Bu nima: o’xshashlikmi yoki tasodif? Tarixdagi aql bovar qilmas darajadagi ajib o’xshash voqealar
Hayotda turli xil o’xshashliklar va takrorlanishlar uchrab turadi. Kichkina o’xshashliklarga uncha e’tibor bermaymiz, ammo hayotda shunday o’xshashliklar ham sodir bo’lib turadiki, eshitib, hayron qolasan.

Edgar Alan Poning bashorati

XIX asrda yashab, ijod qilgan qo’rqinchli va vahimali asarlari bilan mashhur bo’lgan yozuvchi Edgar Alan Po “Artur Gordon Pimning sarguzashtlari haqidagi qissa” nomli kitobni yozgan. Ushbu asarda kema halokatidan keyin sog’ qolgan to’rt kishi haqida hikoya qilinadi. Ular ochiq dengizda kichkinagina qayiqda daydib suzib yuradilar, och qolganlaridan tinkalari qurib, Richard Parker ismli yungani o’ldirib, yeb qo’yadilar. 

Kitob chiqqanidan bir necha yil o’tgandan keyin 1884 yilda real hayotda haqiqatdan ham yelkanli bir kema halokatga uchraydi. Unda ham to’rt nafar kishi halokatdan omon qoladi va ular ham ochiq dengizda suzib yurib, ochlikdan madorlari tugab, oxir-oqibat yungani o’ldirib, yeb qo’yadilar. Buni qarangki, yunganing ismi xuddi kitobdagiday Richard Parker edi. Ajoyib o’xshashlik, shunday emasmi?

Osmondan tushgan bola

1930 yilda Jozef Figlok ismli bir kishi yosh va aftidan beg’am bir onaning hayotida muhim bir rol o’ynagan. Gap shundaki, kunlarning birida Figlok ko’chada sayr qilib yurganida uning ustiga uyning derazasidan bir bolakay qulab tushgan. Bolaga ham, u kishiga ham hech narsa qilmagan. Bir yildan so’ng xuddi shu bola yana uyining oynasidan tushib ketgan va yana mister Figlokning ustiga kelib tushgan. Ularning ikkalasigayam hech narsa qilmagan. Bu nima – tasodifmi yoki…

Egizaklar

Egizak aka-uka Jim Lyuis va Jim Springer tug’ilishlari bilanoq bir-birlaridan ajralganlar va boshqa-boshqa oilalar tomonidan asrab olinganlar. Bu oilalar bir-birlarini tanimaganlar. Buni qarangki, bu ikkala bolaga Jeyms ismi berilgan. Aka-ukalar bir-biridan xabari bo’lmagan holda o’sdilar, yakkakurash sport turi bilan shug’ullanganlar, universitetni mexanik-muhandis mutaxassisligi bo’yicha bitirganlar va ikkalovlari ham Linda ismli qizlarga uylanganlar. Ikkala erkak o’g’il farzand ko’rishgan va ularga Jeyms Alan ismi berilgan. Egizaklar birinchi turmushlaridan ajrashib, Betti ismli qizlarga uylanganlar. Qo’shimchasiga yana aka-ukalarning Toy laqabli itlari ham bo’lgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations