sizni ahloqsiz, deb hisoblashadi.

Xitoy

Xitoyga borsangiz, u yerdagi aholiga soat va soyabon hadya qilishdan saqlaning. Murakkab xitoy tili fonetikasida “soat taqdim qilish” birikmasi “dafn marosimida qatnashish” degan so’z birikmasi bilan juda o’xshashib ketadi. Shuning uchun soat taqdim qilar ekansiz, siz u odamga o’limni ravo kop’rgan bo’lar ekansiz. Soyabon hadya qilish esa aloqalarni uzish ramzi hisoblanar ekan.   

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations