Bosh og’rig’ini qoldirishda samarali tabiiy muolajalar haqida ma’lumotlar
Turli sabablar bilan inson miyasida og’riq paydo bo’ladi. Bu esa juda yoqimsiz holat. Turli og’riqqa qarshi dori darmonlar bilan albatta bosh og’rig’ini qoldirish mumkin. Ammo har narsaning ozi yaxshi deganlaridek, juda ko’p bora doriga murojat etish ham salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aynan shu sababli ushbu maqolamizda bosh og’rig’ini tabiiy vositalar orqali davolash usullarini keltirib o’tdik.

Qon bosimi bilan bog’liq kuchli bosh og’rig’ida quyuq damlangan shirin choy yordam beradi.

Ko’k choy qon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yog’larni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.

Bir choyqoshiqdan ko’k choy, quritilgan yalpiz, choyqoshiq uchida dolchin olinib, bir stakan suvda damlanadi va 3 dona qand solib ichilsa, bosh og’rig’iga barxam beradi.

Gipotoniyada ham holsizlanish, bosh og’rig’ida namatakli tetiklashtiruvchi choy damlab ichish lozim. Qon bosimi past kishilar zanjabil va kashnich ziravorlaridan ham qo’shishlari maqsadga muvofiqdir.

Lavlagi ildizini asal bilan qaynatib, iste’mol qilinsa, bosh og’rig’i dardiga davo bo’ladi.

Akas daraxti bargi yoki gulini qaynatib ichish ham bosh og’rig’idan halos etadi. 

Karam yaprog’ suvi chiqquncha tuyib, peshonaga, ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bog’lansa, birozdan keyib bosh og’rig’i to’xtaydi.

Kartoshka tarkibida mavjud bo’lgan moddalar ham bosh og’rig’iga davo ekanligi ma’lum. Bosh og’rig’ini qoldirish uchun, archilgan hom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib, sharbatini siqib olib, shu sharbatdan 2-3 marta yarim stakandan ichilsa, bosh og’riqlari tezda yo’qoladi.

Migren huruj qilganda limon po’sti bilan chakkangizni arting. Efir moyi terini biroz achitishi mumkin. Bu qonning tomirlar bo’ylab tezroq aylanishiga yordam berib, mushkulingizni oson qiladi.

Gipotoniyadda har kuni qizil lavlagi pishirib tanovul qilish lozim. Shu bilan birga lavlagi qonni ham tozalaydi.

Ko’k choy asabni tinchlantirish hususiyatiga ega. Bundan tashqari u tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations