27 iyul gamburgerning tug’ilgan kuni hisoblanadi. O’zining nomini bu taom Gamburgliklar tomonidan olgan. Amerikaning va dunyoning fast foodlar qiroliga aylanish uchun nemis bifshteksi yo’lda yeyishga qulay bo’lishi kerak edi.
Hozir ishonish qiyindir, biroq yuz yilcha oldin hech kim ikkita non o’rtasiga qo’yilgan qovurilgan kotlet mazali bo’lishi haqida o’ylab ham ko’rmagan. O’zining oddiyligi va ta’mi bilan ushbu taom bir zumda butun dunyo aholisining istalgan qatlamida mashxurlik orttirdi.
Taomning har kuni ortib borayotgan mashxurligi, uning yaratilishiga hamma qatnashishni istab qolishiga sababchi bo’ldi. Taomning avtorligi uchun kurashda ko’plab amerikaliklar ushbu taom yaratilishiga va dunyoga tarqalishiga sababchi bo’lganligini ta’kidladi. Ammo bunday tortishuvlar oxiri qiyin bir tarixli jumboq bilan yakun topdi. Biz tarixiy arxivlarni ko’rib chiqdik va gamburger “otasi” kim ekanligini aniqlashga harakat qildk.
1. Gamburger so’zining o’zi Germaniyadagi ikkinchi katta shahar Gamburg nomidan kelib chiqqan. Taxminlarga ko’ra nemis immigrantlari orqali retsept Amerikaga kelib qolgan. U paytda non ustiga qo’yilgan qovurilgan cho’chqa go’shti gamburger deyilardi.
2. Boshqa versiyaga ko’ra gamburger Nyu-York shtatidagi Gamburg shahri nomiga qo’yilgan. 1885 yilda aka-uka Charlz va Frenk Menchislar Gamburgda o’tkazilgan yarmarkada odamlarga qovurilgan mol go’shtili kotletni ikkita bulochka orasiga qo’yib, tanovvul qilishga taklif etgan. Aytishlaricha ularda cho’chqa go’shti tugab qolgan va ular bor narsaga almashtirishgan.
3. 1885 yilning o’zida Seymurdagi yarmarkada Charli Nargin ikki bo’lak non o’rtasiga qo’yilgan frikadelkalarni sotgan. Uning fikricha bunday taom ushbu bazmga aynan mos bo’lgan, chunki uni yurib yesa bo’lardi. O’zining ijod maxsulini u “Charli Gamburgeri” deb atagan.
4. Nyu_York restoranlarida gamburger termini 1834 yilda paydo bo’lgan. Vatani Germaniya bo’lgan Gamburg steyki haqidagi birichi yozuv 1884 yil “Kechki Boston” jurnalida ishlatilgan.
5. Talsalik Oskar Veber Bilbi oilasi ta’kidlashicha, birinchi gamburgerni ularning ajdodi tayyorlagan. Bu 1891 yilda sodir bo’ldi. Oskarning bobosi kotlet tayyorlab ularni bulochkaga slogan. 1995 yili gubernator Frank Kiting Talsa shahrini “gamburgerning haqiqiy vatani” deb nomlagan.
6. Gamburgerning tug’ilishiga sababchi deb yana bir oshpaz, Otto Kuasava hisoblanadi. 1891 yilda u kotlet tayyorlagan va ustiga qovurilgan tuxum qo’ygan. Uning kafesiga tashrif buyurgan dengizchilar oxir oqibat tuxumni olib tashlab, kotletni o’zini qoldirishgan.
7. Gamburgerning ixtirochisiman deb Texas shtatidagi Afina shahridan Fletcher Devis hisoblagan, 1880 yilda u qovurilgan kotletni piyoz va gorchitsa bilan ikkita non bo’lagi o’rtasiga qo’ygan. 1904 yilda Sent Luisdagi yarmarkada Fletcher va uning ayoli o’zlarining burgerlarini sotishgan.
8. 1900 yili o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda Lyu Lessing o’zining birinchi gamburgerini tayoorladi. Mijoz tez va issiq nimadir tayyorlab berishini iltimos qilgan. Qiyma tayyorlayotgan Lui kotleta yasab uni grillda qovurdi. Go’shtni u ikkita tost o’rtasida berdi. 2000 yilda AQSh kongressi kutubxonasi Lessingni birinchi amerikancha gamburger ixtirochisi deb nomladi.
9. 1904 yilda gamburgerlar Sent Luisdagi yarmarkada mashxur bo’ldi, biroq gastronomic belgiga burger 30 yildan so’ng, Kanzas shtati, Uitchit shahrilik Uolter Anderson White Castle Hamburger taomxonasini ochganda ega bo’ldi. Asosiy taom gamburger edi.
10. Burgerning zamonaviy shaklida turli xillari bor. Burgerning turlarini xatto mishlen restoranlari ham taklif qiladi. Oddiy taomgoxlar va restorandagi burgerlarning o’xshash tomoni faqat nomida.
Сообщения из Facebook