Bu Tayvanlik hipster qizning yoshini topa olmaysiz
Bu Tayvanlik hipster qizning yoshini topa olmaysiz
Lur Xsu – Tayvanlik interyer dizayneri. U o’zining haqiqiy yoshiga nisbatan deyarli uch baravar yoshroq ko’rinadi. Xitoylik qizni “qarimaydigan iloh” deb nomlashgan, instagramda esa unga 250 ming kishi yozilgan. Ayol o’zining yosh ko’rinishi sirini Tayvan Friday jurnalida oshkor qildi.
Ayolning terisi shunchalik silliq va qomati shunchalik kelishganki, uning haqiqiy yoshiga ishonish juda qiyin.
Lur Xsu o’zining singlisi Sheron tufayli mashxur bo’lib ketgan. Singlisi aktrisa bo’lib ishlaydi va o’zining 35 yoshiga nisbatan juda yosh ko’rinadi. 2015 yilda bu ikki ayol ko’ngilochar teleshouda qatnashib, ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan.
Ayolning aytishiga qaraganda, u juda ko’p suv ichadi va koka-kola kabi shirin ichimliklardan o’zini tiyadi. Lekin har kuni tongda u bir finjon qora qahva ichadi.
Xsu – vegetarian dietaning muxlisi, ayniqsa, mevalar va xitoy karomi bok-choyni yaxshi ko’radi. U kamroq ziravorlar solingan ovqatlarni xush ko’radi va koloriyasi ko’p souslarni iste’mol qilmaydi.
Ba’zida esa shirinlik ham tanovvul qilib turadi.
Lur ayollarga har kuni yuz terisini massaj qilishni va namlantirishni maslahat beradi: “Sizning teringizga suv yetarli bo’lsa, siz qarilik va ajinlar haqida qayg’ urmasangiz ham bo’ladi”.
Uning gapiga qaraganda yozda ayniqsa quyoshdan himoya kremini ishlatish muhim: “Quyoshdan teri quruqlashadi, unda sepkillar va mayda ajinlar paydo bo’la boshlaydi.
Terisini yaltiroqligini saqlab turish uchun, u har kuni qo'shimchalar iste’mol qiladi: ular orasida vitamin C va kollagen bor.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook